Uning "Devoni hikmat" dagi


Yassaviy tirikchiligini qoshiqtaroshlik qilib o`tkazgan va boshqalarga ham halol mehnat qilib kun kechirishni targ`ib qilgan


Download 0.57 Mb.
bet4/5
Sana01.04.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1317475
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ahmad Yassaviy.

Yassaviy tirikchiligini qoshiqtaroshlik qilib o`tkazgan va boshqalarga ham halol mehnat qilib kun kechirishni targ`ib qilgan.

  • Yassaviy tirikchiligini qoshiqtaroshlik qilib o`tkazgan va boshqalarga ham halol mehnat qilib kun kechirishni targ`ib qilgan.
  • Yassaviy 63-yoshga kirganda, Muhammad (s.a.v) dan ortiq umr ko`rishni xohlamay, yer ostiga chillaxona qazdirib, umrining oxirigacha o`sha yerda hayot kechirgan. 1166-yilda vafot etgan Yassaviy qabri ustiga oradan ikkinchi asr o`tgandan keyin Amir Temur katta maqbara qurdiradi. Bu maqbara musulmon xalqlarining muqqaddas ziyoratgohlaridan biriga aylangan.

AHMAD YASSAVIY
HIKMATLARI HAQIDA
O‘zbek mumtoz adabiyotida ishq talqinlari ko‘p uchraydi. Jumladan, Ahmad Yassaviy hikmatlarida ishq va oshiq mavzusi boshqa mumtoz adabiyot namoyandalaridan farqli – o‘ziga xos tarzda tasvir etiladi. Ahmad Yassaviy Allohga bo‘lgan ishqni haqiqiy sanaydi. Chin oshiqning sifatlariga diqqat qaratadi
Xo‘sh, chin oshiq kim? Shoir nazdida chin oshiq bo‘lish uchun «Alloh debon ichga nur»ni to‘ldirish,
butun tanadagi tomir-u suyaklar larzaga kelgan holda «Haq zikri»ni qilish, rohat farog‘atdan kechish lozim bo‘ladi. Shoir ishqni bebaho dur-gavharga o‘xshatadi.
Biroq bunday gavharni ishqsiz, nafs qutqusiga uchragan «har nomardga sotib» bo‘lmaydi.
Shu o‘rinda Ahmad Yassaviyning barcha hikmatlariga xos yana bir xususiyatni ta’kidlash o‘rinli bo‘ladi.
Bu – nafsga qarshi kurash masalasi. Shoir hamma vaqt nafsdek baloyi azimni yenga olmagan odamga achinadi, unga tanbeh beradi.
Nafsini jilovlagan odam sabr-qanoatga erishadi.
Agar oshiq bo‘lsa, bunday sabrli ishq egasining «mahshar kunida armoni» bo‘lmaydi.
Ishq muhokamasiga doir ushbu hikmatning boshqa bir bandida «Nafsni tepib dargoh iga loyiq bo‘lg‘il» deb ta’kidlanadi.
Bu ham nafsini yenggan va uning istaklarini bartaraf etgan odamgina chin oshiqlik martabasiga ko‘tarila olishiga doir mulohazadir.
Ishqqa tushding, o‘tga tushding, kuyib o‘lding,
Parvonadek jondin kechib axgar bo‘lding,
Dardga to‘lding, g‘amga to‘lding, telba bo‘lding,
Ishq dardini so‘rsang hargiz darmoni yo‘q.
Ushbu bandda chin oshiqning holi yana ham kuchaytirib ko‘rsatiladi. Ishq dardiga uchragan odamda juda katta ruhiy o‘zgarishlar bo‘ladi. Ahmad Yassaviy uni bamisoli o‘tga tushgan odam holiga qiyoslaydi. Ikkinchidan, sham tegrasida aylanib kuygan, axgar (laxcha cho‘g‘) bo‘lgan kapalakka o‘xshatadi.
Eng muhimi, ishq o‘tida dard, g‘am hamda telbalik bor.
Ammo bu dardning darmoni topilgan emas. Boshqa bir mumtoz va oshiq shoir ta’biri balan aytganda «bu dardni bedavo derlar» (Mashrab). Ishqning bunday xususiyatlarini ta’riab Alisher Navoiy «Mahbub ul-qulub» asarida yozadi: «buni ko‘rmagan kishi bilmas va bunga yetmagan kishi bovar (ishonch) qilmaskim, hijron-u ⟨roq mundin iboratdur...» Shu ishq tavsi⟨ga bag‘ishlab Navoiy «Layli va Majun» dostonini yozgani sizga ma’lum.
Ahmad Yassaviy ta’kidlaydiki, ishq odamning «Majnun sifat aqlin olib Laylo qilur», yana davomidan ta’kidlaydi – «Olloh haqqi bu so‘zlarni yolg‘oni yo‘q».
Demak, Yassaviy hikmatlaridagi ishq mavzusini, oshiq holini bilish uchun nisbatan kengroq tushunchalar, sharq mumtoz adabiy otidagi o‘ziga xos tasavvuf falsafasini ham anglash kerak bo‘ladi. Ahmad Yassaviy hikmatlari fikrni kengaytirish uchun vosita, uni o‘qib, anglash orqali hikmatgo‘y shoir ruhini, dardini, qalbini, so‘zini anglash mumkin, albatta.
Ahmad Yassaviyning «Rabbim yodi ulug‘ yoddur aytur bo‘lsam» deb boshlanadigan hikmati unchalik murakkab emas.
Birinchi misradayoq she’r mavzu yo‘nalishini anglab olish mumkin. Zotan, Yaratguvchini yodlash odamni xotirjam qiladi, achchiq tili shirin tilga aylanadi.
Rabbim yodi ulug‘ yoddur aytur bo‘lsam,
Asal yanglig‘ suchuk bo‘lur tilim mening.
O‘zim faqir, qildim muqir, bo‘ldim haqir,
Qanot qoqar uchar qushdek ko‘nglim mening.
Shoir o‘zini juda kamtar tutadi va shu kamtarligi ortidan ko‘ngli yuksaklikka parvoz qiladi. «Muqir» arabcha so‘z bo‘lib «iqror bo‘lmoq, bo‘yniga olmoq» ma’nolarini anglatadi.
Shoir faqatgina faqir-u haqirligini emas, balki Yaratguvchiga banda ekaniga iqror bo‘ladi. Adib hikmatning har bandida ichki qofiyalarni qo‘llab, o‘z ichki kayfiyati, holini o‘ynoqi bir uslubda bayon qilar ekan, shu mamuniyat sabablarini ham «nafsim qochdi» deb o‘z nafsini yengganiga olib borib bog‘laydi; o‘zini tuproqqa tenglashtiradi.
Yassaviy har vaqt nafs haqida gapirganida unga insonning kamolotiga xalaqit beradigan yovuz va yaramas kuch sifatida baho beradi. Nafsga «shum» sifati beriladi. Shuningdek, shoir «nafsi bad», «nafs yo‘li», «nafs ilgi» singari istioralarni ham qo‘llaydi. Adib to‘g‘ridan to‘g‘ri nafsga qarshi kurashni, uning yo‘rig‘iga yurmaslikni targ‘ib qiladi. Nafsning domiga ilinish insonni qanchalik yer bilan yakson qilishini juda yorqin ifodalarda ko‘rsatib beradi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling