Universitet platformasi markaz haqida
Download 15.97 Kb.
|
UNIVERSITET PLATFORMASI
UNIVERSITET PLATFORMASI Markaz haqida “Elektron universitet” markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–5987-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Markaz universitetning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, axborot-kommunikatsiya vositalari va boshqa texnik jihozlarning dasturiy ta’minoti bilan bog‘liq ishlarni amalga oshiradi. Markazning vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat: axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, ularning dasturiy ta’minotini va soz holatda ishlashini hamda axborot xavfsizligini ta’minlash; “Elektron universitet” platformasi va rasmiy veb-saytni takomillashtirish va doimiy faol ishlashini, interaktiv xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash; universitet axborot tizimlarini global tarmoqqa integratsiyasini ta’minlash, ta’lim jarayonini avtomatlashtirish, elektron ilmiy-metodik bazani shakllantirish va doimiy yangilab borilishini tashkil etish; kompyuter texnikalari, audio, video va boshqa uskunalarning holatini o‘rganish, soz holatda bo‘lishini ta’minlash va ularni yangilab borish bo‘yicha tashkiliy ishlarni amalga oshirish; o‘quv jarayonini tashkil etishda o‘qitishning zamonaviy texnik vositalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni keng qo‘llashni tashkillashtirish; universitetni o‘qitishning zamonaviy texnik vositalari va yangi informatsion texnologiyalar bilan ta’minlash ishlarini amalga oshirish; universitet binolariga o‘rnatilgan turniket tizimidan foydalanish bo‘yicha tashkiliy ishlarni amalga oshirish; universitetda (lokal va internet) tarmoqlarni boshqarish va axborot xavfsizligini ta’minlashda innovatsion yondoshgan holda yangi texnologiyalarni joriy etish; universitetda internet tarmog‘idan samarali foydalanishni tashkil etish, korporativ va lokal tarmoq ishlashini nazorat qilish; korporativ elektron pochta xizmatini takomillashtirish va doimiy faol ishlashini, interaktiv xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash. Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni asosida Toshkent davlat yuridik universitetida elektron universitet (E-university) loyihasi joriy etilmoqda. Loyiha uchun Jahon bankidan “Akademik innovatsiyalar” fondi granti doirasida 140 ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratiladi. “Elektron universitet” platformasi doirasida “Elektron tadqiqot”, “Elektron taʼlim”, “Elektron pedagog”, “Elektron talaba”, “Elektron kutubxona”, “Elektron huquqiy targ‘ibot” kabi dasturlarni yaratish va yagona global platformaga birlashtirish orqali universitet resurslaridan istalgan nuqtadan foydalanish, taʼlim jarayoniga eng yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish belgilangan. O‘tgan vaqt davomida TDYUda elektron universitet loyihasini ishga tushirish uchun digital.tsul.uz, std1.tsul.uz, qabul2022.tsul.uz, kadr.tsul.uz, ecenter.tsul.uz, tech.tsul.uz, marketing.tsul.uz, doc.tsul.uz, degree.tsul.uz, online.tsul.uz, reestr.tsul.uz, distant. tsul.uz, archive.tsul.uz, distant. litsey.tsul.uz, gafurgulom.tsul. uz, new.tsul.uz, attestat.tsul. uz kabi 20 dan ortiq platforma yaratilib, amaliyotga tatbiq etildi. Kelgusida barcha platformalar yagona elektron tizimga birlashtirilishi ko‘zda tutilgan. Hozirgi kunda TDYUda ishga tushirilgan digital.tsul.uz platformasi orqali 5390 talaba va 397 professor-o‘qituvchi shaxsiy kabinet asosida avtomatlashtirilgan taʼlim jarayonida faoliyat olib bormoqda. Platformada talabalar uchun dars jadvali, fanlarni tanlash imkoniyati, yotoqxonaga joylashish, turli lokal saylovlarni o‘tkazish funksiyalaridan tortib, professor-o‘qituvchilar uchun samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari (KPI)ni baholashgacha yo‘lga qo‘yilgan. Download 15.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling