Universiteti a. Abdusamedov, B. Jalilov, A. Tashanov
Download 4.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Dinlar falsafasi.AbdusamedovA. Djalilov B. TashanovA.
Tayanch tushunchalar. Dunyoqarash, materiya, asotirlar, ikki
haqiqat, astronomiya, diniy ong, ilmiy dunyoqarash, diniy mafkura, atom, panteizm, deizm, shartli reflekslar, galaktika, Darvin nazariyasi. l.Odam va olam to‘g‘risidagi dunyoqarashlar Dunyoqarash falsafa fanining asosini tashkil qilib, olam va odam haqidagi bir butun qarashlar, g‘oyalar tizimini yaratadi. Falsafa qomusiy lug‘atida yozilishicha, hozirgi zamonaviy fanlar rivojlanmagan paytda olamga mexanika nuqtai nazaridan qarash, ya’ni, mexanitsizm hukmron edi. Natijada olamda, ayniqsa Evropa fanida olamda yuz bergan jonsiz tabiatdagi har bir hodisa, hatto jonli tabiatdagi o ‘zgarish jarayonlarini ham mexanika qonunlari asosida tushuntirish mumkin deb qaralib ilmda mexanizm kabi oqimlarni shakllanishiga olib keladi. (115 b.). jumladan, XVII - XVHI asrlarda matematika, mexanika fanlarining yutug‘iga asoslangan olamning mexanistik manzarasi deistik (xudoni tan oluvchi, lekin uni tabiat taraqqiyotiga daxli yo‘q deb bilish) qarashlami keltirib chiqaradi. Deizmga ingliz faylasufi CHerbem asos solgan, uning vakillari Toland, Lokk, Volter, Russo, Lessing, Lomonosov, Radishchev va boshqalardir. XIX asming oxirida fizik bilimlar doirasida “olam manzarasi” atamasi qo‘liana boshlagan. Olimlardan G.Gers birinchilardan bo‘lib predmetlaming ichki va tashqi holatlar yig‘indisini fizik olam manzarasi deb atadi.bunday atamadan keng foydalangan M.Plank olam manzarasini ilmiy va va amaliy jihatdan farqladi. Amaliy jihatdan u insonning olam haqida sekin-asta bir butun tasawurlarini 137 paydo bo‘lishini tushundi. Ilmiy jihatdan esa, M.Plank obyektiv dunyoning modelini mutlaq hodisa sifatida talqin etdi. “Olam manzarasi”ning hozirgi fundamental tushunchasini ishlab chiqishda bunday yirik tabiatshunos olimlaming asarlari katta ahmiyatga ega. Shunga asosan hozirgi vaqtda fundamental fanlar qo‘lga kiritgan tushuncha va prinsiplar asosida olamning ilmiy manzarasini eng umumiy tushunchalar sistemasi deb izohlanadi. Bunday umumiy tushuncha barcha fanlar kashf etgan ilmiy yo‘nalishlar va ulami amaliyotda sinash orqali to'plangan ijobiy tajribalar asosida shakllanadi va dunyoqarashga molik muammolami hal etishga xizmat qiladi. Dunyoqarash insonning obyektiv olam haqidagi qarashlarining majmui, unda o ‘zining tutgan o ‘mi, ob’ektiv borliqqa munosabati hamda shu qarashlarga mos tushadigan hayotiy mavkei, ishonchi, ideali, faoliyati, olamni o‘rganish va bilish prinsiplaridir. Ammo dunyoqarash shu bilan chegaralanmaydi, balki u inson, jamiyat va dunyo haqida to‘plangan va m a’lum prinsiplarga asoslangan qarashlar yig‘indisidir. Binobarin, bunday dunyoqarash kishilarda turli darajada - ijtimoiy-siyosiy, falsafiy, diniy, axloqiy, ilmiy-nazariy darajada talqin etiladi. Dunyoqarash ijtimoiy va individual ongning mavqei hisoblanib, u o‘z mohiyatiga ko‘ra tarixiy jarayon sifatida kishilik jamiyati paydo bo'lishi bilan bog‘liq. Har qanday dunyoqarashning shakllantimvchi manbai ijtimoiy borliq va jamiyatning moddiy shart-sharoitlari hisoblanadi. Kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotida dunyoqarashning vujudga kelishi va shakllanishi har bir davming o‘ziga xos xususiyati bilan bog‘liq bo‘lgan. Masalan, ibtidoiy jamoa tuzumida va dastlabki sinfiy jamiyatda tabiiy-ilmiy bilimlaming ko'rtaklari bo‘lgan, xolos. Ayni vaqtda tabiat va inson haqida diniy tasaw urlar asosiy o ‘rin egallagan o'sha davr odamlarida ilmiy bilimlaming va hayotiy tajribalaming etishmasligi shunga olib kelgan. Kishilaming kundalik hayotiy faoliyatida tirik va notirik tabiat, odam organizmi haqidagi ijobiy bilimlar uzliksiz to‘plana bordi. Ammo bu bilimlar asotirlik (mifologik), so‘ngra diniy dunyoqarash bilan murosada yashagan holda ichki yashirin ziddiyatlar ham sodir bo‘lib turgaa Shu vaqtda din homiylari ham tabiatni tadqiq qilishda, 138 osmon yoritgichlarini Jcuzatishdan chetda qolmaydilar, to‘plangan bilimlami kelajak avlod uchun zarur deb hisoblaydilar. Qadimgi Sharq kohinlari fan va ilmiy bilimlar bilan qiziqishda birinchilardan ekanligi tarixdan ma’lum. Xususan, ular matematika, astronomiya va meditsina sohalarini o'rgandilar, to‘plangan bilimlardan o‘zlarining iqtisodiy va mafkuraviy manfaatlarini mustahkamlashda foydalandilar. Biroq ma’lum tarixiy bosqichga kelib tabiat va olam hodisalari haqidagi to‘plana borgan ilmiy bilimlar diniy qarashlar bilan kelisha olmasligi ma’naviy madaniyatda namoyon bo‘ldi. Turli qabilalarda shakllangan diniy, afsonaviy qarashlarda tabiat hodisalarini va inson hayotini sababiyat asosida tushunish elementlari bor edi. Olam manzarasining afsonaviy tushunchasi ibtidoiy odam ongining xususiyatiga bog‘liq edi. Ya’ni ular uchun tabiat - urug‘ jamoasi, osmon, er, suv, inson va hokazolar esa qon-qarindoshlik munosabatlarida jamoaning a’zolaridir. Download 4.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling