Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich


Download 2.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/214
Sana19.10.2023
Hajmi2.03 Mb.
#1709590
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   214
Bog'liq
-.-

Abdulla Avloniy 


320 
bir yoshning qobiliyati, iqtidori va iste'dodini ruyobga chiqarish vazifasi belgilab 
olingan.
Qobiliyat – shaxsning muayyan faoliyat turini muvaffaqiyatli bajarishga 
bo‘lgan layoqat darajasini ifodalaydigan, turmush jarayonida hosil qilingan 
individual xususiyatlari yig‘indisidir. Qobiliyatning shakllanishi va rivojlanishida 
shaxsning tug‘ma iste'dod nishonalari, yashash sharoiti, ta'lim-tarbiya, ayniqsa, 
uning faolligi muhim ahamiyatga ega. Qobiliyat bilim, ko‘nikma va malakalarga 
asoslanadi. Qobiliyatning eng yuqori darajasi talantdir. 
Bilim orttirishdagi muvaffaqiyatning o‘zi bilan qobiliyatni aniqlab 
bo‘lmaydi. Insonning qobiliyatlari bilim va ko‘nikmalarni egallash uchun 
imkoniyat bo‘lib xizmat qiladi. Bilim va ko‘nikmalar egallanishi sharoitlarga 
bog‘liqdir. Bolada namoyon bo‘lgan musiqa qobiliyati uning musiqachi bo‘lib 
yetishishiga kafolot bo‘la olmaydi. Bolaning musiqachi bo‘lishi uchun unga 
maxsus ta'lim berilishi, qat'iyatlilik, sabr kabi sifatlarni singdirilishi, salomat 
bo‘lishi, musiqa asboblarining mavjudligi va boshqa bir qator sharoitlarga bog‘liq 
bo‘ladi. Bularsiz qobiliyat taraqqiy etmay, so‘nib ketishi ham mumkin. O‘quvchida 
hali zaruriy ko‘nikma va malakalar tizimi, mustahkam bilimlar tarkib topmasdan, 
unda qaobiliyatlar yo‘q, deb xulosa chiqarish ham mumkin emas. Bolalik paytida 
ma'lum qobiliyatlarning atrofdagilar tomonidan tan olinmaganligi, keyinchalik shu 
qobiliyat tufayli shon-shuhrat topgan odamlar ham bor. 
Agar shaxsning ma'lum sifatlari yig‘indisi odamning pedagogik jihatdan 
asoslab berilgan vaqt oralig‘ida egallagan faoliyati talablariga javob bersa, demak 
unda mazkur faoliyatga nisbatan qobiliyati bor, deb xulosa chiqarishga asos 
bo‘ladi. Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon bo‘ladi. Qobiliyatlar 
taraqqiyotining yuksak bosqichiga iste'dod deb qaraladi.

Download 2.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling