Psixodiognostik metodikalarni joriy etish qoidalari
Download 46 Kb.
|
1 2
Bog'liqXafizov maqola 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixologik tadqiqotni o‘tkazishga qo‘yiladigan talablar
- Tadqiqot metodi
- Noeksperimental
- Bodalev A.A., Stolin V.V.
PSIXODIOGNOSTIK METODIKALARNI JORIY ETISH QOIDALARI Xafizov X.U. - O‘Z MV Sharqiy harbiy okrugi Harbiy-kasbiy saralash bo‘limi boshlig‘i Annotatsiya: Ushbu maqola o‘smirlarda vatanparvarlik qadriyatlari shakllanishining psixologik xususiyatlari masalalariga qaratilgan. O‘smirlarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalashning ijtimoiy-psixologik tomonlari o‘rganilgan va psixologik jihatlari muammosiga asoslanib yoritilgan. Kalit so‘zlar: yuksak hislar, vatanparvarlik, taqlid, qadriyat tuyg‘ulari, g‘urur, konformizm, nonkonformizm, komil inson, mas’uliyat, o‘zlikni anglash, jasurlik, e’tiqod, uddaburonlik, emotsiya, dunyoqarash, axloq. Psixologik tadqiqotni o‘tkazishga qo‘yiladigan talablar: Tadqiqotni tashkil qi’lish tekshiruvda qo‘llaniladigan metod va metodikalami tanlash hamda sinab ko'rishni (pilotaj tekshiruv) o‘z ichiga oladi. Tadqiqotga tayyorgarlik jarayonida tekshiriluvchilar va ularning soni aniqlanadi. Tadqiqot metodi - bu tadqiqotchini qiziqtirgan ma’lumotni qo'lga kiritish yo‘li, vositasidir. Tadqiqot metodikasi - bu psixik jarayonlar va ularning xususiyatlari to‘g‘risidagi zarur ma’lumotni qo‘lga kiritish uchun qo‘llaniladigan konkret usul va vositalar majmuidir. Barcha metodlarni L.F.Burlachuk bo‘yicha tadqiqotchilik va diagnostik metodlarga ajratish mumkin. Tadqiqotchilik metodlari o‘z navbatida quyidagi turlarga bo‘linadi: Noeksperimental metodlar. Eksperimental metodlar. Noeksperimental metodlarga kuzatish, suhbat, faoliyat mahsulini o‘rganish metodlarini kiritish mumkin. Eksperimental metodlar. tadqiq qilinayotgan omillarni o‘rganish uchun maqsadga qaratilgan sharoitlami yaratishga asoslanadi va tadqiqotchining sinaluvchi faoliyatiga faol tarzda aralashish imkoniyatini beradi. Ushbu metod negizida psixologiyada an’anaviy bo‘lgan ko‘p sonli laboratoriya va tabiiy eksperiment metodikalari yaratiladi. Psixodiagnostik metodning asosiy xususiyati uning oichashtekshirish xarakteriga ekanligida boiib, shu tufayli o‘rganilayotgan holatni miqdoriy hamda sifatiy tavsiflashga erishiladi. L.F.Burlachuk fikriga ko‘ra, psixodiagnostik metodlami uch xil yondashuv asosida tasniflash mumkin. Psixologlar Bodalev A.A., Stolin V.V. bo‘yicha psixodiagnostik metodikalami quyidagicha tasniflash mumkin:1 ♦ A l-guruhga shunday metodikalami kiritish mumkinki, bunda berilgan topshiriqlarga to‘g‘ri javob berilishi talab qilinadi yoki berilgan topshiriqda to‘g‘ri javobning o‘zi mavjud emas. Birinchi turdagi metodlarga misol qilib intellekt testlari, maxsus qobiliyatlar testlari, ba’zi shaxs xislatlarini aniqlash testlarini olish mumkin (Raven testi, MATT). Ikkinchi turdagi diagnostik metodikalar shunday topshiriqlardan iborat bo'ladiki, bunda javobning to‘g‘riligi emas, balki u yoki bu javobning yo‘nalishi aniqlanadi (masalan, R,Kettelning 16 PF testi). 2-guruhga verbal va noverbal psixodiagnostik metodikalar kiradi. Verbal metodlar sinaluvchining nutqiy faolligini talab etadi. Noverbal metodlar noverbal qobiliyatlar, ya’ni perseptiv, motor (harakat) sohalariga oid topshiriqlarni bajarishga asoslangan (anketa, so‘rovnoma, intervyu - verbal metodlar). 3-guruh metodikalar tasnifi quyidagicha: Ob’yektiv testlar - topshiriqning to‘g‘ri bajarilishi ko‘zda tutxladi. Standartlashtirilgan testlar - sinaluvchining verbal qobiliyatlaridan foydalaniladi. Bunda uning tafakkuri, hayoli? xotirasiga murojaat qilinadi. Ular o‘z navbatida quyidagi metodlarga bo‘linadi: a) test-so ‘rovnomalar - bir qancha savol yoki mulohazalardan tuziladi. Bir necha turdagi muqobii javoblar taklif etiladi va ulardan birini tanlash talab etiladi; b) ochiq so‘rovnomalar - bunda standart javoblar berilmaydi, tekshiriluvchi o‘z xohishiga ko‘ra javob qaytaradi. Ixtiyoriy javoblar standart kategoriyalarga kiritilishi orqali qayta ishlanadi va standartlashtiriladi. ♦ B. Maqsadga ko‘ra metodikalarning quyidagi turlari farqlanadi: 1. Saralash yoki tanlash (qoldirish yoki yo‘q). 2.Taqsimlash (sinaluvchilami bitta mezon bo‘yicha yo‘- naltirish). 3.Tasniflash (sinaluvchilami turli guruhlarga bir qancha mezonlar bo‘yicha yo‘naltirish). ♦ D. Ma’nosi bo‘yicha: l. Intellekt testlari. 2. Qobiliyatlami aniqlash testlari. 3. Muvaffaqiyatga erishishni aniqlash testlari. 4. Shaxs xislatlarini aniqlash testlari. ♦ К Shakliga ko‘ra: 1 .Individual. 2.Guruhiy. ♦ F. Metodikalaming sifatiga ko‘ra: 1 .To‘g‘ri(anketalar). 2. Qiyosiy(so‘rovnomalar va maxsus testlar). 3. Proyektiv metodikalar. Nemov R.S. ta’kidlashich Download 46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling