Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich


Download 2.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/214
Sana19.10.2023
Hajmi2.03 Mb.
#1709590
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   214
Bog'liq
-.-

Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, 
tarbiya jarayonining mazmuni, tarbiya turlari, shakl, metod, vosita va usullari, uni 
tashkil etish masalalarini o‘rganadi. 
Ta'lim - bilim, ko'n ikma va malakalarni egallash, dunyoqarashni tarkib 
toptiradigan jarayon.
Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllari- Ta’limning yordamchi 
shakllariga to‘garak, konferentsiya, maslahat (konsultatsiya), fakultativ 
mashg‘ulot, o‘quv ekskursiyalari, o‘quvchilarning mustaqil uy ishlari va boshqalar 
kiradi.
Ta’lim usuli – ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Metodlar 
bilan usullar munosabati o‘zaro bir-biriga bog‘langan. Usul va metod butun va 
qism sifatida bir-biriga bog‘lanadi.
Ta’lim metodlarini tanlash. Pedagogika fanida, o‘qituvchilarning amaliy 
tajribasini o‘rganish va umumlashtirish asosida ta’lim metodlarini tanlashga o‘quv-
tarbiya jarayoni kechayotgan shart-sharoitlar va aniq holatlarga bog‘liq muayyan 
yondashuvlar vujudga keladi.
Ta’lim sifati -avvalgi bosqich mahsuldorligi va hozirgi bosqichda erishilgan 
natijalar; o‘rganilayotgan material xususiyati va hajmi; o‘quvchilarga tashkiliy-
pedagogik ta’sir ko‘rsatish: o‘quvchilarning bilim olishga qobiliyatlari va ta’lim 
vaqtiga bog‘liq; 


351 
Ta’lim tamoyillari - Ta’lim yamoyillari o’quv jarayonining umumiy maqsadlari 
va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilab 
beruvchi boshlang’ich qoidalardir. 
Ta’limni insonparvarlashtirish uning mazmuni, tamoyillari, shakl va 
metodlarini yangilash, ularning o‘zaro aloqasi va birligini ta’minlash orqali shaxsni 
har tomonlama shakllantirish va rivojlantirishga yo‘naltirish.
Ta’limning ilmiylik tamoyili – o‘quvchining o‘quv materialidagi 
qonuniyatlarni aks ettirishi, tushunishi va o‘zlashtirishi uchun to‘g‘ri shart-sharoit 
yaratish maqsadi uchun zarur ahamiyat kasb etadi. Bu tamoyil ta’lim mazmunini 
zamonaviy fan va texnika rivojlanish darajasi, jahon sivilizatsiyasi to‘plagan 
tajribaga mos kelishini ifodalaydi.

Download 2.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling