Psixodiognostik metodikalarni joriy etish qoidalari


Download 46 Kb.
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi46 Kb.
#1511449
1   2
Bog'liq
Xafizov maqola 3

Nemov R.S. ta’kidlashicha, psixodiagnostikada keng qo‘llaniladigan metodlardan biri - so‘rovnomaIardir. So'rovnomalarda sinaluvchiga ochiq va yopiq, bevosita va bavosita savollar taqdim etiladi. Masalan, shaxs sifatlaridan biri bo‘lgan xavotirlanishni diagnostika qilish uchun quyidagi savollar bilan murojaat qilish mumkin:
1. Ochiq savol: “Kuchli xavotirlanish holatini boshdan kechiradigan vaziyat to‘g‘risida gapirib bering”.
2. Yopiq savol “Xavotirlanish holatini tez-tez boshdan kechirasizmi?” Taklif qilinayotgan javoblardan birini tanlang:
a) ha;
b) yoq;
d) ba’zida;
e) bilmadim.
3. Bevosita-to‘g‘ri savol: “Sizda xavotirlanish kabi shaxs xislati mavjudmi?”
4. Bavosita savol: “Imtihon paytida sizda bezovtalik holati vujudga keladimi?” Bundan tashqari interv’yu, yani savollarga og‘zaki javob olish metodlari ham mavjud bo'lib, bunda tadqiqotchi savol beradi va sinaluvchi bergan javoblami o‘zi yozib oladi.
Bunda beriladigan savollar so‘rov, ya’ni yozma savolnomadagidek oldindan aniqlab olinadi.
Psixodiagnostika metodlaridan biri - kontent tahlildir. Bunda faoliyat natijalarini tahlil qilish orqali shaxs xususiyatlari baholanadi. Oldindan tayyorlab qo'yilgan sxema asosida sinaluvchining yozma matnlari, asarlar, xatlar, faoliyat natijalari mazmuni jihatidan tahlil qilinadi. Kontent-tahlilning vazifasi - insonning yozma ijodiyot mahsullarida namoyon bo‘ladigan shaxsning psixologik tavsiflarini aniqlash va baholash hisoblanadi.
Psixodiagnostika metodi sifatida eksperimentni qo‘llanilishining o'ziga xos xususiyati shundaki, bunda sinaluvchining u yoki bu xislatini baholash uchun maxsus psixodiagnostik eksperiment tashkil etiladi. Shu xislat namoyon bo'lishi mumkin bo‘lgan sun’iy vaziyat yaratiladi. Psixodiagnostik eksperimentni tashkil qilish va o‘tkazish natijasida tadqiqotchi o‘zini qiziqtirayotgan xususiyatni yoki holatni eksperimental vaziyatda sinaluvchi xulq-atvorini kuzatish orqali oladi. Masalan, xavotirlanish kabi shaxs xislatini baholash qiziqtirayotgan bo‘lsa, tadqiqotchi uni hayotiy, real, aniq baholash maqsadida diagnostik eksperimentni quyidagicha tashkil etish mumkin: Sinaluvchini imtihon vaziyati holatiga tushiriladi yoki qisqa vaqt ichida murakkab vazifani bajarish va uning natijalarini jiddiy baholash sharoitiga qo‘yi!adi. Sinaluvchi ishni bajarayotganda kuzatiladi va yuqori xavotirlanishning turli belgilari qayd qilinadi. Agar bunday belgilar haddan tashqari ko‘p bo’lsa, o'rganilayotgan xislat bu sinaluvchida kuchli rivojlanganligi haqida xulosa qilish mumkin. Bunday belgilar kuzatilmasa, sinaluvchida ushbu xislat mavjud emasligidan darak beradi. Agar bunday belgilar kuchsiz namoyon bo‘lsa, xavotirlanish holati o‘rtacha darajada ekanligi to‘g‘risida xulosa qilish mumkin.
Amaliyotda qo‘llniladigan ko‘pchilik psixodiagnostik metodikalar blankali metodikalar hisoblanadi, ya’ni sinaluvchiga bir necha seriyada fikr-mulohazalar va savollar taklif qilinib, ularga og'zaki yoki yozma ravishda javob berish so‘raladi, Olingan natijalarga qarab,psixologik xususiyatlar haqida fikr yuritiladi. Bunday metodikalami keng foydalanilishining sababi ulami qo‘llash va natijalami qayta ishlash unchalik qiyinchilik tug‘dirmaydi.


1 Бодалев A.A., Столин B.B. Общая психодиагностика.М., 2001, (мазмунидан олинди).

Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling