Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich
O‘quv-tarbiyaviy vaziyatlarning turlari va ularni tashkil qilish
Download 2.03 Mb. Pdf ko'rish
|
-.-
O‘quv-tarbiyaviy vaziyatlarning turlari va ularni tashkil qilish
shakllari. O‘quv-tarbiya turlari turli sohalarga ko‘ra tasnif etiladi. Ko‘proq umumlashgan tasnif o‘zida aqliy, mehnat, jismoniy tarbiyani qamrab oladi. Ta'lim muassasalaridagi tarbiyaviy ishlarning turli yo‘nalishlari bilan bog‘liqlikda fuqarolik, siyosiy, baynalmilal, axloqiy, estetik, mehnat, jismoniy, huquqiy, ekologik, iqtisodiy tarbiyaga bo‘linadi. Institutsional belgilariga bo‘yicha oila, ta'lim muassasasi, ta'lim muassasasidan tashqari, diniy, bolalar, yoshlar tashkilotlaridagi tarbiya, maxsus ta'lim muassasalaridagi tarbiyaga bo‘linadi. Tarbiya va tarbiyalanuvchilar orasidagi munosabatlar uslubiga ko‘ra avtoritar, demokratik, liberal, erkin tarbiya; turli falsafiy kontseptsiyalar bilan bog‘liqlikda pragmatik, aksiologik, jamoaviy, individual tarbiya farqlanadi. Tarbiya jarayonida asosiy vazifa ta'lim - tarbiya berish, yoshlarda bilim, ko‘nikma, malakalarni muttasil oshirib borish, ularda tafakkur, ilmiy dunyoqarash va mafkuraviy tushunchalarni shakllantirishdan iboratdir. Mafkura - inson ruhiyati, tafakkur va dunyoqarashini o‘zgartiradigan kuchli vositadir. Uning g‘oyalari xalqning ishonch - e'tiqodi, intilish va manfaatlari ifodasiga aylansa etarlicha samara beradi. Shuning uchun ham mafkura sohasidagi targ‘ibot va tashviqot ishlarini, Tahsil oluvchilarning tushunchasi, aql - idroki va tafakkur darajasini inobatga olgan qolda marifiy yo‘l va usullar orqali amalga oshirish taqoza etiladi. Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya tamoyillari. O‘qituvchining bilim saviyasi ma'naviyati jamiyatni harakatga keltiruvchi, taraqqiyotgga eltuvchi etakchi omillardan biridir.. Tarbiyada inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir insonning betakror va o‘ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huqo‘qi va erkinligini hisobga olish lozim. Tarbiyani demokratiyalash - bu tarbiyani ma'muriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori qo‘yish, tarbiyachi va 123 tarbiyalanuvchilar o‘rtasida o‘zaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini o‘zgartirish demakdir. Tarbiyaviy faoliyatni demokratiyalash va insonparvarlashtirish uning mohiyatini va mazmunini qayta tafakkur etishni ko‘zda tutadi. Shaxsning rivojlanishi va o‘zligini anglashni ta'minlaydi. Download 2.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling