Uning "Devoni hikmat" dagi
Download 0.57 Mb.
|
Ahmad Yassaviy.
Arislon bob tirikligidayoq Ahmad Yassaviyni Buxoroga borib, tahsilni davom ettirishga da`vat etgan edi. Ustozining vafotidan so`ng Yassaviy bilimini oshirish uchun Buxoroi sharifga tomon yo`l oladi. U Buxoroda, eng avvalo, diniy va tasavvufiy ilm sirlarini chuqur egallashga kirishadi. Arab tili bilan bir qatorda forsiy tilni ham puxta o`zlashtiradi. Zamonasining peshqadam olimi va so`fiysi Shayx Yusuf Hamdoniyga murid bo`ladi.
Uning uch xalifaligiga erishadi. Hamdoniy vafotidan so`ng bir muddat uning ishini davom ettiradi, “irshod va da`vat maqomi” qo`lga kiritilgach, Yassiga qaytib, yangi bir tariqatga asos soladi. Yassaviylik nomi bilan dong taratgan bu tariqat bir turk mashoyixi tomonidan turkiy xalqlar orasida bunyod etilgan ilk tasavvuf tariqati edi.
Imom Muhammad Hanafiy ibn Ali avlodidan bo`lganligi uchun ham “Xoja” laqabi berilgan Yassaviy hazratlari “Ahmad Yassaviy”, “Xoja Ahmad”, “Xoja Ahmad Yassaviy”, “Qul Xoja Ahmad” singari ismlar bilan tilga olingan Yassaviyning Ibrohim ismli o`g`li, Javhar Xushnoz, Javhar Shahnoz ismli qizlari bo`lgan. Naslu nasabi Javhar Shahnoz orqali davom etgan.
Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling