Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich
Pedagogikaning ijtimoiy fan sifatida rivojlanishi
Download 2.03 Mb. Pdf ko'rish
|
-.-
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogika tarixi
Pedagogikaning ijtimoiy fan sifatida rivojlanishi. Pedagogika tarixi mustaqil tarmoq sifatida, pedagogika fanining tarixan rivojlanishini o‘zida aks ettirdi. Bunda o‘tmishdagi ilg‘or pedagogik g‘oyalarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi, ularning bugungi kundagi ahamiyati, mutafakkirlarning pedagogik merosidan foydalanish zaruriyati haqida fikr yuritiladi. Har bir yurtning fuqarolari bo‘lmish o‘qituvchi va murabbiylar, o‘sib kelayotgan yosh avlod o‘z ona yurti tarixini bilishlari, vatanparvar bo‘lishlari lozim. Ta'lim-tarbiya tarixi, pedagogika tarixi fanidan xabardor bo‘lmay turib, o‘qituvchilik qilish mumkin emas. Pedagogika tarixi pedagogik ta'limotlar tarixi va tarbiyaning rivojlanish masalalarini ijtimoiy hodisa sifatida tadqiq etib, insonparvar pedagogik g‘oyalarning rivojlanish bosqichlarini o‘rganadi, ilg‘or pedagogik konsepsiyalar, qarashlar, ta'lim va tarbiya nazariyalari, qonuniyatlari, tamoyillarini tahlil qiladi, muhim umumiy xulosalar chiqaradi va bugungi kun uchun dolzarb muammolar, ularning yechimini topishga oid g‘oyalarni aks ettiradi. Tarixiylik pedagogika fani rivojlanishining zaruriy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Zero, o‘tmishdan qolgan ma'naviy merosni o‘rganish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish – kelajak uchun poydevor yaratish bilan barobardir. Pedagogika fanlari tizimida tarbiyalanuvchilarning yoshi va kasbiy omilkorligini shakllantirishga qaratilgan maktabgacha ta'lim pedagogikasi, maktab pedagogikasi, yoshlar pedagogikasi, katta yoshdagilar pedagogikasi (androgogika), kasb-hunar ta'limi pedagogikasi, ishlab chiqarish pedagogikasi, oliy maktab pedagogikasi, menejment pedagogikasi, tibbiyot pedagogikasi, harbiy pedagogika, iqtisodiy pedagogika, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va boshqa tarmoq pedagogikalari vujudga keldi. Bu tarmoq pedagogikalar maktabgacha tarbiya maskanlari, umumiy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalari, oliy o‘quv yurtlarida olib boriladigan ta'lim-tarbiya jarayonini, uning qonuniyatlarini o‘rganadi. 21 Bulardan tashqari maxsus pedagogika turlari: defektologiya (rivojlanishida nuqsoni mavjud bo‘lganlar), surdopedagogika (kar va soqovlar bilan ishlash), Download 2.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling