Мavzu: zamonaviy menejer tushunchasi


Rejalashtirilganiga ko’ra o’qitish dasturlari strategik va talabga ko’ra turlariga bo’linadi


Download 55.8 Kb.
bet7/12
Sana28.03.2023
Hajmi55.8 Kb.
#1304319
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Ёдгоров Жамшид курс иши

Rejalashtirilganiga ko’ra o’qitish dasturlari strategik va talabga ko’ra turlariga bo’linadi.
O’tkazish joyiga ko’ra o’qitish ish joyidagi, ishdan tashqari, aralash turlariga bo’linadi.
Tashkilotda hodimlar o’qitish jarayonini tashkil etish 5 bosqichlardan iborat:
1. Muammo vaMaqsadlar analizi;
2. O’quv dasturi ishlab chiqish;
3. Xodimlarni o’qitish;
4. O’qitish jarayonini nazorat qilish;
5. O’qitish natijalarini baholash;
Ishdan ajralmagan holda tashkil qilinadigan o’qitish shakillari:
Ishlab chiqarish instruktaj;
Qiyinlashib boruvchi vazifalar metodi;
Shadowing;
Kross proektlar;
Rotatsiya, Sovuq suvga tashlash.
Shadowing bu - Shadowing, yangi ishga yollangan kishi tajribaliroq xodimni diqqat bilan kuzatish orqali muayyan ish joyidagi vazifalarni bajarish nimani anglatishini bilib olganida yuzaga keladi. Shadowing, shuningdek, o'z kompaniyasining boshqa bo'limiga boshqa bo'limga o'tmoqchi bo'lgan mavjud xodimlarga ham tegishli bo'lishi mumkin.
Rotatsiya – bu Davlat hokimiyati institutlarining samaradorligini oshirish — davlat boshqaruvining eng muhim va dolzarb vazifalaridan biri boʼlib, malakali xodimlar tarkibini yaratmasdan va korruptsiyaga qarshi kurashmasdan turib bu vazifalarni amalga oshirib boʼlmaydi.
Xorijiy mamlakatlarda davlat xizmatchilarining kasbiy mahoratini oshirish, korruptsiya va xizmat mavqeini suisteʼmol qilish holatlarini oldini olish yoʼli bilan davlat boshqaruvini samaradorligiga erishish maqsadida rotatsiya usulidan keng foydalaniladi.
Germaniyada rotatsiya davlat idoralarida korruptsiyaning oldini olish maqsadida koʼp yillardan beri amalga oshirilib keladi. Korruptsiyaga koʼproq taʼsirli lavozimlarni egallagan xizmatchilarni rotatsiya qilishga alohida eʼtibor qaratiladi. Bunday lavozimlarda xizmat qilish muddati 5 yilgacha qilib belgilangan boʼlib, bu muddatni choʼzish uchun zarur hujjatlarda tegishli yozuvlarni kiritish shart. Bu talab xodimlarni lavozimlarga joylash jarayoni ustidan nazoratni kuchaytiradi, bunday qarorni qaysi mansabdor qanday sabablarga asoslanib qabul qilganini aniq koʼrsatib turadi. Bu esa oʼz oʼrnida mansabdor shaxslarning maʼsuliyati oshishiga xizmat qiladi. Germaniyalik ekspertlarning fikriga koʼra, rotatsiya tufayli korruptsiya holatlari darajasi pasayishiga quyidagi omillar sabab boʼladi:
— alohida shaxs va davlat xizmatchisining qayta uchrashish ehtimoli kamayadi;
— pora taklif etishi mumkin boʼlgan alohida shaxs keyinchalik lavozimga kelgan yangi xizmatchi tomonidan oʼzining oldingi “marhamati” hisobga olinishiga ishonch hosil qilolmaydi;
— alohida shaxs pora taklif qilsa yangi davlat xizmatchisining javobi qanday boʼlishini bilmaydi. Davlat xizmatchilarini rotatsiya qilish borasidagi Germaniya tajribasi tadqiqotchilar tomonidan ijobiy baholanadi.
Xodimlarni rotatsiya qilish mintaqalararo va davlat xizmati tarmoqlari oʼrtasida ham amalga oshiriladi (Frantsiya, Xitoy). Birinchi holatda davlat xizmatchilarini koʼproq rivojlangan mintaqalardan nisbatan kam rivojlangan hududlarga yuboriladi. Ikkinchi holatda esa xizmatchilarni davlat idorasining boshqa tarkibiy qismlariga rotatsiya qilish orqali ularni yangi kasbiy tajriba va koʼnikmalarni egallashiga ahamiyat beriladi.
Daniya, Kanada singari davlatlarda xodimlarni joy-joyiga qoʼyish sohasida hukumat dasturlari amal qiladi. Rotatsiya siyosati xodimlarning davlat xizmatidagi turgʼunligini oldini oladi, davlat idoralariga ularni tajribasi va imkoniyatlaridan unumli foydalanish imkonini beradi.
Yaponiyada rotatsiya tizimi davlat xizmatchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining bir qismi sifatida qaraladi. Bunda har ikki-uch yilda davlat xizmatchilarining gorizontal va vertikalь yoʼnalishda lavozimlarini almashtirish nazarda tutiladi. Yashash joyi oʼzgarishi bilan bogʼliq boʼlmagan holatlarlarda rotatsiya qilish uchun xizmatchining roziligi talab qilinmaydi. Joylardagi davlat idoralaridagi maʼlum bir lavozimlar markaziy idoralardan rotatsiya tartibida keladigan xizmatchilar uchun ajratib qoʼyiladi. Bu, bir tomondan, markaziy idoralar xizmatchilarining kasbiy dunyoqarashini oʼsishiga, ularning kasb tajribasi hududlarga xos xususiyatlar bilan boyishiga, shuningdek markaziy boʼgʼindagi tajriba va bilimlarini hududlarga yetkazishga xizmat qiladi. Boshqa tomondan esa, maʼlum bir rahbarlik lavozimlari rotatsiya tartibida markazdan yuboriladigan xizmatchilar uchun band qilinishi joylardagi xizmatchilarning kasbiy oʼsishida maʼlum muammolarni keltirib chiqaradi.
Rotatsiya tartibida yuboriluvchi xizmatchilar uchun joylarda maʼlum lavozimlarni band qilish amaliyoti Xitoy Xalq Respublikasida ham mavjud. Rotatsiya 10 yildan ortiq bir lavozimda ishlagan davlat xizmatchilarni rejali ravishda boshqa lavozimga oʼtkazishni nazarda tutadi. Xizmatchilarni iqtisodiy rivojlangan hududlardan nisbatan kam rivojlangan hududlarga yuborishga alohida eʼtibor qaratiladi. Davlat xizmatchilarini rotatsiya qilish Mehnat vazirligi tomonidan tashkil etiladi.
Rossiyada davlat xizmatida rotatsiya usulini qoʼllash meʼyoriy hujjatlarda mustahkamlab qoʼyilgan. “Rossiya Federatsiyasining davlat fuqarolik xizmati toʼgʼrisida”gi qonunida xizmatchilarni rotatsiya qilish xodimlar tarkibini shakllantirishning ustuvor vazifalari qatorida sanab oʼtilgan. Davlat xizmati lavozimlari rotatsiya tartibida uch-besh yil muddatga egallab turiladi. Rotatsiya qilinishi nazarda tutilgan lavozimlar roʼyxati va rotatsiyani tashkil etish tartibi Prezident tomonidan tasdiqlanadi.
Qozogʼistonda xodimlarni rotatsiya qilish 2005 yildan boshlab qoʼllanadi va bu jarayon faqat “siyosiy” xizmatchilarga taalluqli. Bu davlatda ham rotatsiya qoʼllanadigan lavozimlar roʼyxati vakolatli davlat idorasi taqdimotiga asosan Prezident tomonidan tasdiqlanadi. Аytib oʼtish kerakki, Qozogʼistonda hozirgacha rotatsiya tartibi va jarayonlarini belgilovchi meʼyoriy hujjatlar tasdiqlanmagan. Rotatsiya muddati turli davlatlarda turlicha, lekin koʼp hollarda davlat xizmatchisining bir lavozimni egallashi 3-5 yillik muddatga moʼjallanadi. Xorijiy ekspertlar rotatsiya usulining ayrim salbiy tomonlariga, jumladan, xizmatchilarning yangi sharoitga moslashish davrida mehnat unumdorligining pasayishi, rotatsiya qoʼllashda, ayniqsa, xizmatchi oilasi bilan boshqa hududga yuborilganda sarflanadigan harajatlar miqdorining oz emasligi singari jihatlarga ham eʼtibor qaratishadi. Bulardan tashqari, korruptsiyada shubha qilingan mansabdorlarni rotatsiya vositasida tergov idoralari eʼtiboridan chetga tortish maqsadida ham foydalanish mumkinligi taʼkidlanadi.

Download 55.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling