Reja: Biologik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish


Download 147.52 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.10.2023
Hajmi147.52 Kb.
#1734066
Bog'liq
9-seminar mashg\'ulot



9-SEMINAR MASHG’ULOTI 
Mavzu: Ta`lim maqsadida yaratilgan botanika mavzularini metodologik qayta 
ishlanishi 
Reja: 
1. Biologik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish. 
2. Botanika mavzularini o‘qitishda o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy faoliyatni tarkib 
toptirish 
3. Umumta'lim maktablarida botanika mavzularini o'qitish uchun elektron resuslarni 
qo'llash 
4. Botanika mavzularini o‘qitishda bir soatlik dars ishlanma tayyorlash (har bir 
talaba alohida mavzularda tayyorlaydi) 
Biologik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish biologik ta’lim va 
tarbiyaning harakatlantiruvchi kuchi, o‘quv materiali mazmunining asosiy birligi 
sanaladi. O‘quvchilarda tushunchalarni shakllantirish quyidagi bosqichlarda amalga 
oshiriladi: o‘quv materialini sezgi organlari orqali qabul qilish, idrok etish,m 
tasavvur qilish, yodda saqlash, amalda qo‘llash, natijalarni tekshirish, axborotlarni 
umumlashtirish va xulosa yasash. Biologik tushunchalarni mazmuni va mohiyatiga 
ko‘ra oddiy va murakkab, xususiy va umumiy biologik tushunchalarga ajratish 
mumkin. Ma’lumki, har bir tushuncha avval oddiy, so‘ngra boshqa oddiy 
tushunchalar bilan birlashib, murakkab tushunchalarni hosil qiladi. Masalan, dastlab 
birlamchi tushuncha bo‘lgan barg uning tashqi tuzilishi,tomirlanishi, poyada 
joylashishi, oddiy va murakkab barglar, bargning hujayraviy tuzilishi, bargning suv 
bug‘latishi, nafas olishi, fotosintez, o‘simliklarning nam tanqisligiga moslanishi 
natijasida barglar metamorfozi bilan tanishish orqali murakkab tushunchaga 
aylanadi. Keltirilgan misoldan ko‘rinib turibdiki, bob yakunida birlamchi tushuncha 
bo‘lgan barg o‘zida morfologik, anatomik, fiziologik, sitologik, tushunchalarni 
mujassamlashtirib, murakkab tushunchaga aylanadi. Biologiya o‘quv fani 
mazmunidagi barg tushunchasi sistematik, ekologik tushunchalar bilan o‘zaro 
aloqadorlikda yanada boyitiladi. Bunday holatni yuqorida qayd etilgan oddiy 
birlamchi tushuncha bo‘lgan o‘simlik organlari ildiz, poya, gul, meva, urug‘ 
misolida keltirish mumkin va ularning har biri o‘zida muayyan tushunchalarni 
mujassamlashtirib, murakkab tushunchaga aylanadi. 
Tayanch so’zlar: Biologik tushuncha, idrok, ildiz, poya, barg 
Foydalaniladigan metodlar: Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi, suhbat, 
“Tayanch konspekt” va b. 
TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR 
 1.
Sulliyeva S.X., Zokirov Q.G’. Biologiya o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. 
“Complex Print” nashriyoti. Toshkent-2023. – 224 b. 
2. Tolipova J.O., Umaraliyeva M.T. Botanika darslari (O’qituvchi kitobi) Umumiy 
o’rta ta’lim maktablarining biologiya o’qituvchilari uchun metodik qo’llanma. 
“Tafakkur” nashriyoti. (5-sinf) Toshkent-2016 y. 
3
www.inetlibrary.com.Internet-kutubxona
  
4. 
www.ziyonet.uz
  



Download 147.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling