Mavzu: O’zbekiston Respublikasining mehnat bozorining makroiqtisodiy tahlili Reja Kirish I bob. Mehnat bozorini mohiyati mazmuni va tamoyillari


Download 0.53 Mb.
bet1/9
Sana17.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1547848
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasining mehnat bozorining makroiqtisodiy tahlili


Mavzu: O’zbekiston Respublikasining mehnat bozorining makroiqtisodiy tahlili


Reja


Kirish
I bob. Mehnat bozorini mohiyati mazmuni va tamoyillari
1.1. Mehnat bozorini mohiyati va vazifalari
1.2. Mehnat bozorining tashkiliy iqtisodiy jihatlarini tartibga solishda tizimli yondashuv
II bob. Mehnat bozoriniO’zbekistonda rivojlanish holati va omillari
2.1. O’zbekistonda mehnat bozorini rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar
2.2. Mehnat bozorida ish bilan bandlik xizmati faoliyatining tahlili
2.3. Mehnat bozori rivojlanishiga xizmat qiluvchi zamonaviy infratuzilmalar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


KIRISH
Shavkat Mirziyoyev: “Mehnat bozoridagi tarkibiy oʻzgarishlarga javob beradigan, yoshlarimizga kasb-hunar oʻrgatadigan, ularda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantiradigan tizim yoʻq”
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 oktyabr kuni oliy taʼlim sohasini yanada rivojlantirish, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.
Keyingi yillarda oliy taʼlimni yangi bosqichga koʻtarishga qaratilgan qator muhim hujjatlar qabul qilindi. Zamonaviy taʼlim standartlari, talabalikka qabul qilishning shaffof tizimi joriy etildi. 2018 yilda umumiy qabul kvotalari oʻtgan yilga nisbatan 30 foiz oshdi.
Prezident qarorlari bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish, taʼlim sifatini oshirish boʻyicha dasturlar professor-oʻqituvchilar va keng jamoatchilik tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi.
Joriy yilda mamlakatimizda jami 13 ta yangi oliy taʼlim muassasasi, jumladan, Samarqandda “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti, Rossiya Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasi “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti“ning Olmaliq shahridagi filiali, Toshkent shahrida Janubiy Koreyaning Puchon universiteti faoliyat boshladi.
Davlatimiz rahbarining shu yil 25 sentyabrdagi farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzurida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tashkil etildi. Ushbu jamgʻarma chet ellarda faoliyat koʻrsatayotgan salohiyatli vatandosh olimlar, mutaxassislar va ekspertlarni Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarga faol jalb etishga, shuningdek, iqtidorli yoshlarning rivojlangan mamlakatlarda taʼlim olishi, yetakchi xalqaro institutlar va xorijiy tashkilotlarda malaka oshirishiga koʻmaklashadi.
Joriy yilda ilk bor xalqaro tajribalar asosida oliy taʼlim muassasalarining milliy reytingi yaratildi, taʼlim va ilmiy-tadqiqot jarayonlari tahlil qilindi. Mazkur tahlil sohada qator muammo va kamchiliklar borligini koʻrsatdi.
Xususan, oliy taʼlim muassasalari qabul kvotasi qamrovi umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga nisbatan 7-9 foizni tashkil etadi. Bu koʻrsatkich Rossiyada 74, Koreya Respublikasida 96 foizdir.
Yigʻilishda oliy taʼlim muassasalarining nufuzi, professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyati xalqaro ilmiy hamjamiyatda munosib oʻringa ega emasligi qayd etildi. Taʼlim jarayoniga dunyoda tan olingan fan arboblari, yuqori malakali professor-oʻqituvchilarni jalb etish yaxshi yoʻlga qoʻyilmagani tanqid qilindi.
Rektor va prorektorlarni tayinlashda professor-oʻqituvchilarning fikri oʻrganilmayotgani oqibatida yangi tayinlangan rahbarning jamoa bilan ishlash samaradorligi yetarlicha boʻlmayapti.
Ilm-fanni rivojlantirish, tadqiqotlarni ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish, ilmiy faoliyat natijadorligini oshirish, iqtidorli talabalar ilmiy izlanishlar olib borishi uchun zarur sharoitlar yaratilmagan.
Taʼlim jarayoniga innovatsion metodikalarni joriy etish, oʻquv dasturlarining ishlab chiqarish bilan hamohangligini taʼminlash va eng asosiysi, professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish ishlari umuman qoniqarsiz ahvolda.
Oliy taʼlim muassasalari faoliyatini oʻrganish, ularni attestatsiyadan oʻtkazib, akkreditatsiyalash, hujjatlarni nostrifikatsiya qilish tartiblari bugungi kun talablariga mutlaqo javob bermaydi.
https://xs.uz/



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling