Tarbiyaviy ishlar rejasi 5-sinflar uchun Tushuntirish xati


Download 23.83 Kb.
bet1/3
Sana16.04.2023
Hajmi23.83 Kb.
#1361601
  1   2   3
Bog'liq
Tarbiyaviy ishlar rejasi 5-sinflar uchun


Tarbiyaviy ishlar rejasi 5-sinflar uchun
Tushuntirish xati

Ma’naviy va axloqiy poklanish, imon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat va shu kabi chinakam insoniy fazilatlar o’z-o’zidan kelmaydi, hammasining zamirida tarbiya yotadi.


Birinchi prezident Islom Karimov

O’zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 15 maydagi “Umumiy o’rta ta'limning davlat ta'lim standartiga o’zgartirishlar kiritish haqida” 130 -sonli qarori asosida o’quv rеjada o’quv yuklama 5 % ga qisqartirildi. Shu munosabat bilan tarbiyaviy soatlar mazmynan qayta ko’rib ciqilib, intеgratsiyalashgan holda amalga oshirilishi bеlgilandi.


Sinf rahbari o’ziga berilgan sinf uchun tayanch va ma’suldir.
Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida sinf rahbari faoliyati O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi qarorlari, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy hujjatlar va Xalq ta’limi vazirligining 2007 yil 20 yanvardagi 19-sonli buyrug’iga 2-ilova: Ta’lim muassasalari sinf rahbari to’g’risida Nizom asosida tashkil etiladi.
Sinf rahbari - Ta’lim muassasasining tarbiyaviy tizimidagi tayanch
pedagoglardan biri bo’lib, o’ziga biriktirilgan sinf o’quvchilarining
amalda belgilangan ta’lim va tarbiya olishlarini tashkil etadi.
Mazkur qo‘llanmada bugungi kunda sinf rabarlari uchun amaliy va uslubiy yordam sifatida Respublika Ta'lim markazi mutaxassislari va amaliyotchilar hamkorligida “Tarbiyaviy soat”larning mashg‘ulot ishlanmalari tavsiya etiladi.
“Tarbiyaviy soat”lar rejasidagi 8 soatlik “Yo‘l harakati qoidalari”ga doir mavzularning dars ishlanmalari mazkur qo‘llanmada aks ettirilmagan.
Umumta'lim maktablarining 5-sinf o‘quvchilari uchun ishlab chiqilgan “Tarbiyaviy soat” mashg‘ulot ishlanmalarida mazmunan o‘quvchilarda tarbiyaviy-axloqiy hislatlarni shakllantirish va mustahkamlash maqsadida, donolar hikmatlariga va milliy qadriyatlarimizga hurmat, shaxsiy gigiena, ozodalik, kiyinish odobi, bolalar huquqlari, tabiatni asrash, salomlashish va muomala odobi, kitobni sevish bilan bir qatorda yurtimizda nishonlanadigan umumxalq bayramlari, muhim sanalar va fan oyliklarini o‘tkazishda nimalarga e'tibor berish to‘g‘risida tavsiyalar berilgan.
Tarbiyaviy soatlarni quyidagi tartibda tashkil qilish mymkin:
Kun shiori:

  1. Kirish;

  2. Asosiy sism: ma’ruza, guruhlar ishi

  3. Yakuniy qism.

Sinf soatida foydalahish uchun adabiyotlar jamlanmasi, mavzuga doir adabiyotlar ko’rgazmasi tashkil etiladi. Jarayonni ochiq muloqot, davra suhbati, bahs-munozara, treninglar va boshqa har xil noananaviy tarzda tashkil etilishi mumkin.

Download 23.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling