Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat Pedagogika Unversiteti


Download 21.77 Kb.
bet1/6
Sana23.09.2023
Hajmi21.77 Kb.
#1686053
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mustaqil ish

Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat Pedagogika Unversiteti

Bajrdi: abdurasulova odina

Universitet elektron platformasi. Shaxsiy kabinet, qaytar aloqani amalga oshirish.

  • Universitet elektron platformasi. Shaxsiy kabinet, qaytar aloqani amalga oshirish.
  • Ma’lumotlarni joylashtirish. Nazorat sinovlari (test, topshiriqlar, loyihalar va boshqalar bilan ishlash) ni elektron platforma orqali bajarish shartlari, muammolar va yechimlar.
  • Dedlaynga amal qilish.

Kredit-modul tizimi mazmunan talabaning ehtiyojlariga qaratilgan tizimdir. Shu sababli, rivojlangan davlatlar OTM larida talabalar bilan alohida bo‘lim (Registrator ofisi) shug‘ullanadi. Bu borada oldimizda turgan muammolardan biri - bu talabalar kontingenti bilan shug‘ullanuvchi dekanatlar, o‘quv bo‘limi, kadrlar bo‘limi, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi, sirtqi bo‘lim, magistratura bo‘limi, doktorantura bo‘limi va qabul bo‘limi kabi ko‘plab bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirishdir. Ochig‘i, ushbu bo‘limlarda bir-birini takrorlovchi faoliyatlar mavjud. Ular asosida talabalar kontingenti bilan shug‘ullanadigan markazlashgan bo‘linma tashkil qilinishi maqsadga muvofiq.

  • Kredit-modul tizimi mazmunan talabaning ehtiyojlariga qaratilgan tizimdir. Shu sababli, rivojlangan davlatlar OTM larida talabalar bilan alohida bo‘lim (Registrator ofisi) shug‘ullanadi. Bu borada oldimizda turgan muammolardan biri - bu talabalar kontingenti bilan shug‘ullanuvchi dekanatlar, o‘quv bo‘limi, kadrlar bo‘limi, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi, sirtqi bo‘lim, magistratura bo‘limi, doktorantura bo‘limi va qabul bo‘limi kabi ko‘plab bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirishdir. Ochig‘i, ushbu bo‘limlarda bir-birini takrorlovchi faoliyatlar mavjud. Ular asosida talabalar kontingenti bilan shug‘ullanadigan markazlashgan bo‘linma tashkil qilinishi maqsadga muvofiq.
  • Registrator Ofisining vazifasi - akademik taqvim tuzish va uning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish, qabul komissiyasining ishini tashkil qilish, fanlarga yozilishni tashkil qilish, guruhlarni shakllantirish, o‘qishga kirishda bilimlarini aniqlashni tashkil qilish va uni nazorat qilish, oraliq va yakuniy nazoratlarni tashkil qilish va o‘tkazish, yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil qilish va o‘tkazishni nazorat qilish, talabalarning shaxsiy hujjatlarini arxivgacha saqlash, “Registrator” ma’lumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilash, transkriptni yuritish va unga talabalarning baholarini kiritish, tantanali marosimlarni tashkil qilish va o‘tkazish (bitiruvchilarning diplomlarini rasmiylashtirish va tantanali ravishda taqdim etish), talabalar kontingenti bo‘yicha statistika yuritish kabi vazifalardan iborat bo‘ladi.
  • Kredit-modul tizimining afzalliklari haqida gapirganda, albatta, uning imtihonni qayta topshirishlarga chek qo‘yishi va qayta topshirish o‘rniga qayta o‘qishga imkoniyat yaratib berishini ta’kidlab o‘tish o‘rinlidir. Bu tizimda fanni birinchi urinishda topshira olmagan talabaga, keyingi semestrlar davomida va yozgi semestrda pullik to‘lov asosida qayta o‘qishiga sharoit yaratiladi. Bu jarayon talabalarning o‘qishga bo‘lgan mas’uliyatini oshiradi. Ularning professor-o‘qituvchilarning ortiqcha vaqtlarini olishlariga chek qo‘yiladi. Ilg‘or talabalarga semestr boshida ekstern imtihon topshirish orqali kreditlarni oldindan olish imkonini ham taqdim etish mumkin. Kredit-modul tizimida pedagoglar lektor, tyutor (amaliy mashg‘ulot o‘qituvchisi), edvayzer, supervayzer, moderator kabi faoliyatlar bilan shug‘ullanishi mumkin. Shuningdek, pedagoglar turli komissiyalar (baholash, o‘quv rejani shakllantirish, ta’lim dasturlarini shakllantirish, fan dasturlari ishlab chiqish va h.k.) tarkibida faoliyat yuritishlari ham mumkin.

Download 21.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling