Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat Pedagogika Unversiteti


Download 21.77 Kb.
bet4/6
Sana23.09.2023
Hajmi21.77 Kb.
#1686053
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mustaqil ish

O‘quv rejasining har bir fani o‘ziga xos betakror nomga ega bo‘lishi lozim. O‘quv rejasida har bir fanga harfli va raqamli yagona kodlash tizimini qo‘llash lozim. Bunda fanning kodi uning nomiga mos bir nechta lotin harfi va tartibini ifodalovchi raqamlaridan iborat bo‘lishi va harfli kodini belgilashda xalqaro nomlanishdan kelib chiqish maqsadga muvofiq. Masalan, MATS203 kodi 2-kursda o‘qitiladigan matematikaning uchinchi murakkab bo‘limini (“Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika”) anglatadi. Magistraturada o‘qitiladigan “Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi” fani RESM101 kodi bilan belgilanishi mumkin. Talabaning semestrdagi o‘quv yuklamasi 30 kreditni tashkil qiladi (240 kredit : 8 semestr = 30 kredit). Kredit ta’lim tizimi joriy o‘quv yili uchun professor-o‘qituvchilarning hamda talabalarning shaxsiy ta’lim trayektoriyasidagi o‘quv faoliyatlarini rejalashtirishni nazarda tutadi. Har qanday o‘quv jarayoni asosida talabaning shaxsiy o‘quv rejasi yotadi, u o‘quv jarayonlari boshlanishidan oldin talaba tomonidan edvayzerning (tyutor-maslahatchining) maslahati bilan tuziladi. Uni tuzish uchun o‘quv rejasi asos bo‘ladi, uning tarkibiga malaka talablarida ko‘rsatilgan majburiy fanlar va tanlov fanlari kiradi. Shaxsiy o‘quv rejalarida mehnat bozorining ehtiyojlari, ish beruvchilarning talablari va talabalarning qiziqishlari aks ettirilishi lozim. Shu bilan birga ular bakalavrlarning mehnat bozorida erkin mo‘ljal olishlari va kelgusida ta’limni davom ettirishlari uchun umumiy savodxonlikning, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-boshqaruv, umumilmiy, kasbiy va ixtisoslik malakalarining shakllanishiga yordam beradi. Shunga ko‘ra, oliy o‘quv yurtlarining aniq yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha shaxsiy o‘quv rejalarini tuzishda talabalarga davlat ta’lim standartlari va malaka talablarida belgilangan kasbiy malakalarni to‘liq egallashga imkon beradigan fanlar ro‘yxati tavsiya qilinadi. Masalan, texnik yo‘nalishdagi bakalavrlarni kasbga tayyorlashda ularning tabiiy-ilmiy fanlar, axborot texnologiyalari, muhandislik grafikasi fanlarida o‘qitiladigan umumtexnik bilimlarini olishi nazarda tutiladi. Shunga ko‘ra, umumta’lim fanlari blokining tanlov qismiga kasbiy faoliyat uchun asos bo‘ladigan fanlarni kiritish maqsadga muvofiq.

  • O‘quv rejasining har bir fani o‘ziga xos betakror nomga ega bo‘lishi lozim. O‘quv rejasida har bir fanga harfli va raqamli yagona kodlash tizimini qo‘llash lozim. Bunda fanning kodi uning nomiga mos bir nechta lotin harfi va tartibini ifodalovchi raqamlaridan iborat bo‘lishi va harfli kodini belgilashda xalqaro nomlanishdan kelib chiqish maqsadga muvofiq. Masalan, MATS203 kodi 2-kursda o‘qitiladigan matematikaning uchinchi murakkab bo‘limini (“Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika”) anglatadi. Magistraturada o‘qitiladigan “Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi” fani RESM101 kodi bilan belgilanishi mumkin. Talabaning semestrdagi o‘quv yuklamasi 30 kreditni tashkil qiladi (240 kredit : 8 semestr = 30 kredit). Kredit ta’lim tizimi joriy o‘quv yili uchun professor-o‘qituvchilarning hamda talabalarning shaxsiy ta’lim trayektoriyasidagi o‘quv faoliyatlarini rejalashtirishni nazarda tutadi. Har qanday o‘quv jarayoni asosida talabaning shaxsiy o‘quv rejasi yotadi, u o‘quv jarayonlari boshlanishidan oldin talaba tomonidan edvayzerning (tyutor-maslahatchining) maslahati bilan tuziladi. Uni tuzish uchun o‘quv rejasi asos bo‘ladi, uning tarkibiga malaka talablarida ko‘rsatilgan majburiy fanlar va tanlov fanlari kiradi. Shaxsiy o‘quv rejalarida mehnat bozorining ehtiyojlari, ish beruvchilarning talablari va talabalarning qiziqishlari aks ettirilishi lozim. Shu bilan birga ular bakalavrlarning mehnat bozorida erkin mo‘ljal olishlari va kelgusida ta’limni davom ettirishlari uchun umumiy savodxonlikning, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-boshqaruv, umumilmiy, kasbiy va ixtisoslik malakalarining shakllanishiga yordam beradi. Shunga ko‘ra, oliy o‘quv yurtlarining aniq yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha shaxsiy o‘quv rejalarini tuzishda talabalarga davlat ta’lim standartlari va malaka talablarida belgilangan kasbiy malakalarni to‘liq egallashga imkon beradigan fanlar ro‘yxati tavsiya qilinadi. Masalan, texnik yo‘nalishdagi bakalavrlarni kasbga tayyorlashda ularning tabiiy-ilmiy fanlar, axborot texnologiyalari, muhandislik grafikasi fanlarida o‘qitiladigan umumtexnik bilimlarini olishi nazarda tutiladi. Shunga ko‘ra, umumta’lim fanlari blokining tanlov qismiga kasbiy faoliyat uchun asos bo‘ladigan fanlarni kiritish maqsadga muvofiq.

Download 21.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling