Universitet va institut o'rtasidagi farq!


Download 1.55 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.01.2023
Hajmi1.55 Kb.
#1084109
Bog'liq
Akademik yozuv vazifa Urinov Sardorbekdan



UNIVERSITET VA INSTITUT O'RTASIDAGI FARQ!
Talaba yoshlarimiz orasida "universitet" va "institut" o'rtasida nima farq bor degan savollar ko'p uchraydi. Hozirgi
kunga qadar quyidagi xalqaro amaliyot asrlar davomida shakllangan, deydi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi
Axborot xizmati rahbari Sardor Usmanov.Universitet bir nechta yo'nalishlar bo'yicha kadrlar tayyorlaydigan oliy
o'quv yurti sanaladi. Ayrim mamlakatlarda, kamida 7 ta yo'nalish bo'lishi kerak. Institut esa ma'lum bir ta'lim
yo'nalishiga ixtisoslashgan oliy o'quv yurtidir. "Universitet" tushunchasi "institut" tushunchasidan ko'ra kengroq.
Ta'lim imkoniyatlari va o'quv kurslari jihatidan dunyoning barcha mamlakatlarida universitet eng yuqori ta'lim
muassasasi hisoblanadi. Universitet ilmiy faoliyat bilan shug'ullanadi. G'arb mamlakatlarida odatda institutlar
universitet tarkibida bo'ladi. Universitetlar institutlarga qaraganda kengroq akademik, moliyaviy va boshqaruv
mustaqilligiga ega.
Shuni e'tiborga olish zarurki, zamonaviy dunyoda ish beruvchilarning aksariyati universitet va institut o'rtasidagi
farqlarga ahamiyat berishmaydi. Eng muhim omil — bu bitiruvchi tomonidan o'zlashtirilgan bilim va ko'nikmalar,
samara va ishga ishtiyoq.
^^^^IZOH MAZMUNLI MATN^^^^

Download 1.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling