Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich
Download 2.03 Mb. Pdf ko'rish
|
-.-
- Bu sahifa navigatsiya:
- Individuallik
- Ilmiy-texnik, texnokratik paradigma
- Didaktik o‘yin
- Layf couching
Ezoterik paradigm- «sirli», «yashirin» ma’nolarini bildiradi. Uning mohiyatini
abadiy va o‘zgarmas Haqiqatga munosabat tashkil etadi. Ushbu paradigma 347 tarafdorlarining fikricha, haqiqatni shunchaki bilish mumkin emas, unga vijdon pokligi orqali erishish mumkin. Individuallik deganda shaxs ruhiy xususiyatlarining qaytarilmaydigan birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, ruhiy jarayonlarning o'tib borish xususiyatlari, hissiyotlar, faoliyat motivlari, tarkib topgan qobiliyatlar kiradi. Ilmiy-texnik, texnokratik paradigma – amaliyotdagi jarayonlarni takomillashtirish uchun zaruriy «aniq» ilmiy bilimlarni uzatish va o‘zlashtirish Dars – ta’limni tashkil etishning asosiy shakli. Dars bevosita o‘qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli sanaladi. Darsda har bir o‘quvchi xususiyatlarini hisobga olish, barcha o‘quvchilarning mashg‘ulot jarayonida o‘rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish qobiliyatlari va ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Didaktika (ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos «o‘rgatuvchi», didasko «o‘rganuvchi») ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, qonun va qonuniyatlari, tamoyillari,o‘qituvchi va o‘qituvchi faoliyati, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari kabi masalalarni tadqiq etadi. Didaktik o‘yin o‘rganilayotgan obyekt, hodisa va jarayonlarni modellashtirish asosida o‘quvchining bilishga bo‘lgan qiziqishi va faollik darajasini rag‘batlantiruvchi o‘quv faoliyati turi. Ayni vaqtda o‘yin ham ijtimoiy faoliyat ko‘rinishi sanaladi. Metod - yunoncha tadqiqot, maqsadga erishish yo‘li, usuli deganidir. Metod – eng umumiy ma’noda – maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda tartibga solingan faoliyat. Ko‘rinadiki, bu o‘rinda ham o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va u tashkil etgan o‘quvchilarning faol o‘quv-bilish faoliyati uyg‘unlashadi. Ko‘nikma – malakaning tarkibiy qismi bo‘lib, harakatning ayrim qismlarini nihoyatda tez, aniq va maqsadga muvofiq ravishda bajarilish qobiliyatini ifodalaydi 348 va o‘quvchi – talabalarda ko‘p marotaba takrorlanadigan mashqlar natijasida yuzaga keladigan harakatlar yig‘indisidir. Layf couching- (ingliz tilida: life- hayot, ouching-rejalashtirish) ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining faoliyatini to‘g‘ri rejalashtiradigan mutaxassis. Ma'lumki, o‘qituvchi pedagogik jarayonni rejalashtiruvchisi, boshqaruvchisi hamda yo‘naltiruvchisi hisoblanadi. Uning kasbiy, shaxsiy faoliyatini uyg‘unlikda olib borishi muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchi guruh, sinfdagi o‘quvchilarga ta'lim va tarbiya berar ekan, shu bilan birgalikda jamiyat a'zosi bo‘lgan o‘z farzandlarini ham tarbiyalovchi ota-ona sifatida namoyon bo‘ladi. Demak, o‘z ish joyidagi faoliyati bilan birgalikda, oiladagi, jamoadagi ishlarini uyg‘unlikda olib borish uchun kun tartibini to‘g‘ri rejalashtirib olishga zarurat tug‘iladi. Shunday paytda o‘qituvchiga layf kouching yordam beradi. Download 2.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling