Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich
rivojlanish, bilim, ko‘nikma, malaka, ma'lumot, pedagogik faoliyat, pedagogik
Download 2.03 Mb. Pdf ko'rish
|
-.-
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogik muhit
- “shakllanish”
- Rivojlanish
rivojlanish, bilim, ko‘nikma, malaka, ma'lumot, pedagogik faoliyat, pedagogik
jarayon va boshqalardir. Pedagogika ta'lim va tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlashtiradi, ta'lim mazmuni va tarbiyaning kelgusidagi istiqbollari, yo‘llari va usullarini qo‘rsatib boradi. Pedagogika fanida umumiy kategoriyalar bilan bog‘langan asosiy tushunchalardan biri – shaxs tushunchasidir. Shaxs- ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti- harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a'zosi. Jamiyatda o‘z mavqyeiga ega bo‘lgan, o‘zligini anglagan, o‘z “Men”iga da'vogar, tevarak-atrofda sodir bo‘layotgan ijtimoiy voqyea-hodisaga adekvat baho bera oladigan, tafakkur faoliyatining ob'ektivligi bilan tavsiflanadigan insondir. Shaxs- “kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub'ekti va ob'ekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchi» 3 . Jamiyatsiz shaxs, shaxssiz jamiyat bo‘lmaganidek, insonning shaxs sifatida kamol topishi uchun biologik, psixologik, ijtimoiy omillar sabab bo‘ladi. 4 Kadrlar tayyorlash milliy dasutri. Barkamol avlod-o'zbekiston taraqqiyotining poydevori.T., "Sharq", 1998 y, 41 bet 16 Shaxsning axloqiy sifatlari – shaxsning aqliy jihatdan kamolotga yetishuvi uning aqliy, zehniy sifatlari, fazilatlari orqali namoyon bo‘ladi: bilag‘onlik, ob'ektivlik, fikrlovchilik, qobiliyatlilik va boshqalar hisoblanadi. Pedagogik muhit – ta'lim –tarbiya maqsadlariga muvofiq ravishda tuzilgan shaxslararo (o‘qituvchi – tahsil oluvchi; o‘qituvchi-o‘qituvchi; tahsil oluvchi-tahsil oluvchi; o‘qituvchi-tahsil oluvchi-jamoa; o‘qituvchi-ota-onalar; tahsil oluvchi-ota- ona va boshqalar) orasidagi munosabatlar majmui. Ichki muhit – shaxsning o‘ziga xos hayotiy faoliyati, xarakterning o‘ziga xosligi, hayotiy tajriba va irsiy tafakkur ko‘nikmalari majmui, odatdagi ruhiy holatlarda o‘zini namoyon etadigan ta'sirchanlik va voqyelikka munosabatlarning o‘zaro bir-biriga muvofiq kelishi, bir-birini to‘ldirishi va boyitishi. Ma'lumki, har qanday shaxs jamiyatda shakllanadi va rivojlanadi. Inson bioijtimoiy mavjudot bo‘lganligi tufayli, biologik rivoji bilan bir qatorda u ijtimoiy rivojlanib ham boradi va kamolotning ma'lum bir bosqichida shaxsga aylanadi. Pedagogikada “shakllanish” kategoriyasi muayyan insonda muayyan sifatlar, fazilatlar, xususiyatlarni singdirish jarayoni bilan belgilanadi. Masalan, boladagi badiiy adabiyot, tasviriy san'at, musiqaga bo‘lgan iqtidorni oldindan aniqlash asosida undagi qobiliyatlarni shakllantirish mumkin. Shaxsning har tomonlama kamolga yetishi – ma'lum bir tarixiy shart- sharoitlardagi individ qobiliyati va iqtidori, uning bioijtimoiy mohiyatlarini tashkil qiladigan hamma kuchlarni to‘liq rivojlantirishdan iboratdir. Shaxsda muayyan belgilar, sifatlar, fazilatlar (ba'zan ayrim illatlar, nuqsonlar) shakllangach, rivojlanish jarayoni boshlanadi 4 . “Rivojlanish –tushunchasi bir xususiyatdan ikkinchisiga, mukammalroq darajaga o‘tish jarayonini anglatadi” 5 Bu jarayonda eski sifatlovchi belgilar yangilari bilan almashinadi, oddiydan murakkabga, quyidan yuqori pog‘onaga yetishish tushuniladi. Insonda rivojlanish Download 2.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling