Universitet va institut o'rtasidagi farq!
Download 1.55 Kb. Pdf ko'rish
|
Akademik yozuv vazifa Urinov Sardorbekdan
UNIVERSITET VA INSTITUT O'RTASIDAGI FARQ! Talaba yoshlarimiz orasida "universitet" va "institut" o'rtasida nima farq bor degan savollar ko'p uchraydi. Hozirgi kunga qadar quyidagi xalqaro amaliyot asrlar davomida shakllangan, deydi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Axborot xizmati rahbari Sardor Usmanov.Universitet bir nechta yo'nalishlar bo'yicha kadrlar tayyorlaydigan oliy o'quv yurti sanaladi. Ayrim mamlakatlarda, kamida 7 ta yo'nalish bo'lishi kerak. Institut esa ma'lum bir ta'lim yo'nalishiga ixtisoslashgan oliy o'quv yurtidir. "Universitet" tushunchasi "institut" tushunchasidan ko'ra kengroq. Ta'lim imkoniyatlari va o'quv kurslari jihatidan dunyoning barcha mamlakatlarida universitet eng yuqori ta'lim muassasasi hisoblanadi. Universitet ilmiy faoliyat bilan shug'ullanadi. G'arb mamlakatlarida odatda institutlar universitet tarkibida bo'ladi. Universitetlar institutlarga qaraganda kengroq akademik, moliyaviy va boshqaruv mustaqilligiga ega. Shuni e'tiborga olish zarurki, zamonaviy dunyoda ish beruvchilarning aksariyati universitet va institut o'rtasidagi farqlarga ahamiyat berishmaydi. Eng muhim omil — bu bitiruvchi tomonidan o'zlashtirilgan bilim va ko'nikmalar, samara va ishga ishtiyoq. ^^^^IZOH MAZMUNLI MATN^^^^ Download 1.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling