Мavzu: zamonaviy menejer tushunchasi


Download 55.8 Kb.
bet1/12
Sana28.03.2023
Hajmi55.8 Kb.
#1304319
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Ёдгоров Жамшид курс иши


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

“IQTISODIYOT” FAKULTETI


“MINTAQAVIY IQTISODIYOT VA MENEJMENT” KAFEDRASI
5231700-“KADRLAR MENEJMENTI” yo’nalishi



Kurs ishi himoya
qilingan sana
«____» _______20 __ y





_______
(imzo)
_______
(imzo)

Komissiya a’zolari:
__________________


__________________

KADRLAR STRATEGIYASI”FANIDAN

KURS ISHI

Мavzu:
ZAMONAVIY MENEJER TUSHUNCHASI

Bajardi: 4-kurs,Yodgorov Jamshid


(kurs, guruh, F.I.SH)
Tekshirdi: ____________________


Toshkent – 2023
MUNDARIJA

_KIRISH………………………………………………………………………..

3

1.UMUMIY MENEJER TUSHUNCHASI…………………………………….

7

2.ZAMONAVIY MENEJERLARGA QO’YILADIGAN TALABLAR………

9

3.ZAMONAVIY MENEJER ETIKASI……………………………………….

15

4.O’QITISHNING MAQSADLARI VA TURLARI………………………….

20

5.O’QITISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR………………………..

24

6.O’QITISHNI BAHOLASHNING ZAMONAVIY USULLARI…………….

27

7.ZAMONAVIY MENEJMENT………………………………………………

28

8.ZAMONAVIY BOSHQARUV NAZARIYASI……………………………..

28

9.PRINTSIPLAR VA VOSITALAR…………………………………………

30

XULOSA VA TAKLIFLAR……………………………………………….....

31

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………….……………………..

33



KIRISH
O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar bozor munosabatlarini shakllantirar ekan tashkilotlarning mavqesini ham tubdan o‘zgartirmoqda. Turli xil mulk, hajmi va faoliyati har xil bo‘lgan korxonalarning mavjud bo‘lishi yangi iqtisodiy, va huquqiy munosabatlar shakllanishiga olib kelmoqda. Bu holat insonlar o‘rtasidagi munosabatlarga ham o‘zini ta‘sirini ko‘rsatmokda, ularning mulkka, olinayotgan natija va uning samaradorligiga bo‘lgan qarashi tubdan o‘zgarib bormoqda. Menejmentning asosiy ob‘ekti xodimlar bo‘lganligi sababli, zamonaviy tashkilotni boshqaruv jarayonida asosiy, e‘tibor xodimlar faoliyati, ularning o‘zaro munosabatlari, manfaatlari, maqsadga intilish yo‘llari muhim o‘rin egallaydi.
Respublikamizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishstrategiyasini qabul qilinishi aholining, shu jumladan, korxonalar xodimlarininghayotini yaxshilash, yashash va ishlash sharoitini yuqori saviyaga ko‘tarishni asosiymaqsadlardan biri qilib belgiladi. Korxona miqyosida, mulkning shakli va ungabo‘lgan munosabatdan qat‘iy nazar, xodimlar samarali faoliyat ko‘rsatishi vaularning jismoniy va aqliy salohiyatidan to‘laroq foydalanish hamda har birtashkilot oldiga qo‘ygan maqsadga erishish uchun xodimlarning boshqaruv tizimini oqilona tashkil etish muhimdir.
O‘zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy xo‘jalik tizimiga chambarchasbog‘langanligi va bozor iqtisodiyotiga o‘tganligi natijasida xalq xo‘jaligi miqyosida yangi mulk shaklidagi korxonalar, kompaniyalar, firmalar, jamiyatlar shakllanayotganligi munosabati bilan boshqarishning mazmunan turi bo‘lgan menejmentni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev aytganlaridek ta’lim muassasalari faoliyatini tubdan yaxshilash, eng ilg’or xorijiy tajribani o’rganish, har jihatdan zamonaviy tizim yaratish bugungi kunning talabi, ta’limni rivojlantirmasdan hech bir sohani rivojlantirib bo’lmaydi degan fikrlari negizida qanchalik chuqur ma’no kasb etishi bizga ma’lum, shu nuqtai nazardan eng avvalo ta’lim sohasini, ta’lim sohasida boshqaruvni rivijlantirish, boshqarish va nazorat qilish orqali natijagaerishish mumkinligini inobatga olib ta’lim menejmentiga va boshqaruvni tubdan o’zgartirish, menejerlarni o’qitish va salohiyatini oshirishga alohida e’tibor berilmoqda.
Amerika Qo’shma Shtatlarda 20-asrning boshlarida ilmiy boshqaruv maktablarievolyutsiyasi boshlangan qulay sharoitlar yuzaga keldi. Demokratik mamlakatdaulkan mehnat bozori paydo bo’ldi. Ta’limning mavjudligi ko’plab aqlli odamlargafazilatlarini namoyon etishga yordam berdi. Rahbarlikning yangi usullari talabqilindi. 1911 yilda Frederik Teylorning "Printsiplar" kitobi, Bu yangi fan - etakchilik sohasida tadqiqotlar uchun asos yaratdi. Guruh ta’sirining odamlarning mehnatga bo’lgan munosabatini o’zgartirishi mumkinligini isbotladi. Menejmentda ma’naviy rag’batlantirishdan foydalanishni maslahat berdi, masalan, xodimning hamkasblari bilan aloqasi. U rahbarlarni jamoaviy munosabatlarga e’tibor berishga chaqirdi va maktab menejmentning ajralib chiqishiga hissa qo’shdi uning fikricha alohida kasb va ikkita yo’nalishga ega. Birinchisi, korxonalarni boshqarish muammolarini o’rganish va zamonaviy boshqaruv tushunchalarini ishlab chiqish. Ikkinchisi - menejerlarning lavozim vazifalari va funktsiyalarini o’rganish. Har qanday rahbar ma’lum ya’niy quydagi funktsiyalarni bajarishga chaqiriladi:
• korxona uchun maqsadlarni belgilash va rivojlanish yo’llarini tanlash;
ishlarni tasniflash, taqsimlash, tashkiliy tuzilmani yaratish, kadrlarni tanlash va joylashtirish va boshqalar;
• xodimlarni rag’batlantirish va muvofiqlashtirish, menejerlar va jamoa o’rtasidagi munosabatlarga asoslangan nazorat;
me’yorlash, korxona ishini va unda ishlaydigan barcha ishchilarni tahlil qilish;
• ish natijalariga qarab motivatsiya.

Download 55.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling