Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich
Metod, ya'ni uslub, axborotni uzatish va qabul qilish xarakteriga
Download 2.03 Mb. Pdf ko'rish
|
-.-
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiya vositalari
Metod, ya'ni uslub, axborotni uzatish va qabul qilish xarakteriga
qarab: So‘z orqali ifodalash Ko‘rgazmalilik Amaliy namuna . Rag‘batlantirish va jazo Irodani safarbar etish Ijtimoiy ongni shakllantirush Bu metodlar o‘z navbatida quyidagi guruhlarga bo‘linadi. Birinchi guruh - so‘z orqali uzatish, maslahat berish, ma'lumotlarni eshitish orqali qabul qilish, hikoya, ma'ruza, suhbat va boshqa uslublar; Ikkinchi guruh - kinofil'mlar, tasviriy san'at, badiiy san'at va boshqa ko‘rish orqali tarbiyalash uslublari Uchinchi guruh – tarbiya jihatlarini amaliy mehnat harakatlari orqali berish, o‘rnak ko‘rsatish, boshqalar mehnatini misol tariqasida ko‘rsatish. To‘rtinchi guruh – yaxshi bajarilgan ishlarni ma'qullash, minnatdorchilik bildirish, iqtisodiy va ma`naviy rag‘batlantirish. Tarbiya vositalari biron - bir tarbiyaviy masalani maqsadga muvofiq yo‘l bilan hal qilishni tashkil etish uchun ishlatiladi. (Ko‘rsatmali ko‘n ikmalar, kitoblar, radio, televidenie). Bundan tashqari bo‘lajak mutaxassislar jalb qilingan faoliyat turlari kinofil'mlar, meditsina xaritalari, sport va boshqa faoliyat turlari tarbiya vositalari bo‘lishi mumkin. Tarbiya jarayonining xususiyatlari Tarbiya jarayonining xususiyatlari Ko‘p qirrali jarayon uzoq muddat davom etadi yaxlit holda va konentrik asosda amalga oshadi Ikki tomonlama xususiyat,bolanin g faolligi Qarama- qarshliklar ko‘pligi 125 Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li. Tarbiya amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta'sir etish usullaridir. Tarbiya usullari – umumiy metodning bir qismi, alohida harakati, yanada aniqlashuvi. Obrazli aytganda, usullar – bu qo‘yilgan maqsadga tezroq erishish uchun tarbiyachi o‘zining tarbiyalanuvchilari bilan yo‘l ochadigan o‘rganilmagan so‘qmoq. Agar uni boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u holda asta-sekin usullar keng ustunli yo‘llar – metodlarga aylanishi mumkin. Shu jihatdan olganda, yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, hayot abadiyligi, avlodlar davomiyligini ta'minlaydigan ma'naviyat qo‘rg‘oni bo‘lgan oilani mustahkamlash butungi kunda bar-chamizning nainki asosiy vazifamiz, balki insoniy burchimizga aylanishi lozim. Download 2.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling