o‘z hisobingizdan (qarzdorlik saqlanib qolinayotgan fanga ajratilgan kredit miqdorida
mos qiymatda mablag‘ to‘lash orqali) qayta o‘qish huquqi egasiz. Qayta o‘qish davomida
Siz fanlardan yuqorida keltirilgan nazorat turlari bo‘yicha baholanib, qarzdorlikni bartaraf
etishingiz mumkin.
4.
Siz berilgan ta’til davomida akademik qarzdorlikni bartaraf etmagan
taqdiringizda, akademik qarzdorlik mavjud fanlar kelgusi o‘quv yili (semestr)da o‘qitilishi
belgilangan fanning uzviy davomi bo‘lmasa, tegishli fanlar bo‘yicha akademik qarzdorlikni
qayta o‘qish sharti bilan keyingi kurs (semestr)ga, akademik qarzdorlik bartaraf etilmagan
fan kelgusi o‘quv yilida o‘qitilishi belgilangan fanning uzviy davomi bo‘lsa, uzviy davomi
bo‘lgan fanni kelgusi o‘quv yilida o‘qish sharti bilan keyingi o‘quv yiliga o‘tkaziladi. Ushbu
qoida bakalavriat yoki magistratura boskichida nazariy o‘qishning oxirgi semestrida
o‘tiladigan o‘quv fanlariga tatbiq etilmaydi.
Unutmang! Davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalarga akademik qarzdorlik
bartaraf etilmaguncha stipendiya to‘lanmaydi.
5.
Do'stlaringiz bilan baham: |