Universitet elektron platformasi. Shaxsiy kabinet, qaytar aloqani amalga oshirish


Download 1.15 Mb.
Sana15.03.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1269317
Bog'liq
Abirqulova Sevinch

BAJARDI: ABIRQULOVA SEVINCH

JIZZAX-2022


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNVERSITETI
UNIVERSITET ELEKTRON PLATFORMASI. SHAXSIY KABINET, QAYTAR ALOQANI AMALGA OSHIRISH
Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi (HEMIS)
Ushbu axborot tizimi "Ma'muriy boshqaruv", "O‘quv jarayoni", "Ilmiy faoliyat" va "Moliyaviy boshqaruv" axborot tizimlarini o‘z ichiga olgan.
HEMIS axborot tizimi oliy taʼlim muassasalarining asosiy faoliyatlarini avtomatlashtirish hisobiga maʼmuriy xodimlar, professor-oʻqituvchilar va talabalarga elektron taʼlim xizmatlarini taqdim etadi. Axborot tizimi oliy taʼlim muassasalari bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻrtasida axborot koʻprigi vazifasini oʻtaydi hamda oliy taʼlim muassasalaridan olinadigan turli xil maʼlumotlar sonini keskin kamaytirish, ularning qogʻoz shaklidan voz kechish va boshqaruv tizimini raqamlashtirishga xizmat qiladi.

Raqamli universitet loyihasi asosiy maqsadlari:

  • oliy ta'lim muassasalari faoliyatidagi barcha jarayonlarni ochiqligi va shaffofligini taʼminlash;
  • oliy taʼlim tizimida byurokratik toʻsiqlar yuzaga kelishini oldini olish va moliyaviy xarajatlarni qisqartirish;
  • oliy taʼlim tizimida oʻquv, ilmiy, maʼmuriy va moliyaviy jarayonlarni avtomatlashtirish;
  • oliy ta'lim muassasasi, talaba va ish beruvchi tashkilotlar oʻrtasida uzviylikni taʼminlash;
  • taʼlim jarayoni ishtirokchilari faoliyati samaradorligini monitoring qilish;
  • tahliliy maʼlumotlarni shakllantirish va qaror qabul qilish jarayonini optimallashtirish va tezlashtirish.

Kredit modul tizimi

  • Kredit-modul tizimi, bu — taʼlimni tashkil etish jarayoni boʻlib, oʻqitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit oʻlchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Uni bir butunlikda olib borish serqirra hamda murakkab tizimli jarayondir. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini taʼminlash; talabalar bilimini reyting asosida baholash.

Tizimga kirish


Har bir OTMga tizimidan foydalanish uchun yagona Administrator akauntining login va parollari beriladi. Ushbu administrator tizimidagi qolgan barcha ishlarni tashkil etadi.
Administrator akkaunti olingandan so'ng tizimdan foydalanish uchun quyidagi ishlarni belgilangan tartibida bajarish zarur:
  • Administrator Kadrlar bo‘limi profili uchun mas'ul xodim ma'lumotlarini kiritadi:

  • Xodimlar / Xodimlar bazasi / Xodimni qo‘shish
  • Mas'ul xodimning akkauntini (foydalanuvchi qayd ma'lumotlarini) yaratadi:

  • Xodimlar / Xodimlar bazasi / Xodim F.I.Sh. / Akkaunt yaratish
  • Yaratilgan akkauntdagi login va parol keyingi qadamdagi ishlarni bazarish uchun tegishli Kadrlar bo‘limi mas'ul xodimga beradi.

Ma'lumot kiritish
Kadrlar boʻlimi profilida yaratilgan masʼul xodim tomonidan tizimdan foydalanish yoʻriqnomasida koʻrsatilgandek quyidagi ishlar bajariladi:
  • OTM strukturasiga tegishli maʼlumotlar kiritiladi:

  • OTM haqida / Fakultetlar / Kafedralar / Boʻlimlar
  • Xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritilib, xodimlar roʻyxati shakllantiriladi (dastlab zarur boʻlgan masʼul xodimlar kiritiladi, masalan: dekanlar):

  • Xodim / Xodimlar bazasi / Xodim qoʻshish
  • Roʻyxatdagi xodimlar tegishli kafedralar va boʻlimlarga biriktiriladi:

  • Xodim / Xodimlar bazasi / Xodim F.I.Sh / Kafedra
    Xodim / Xodimlar bazasi / Xodim F.I.Sh / Boʻlinma
  • Xodimlar bazasiga kiritilgan har bir xodimning tizimdan foydalanishi uchun akkaunti yaratilib beriladi. Akkauntni yaratishda foydalanuvchining login va parollari kiritiladi va tegishli foydalanuvchi roli oʻrnatiladi:

  • Xodim / Xodimlar bazasi / Xodim F.I.Sh / Akkaunt yaratish
  • Yaratilgan akkauntlarning login va parollari tegishli xodimlarga tarqatiladi.


Nazorat qilish
Har bir xodim (dekan, oʻquv boʻlimi) va oʻqituvchi oʻzlarining login va parollari bilan tizimga kirib oʻzlariga biriktirilgan vazifalarni yoʻriqnomada keltirilgan tartibda bajaradilar va nazorat qilib boradilar.
Eʼtiborga olish zarur!!!
Tizimda dastlab quyidagi xodimlarning akkauntlarini yaratish zarur:
  • Kadrlar boʻlimi (administrator yaratadi)
  • Fakultet dekanlari (Kadrlar boʻlimi yoki administrator yaratadi)
  • Oʻquv boʻlimi (Kadrlar boʻlimi yoki administrator yaratadi)

  • Tizimda keyinchalik extiyojga karab quyidagi xodimlarning akkauntlari yaratiladi:
  • Oʻqituvchi
  • Kafedra mudiri

TALABA PLATFORMASI

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling