7-Mavzu: Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etish Reja
Download 19.93 Kb.
|
1 2
Bog'liq7-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Natija: Tezkor savol
7-Mavzu: Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etish Reja: 1.Maktab sharoitida to’garaklarni tashkil etish. 2.Sinflar, maktablar, tumanlararo ko’rgazmalarni tashkil etish metodikasi. 3.O’quvchilarni maktabdan tashqari to’garaklarga jalb etish Maqsad: Talabalarda darsdan hamda o’quv muassasasidan tashqari mashg’ulotlarni rejalashtirish va sinflar, maktablar, tumanlararo ko’rgazmalarni tashkil etish tashkillashtirish hamda boshqarish qobiliyatlarini shakllantirish. Natija: Tezkor savol: 1.To’garaklarni tashkil qilish rejasi. 2.Olimpiadalar o’tkazish va tuzish ketma-ketligi 1.Maktab sharoitida to’garaklarni tashkil etish. Umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilari mehnat ta’limi tayyorgarligiga katta talablar qo’ymoqda. Bu muhim vazifani hal qilishda maktablarimizda politexnik ta’lim va mehnat tarbiyasini sinfda va sinfdan tashqari ishlarda to’g’ri yo’lga qo’yish katta ahamiyatga ega. Sinfdan tashqari ishlar o’z ichiga maktabda va maktabdan tashqarida o’quvchilarni o’qitish va mehnatga tarbiyalashni umumlashtiradi. Darsdan tashqari ishlar o’quv-tarbiyaviy prosessning ajralmas qismi hisoblanadi. Texnika buyicha sinfdan tashqarida o’tkaziladigan ishlardan ko’zda tutilgan maqsad o’quvchilarning texnikaviy ijodkorligini rivojlantirishdir. Sinfdan tashqari mashg’ulotlarni biror darsning davomi deb tushunmaslik kerak, ammo dars bilan sinfdan tashqarida o’tkaziladigan mashg’ulotlar o’zaro chambarchas bog’langan. Dars bilan sinfdan tashqarida o’gkaziladigan mashg’ulotlarning bir-biridan farqi shundaki, sinfdan tashqari mashg’ulotlarda o’quvchilar mustaqil ish bajaradilar, shu bilan bir qatorda o’quvchilarning talabi bilan tashkil etiladi. Texnika buyicha sinfdan tashqari tashkil etiladigan mashg’ulot har bir o’quvchining hoxishiga, qobi-liyatiga va qiziqishiga mos qilib tanlanadi. Mehnat ta’limida yo’nalishlar bo’yicha sinfdan va maktabdan tashqari ishlar to’garaklar shaklida tashkil etiladi. Bu to’garaklarning xillari ular hal etishi lozim bo’lgan masalalar va ularning mazmuni bilan belgilanadi. Duradgorlik, chilangarlik, tokarlik, avtomobil, elektrotexnika, tikuvchilik, kashtachilik, zardo’zlik, taom tayyorlash kabi to’garaklarni tashkil etish mumkun. Mehnat to’garagiga qarab tashkil qilinadigan bunday to’garaklarning maqsadi o’quvchilarning maxsus texnikaviy bilimlarini va mehnat ko’nikmalarini hamda malakalarini mazkur mehnat turiga tadbiran kengaytirish va chuqurlashtirishdan iboratdir. To’garak a’zolari o’quv ustaxonalari va kabinetlarini jixozlashda, ularni ko’rgazmali qurollar va moslamalar, texnikaviy-texnologik xujjatlar va x.k. bilan ta’minlashda aktiv qatnashadilar. Texnik va maishiy mehnat bo’yicha sinfdan tashqari ish shakllari quyidagilardan iborat: Mavzularga bag’ishlangan ma’ruza va suhbatlar Sayohatlar Savol javob kechalari Ko’rik tanlovlar Texnik ijodkorlik to’garaklarini tashkil etish biror mehnat turiga, kasbga, ixtisosga o’z qiziqishini namoyon qilgan to’garak a’zolarini yig’ishdan boshlanadi. Guruh 10-12 o’quvchidan oshmasligi kerak. Agar xoxlovchilar ko’p bo’lsa 2ta parallel to’garak tashkil qilib ular orasida musobaqa tashkil etish mumkun. Bizga ma’lumki mehnat ta’lim dasturini bajarishimiz uchun buyumlar tayyorlash uchun ketadigan vaqtni aniqlashimiz zarur(normalash) buni to’garak ham amalga oshirsa bo’ladi. Texnik va maishiy mehnat to’garaklari sof ijodiy mazmunga ega bo’lganligi uchun to’garak rahbari mashg’ulotlarida ma’lumki eng samarali metodlardan foydalanadi. Masalan suhbat metodi, texnikaga oid adabiyotlar va xujjatlar bilan ishlash, muammoli ta’lim va boshqalar. To’garakning bir yoki bir necha a’zosi bajargan har bir ish kollektiv tarzida muhokama qilinadi. O’quv yili oxirida to’garak a’zolari bajargan ishlaridan ko’rgazma tashkil etiladi. Shuni esda saqlash kerakki maktab o’quv ustaxonalarida faqatgina 5-7 sinf o’quvchilari bilangina sinfdan tashqari ishlarni olib bormasdan 8-9 sinf o’quvchilari bilan ham to’garak ishlari olib boriladi. Bundan tashqari mehnat ta’lim dasturini tahlil qilsak shuni ko’ramizki ish obyektlari har turli bo’lgani bilan ayrim operasiyalar qaytariladi. Lekin texnik to’garaklarda bajariladigan ishlar darslar jarayonida bajariladigan ishlardan o’zining texnik va texnologik talablarining murakkabligi bilan farq qiladi. Download 19.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling