Kredit-modul tizimi jarayonlarini monitoring qilish. - Kredit-modul tizimini qog‘oz shaklidagi hujjatlar asosida tashkil qilish ish hajmini keskin oshirib yuboradi. Jarayonlarning ayrimlarini HEMIS tizimida, ayrimlarini OTM ning raqamli platformalarida va boshqa tizimlarda tashkil etish maqsadga muvofiq. Masalan, HEMIS tizimida kredit-modul tizimi jarayonlarini monitoring qilishda quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi: mutaxassisliklar kvalifikatsiyasining umumiy bazasini shakllantirish; qabul kvotalarni kiritish; talabalarning yutuqlarni kiritish; talabalar akademik almashinuvini amalga oshirish; talabalarni kursdan-kursga o‘tkazish; talabalarni o‘qishdan chelashtirish va tiklash; sport va musobaqa g‘oliblarning ma’lumotlarni umumiylashtirish; har bir o‘quv yili uchun alohida o‘quv rejalarni shakllantirish; akademik guruhlarni shaklllantirish; talabalar ma’lumot bazasini yaratish; talabaning shaxsiy profilini shakllantirish; rahbariyat, dekan, professor-o‘qituvchi va boshqa ma’sul hodimlar profillarini bo‘yicha shaxsiy kabinet yaratish va “rol” berish; baholash reytingini yaratish (reyting daftarchasi, davomat jurnali, transkript); imtixonlar: oraliq va yakuniy baholashlarni belgilash va o‘tkazish; o‘qiyotganlik haqidagi ma’lumot olish; diplom va diplom ilovalarning bazasini shakllantirish; YADA komissiyasi ro‘yxatni shakllantirish; bitiruv malaka ishi va magistrlik dissertatsiyalarining mavzularini shakllantirish; akademik yozuvlarni shakllantirish; akademik ma’lumotnoma olish; o‘quv varaqasi olish; tanlov fanlari ro‘yxatini shakllantirish; diplom ilovasini shakllantirish (o‘zbek va ingliz tillarida); kafedralarda o‘qituvchilariga yuklamalarni taqsimlash va shaxsiy dars jadvalini shakllantish; o‘qituvchi reytingini aniqlash; auditoriya fondini shakllantirish; dars jadvallarini shakllantirish; baholash qaytnomasini shakllantirish va yuritish; jamlanma qaydnomani shakllantirish; akademik qarzdorlar ro‘yxatini shakllantirish; GPA ko‘rsatkichlarini hisoblash; tizimga kirish qaydnomasini va hisobotini yuritish; tizim orqali axborot almashuvini amalga oshirish (xabar yuborish va qabul qilish).
Do'stlaringiz bilan baham: |