Universiteti boshlang’ich ta’lim 22/12 guruh 1-bosqich talabasi ning falsafa fanidan mustaqil ishi


«Falsafa» umumiy va keng tushuncha bo‘lib, olam, unda odam va uning uyushmalari (jamoalari, ijtimoiy harakatlari, partiyalari, davlatlari va x.k.)ning o‘rni, qisqasi inson omili qanday?


Download 1.56 Mb.
bet2/5
Sana30.04.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1403880
1   2   3   4   5
Bog'liq
falsafa

«Falsafa» umumiy va keng tushuncha bo‘lib, olam, unda odam va uning uyushmalari (jamoalari, ijtimoiy harakatlari, partiyalari, davlatlari va x.k.)ning o‘rni, qisqasi inson omili qanday?


SUQROT
mil. av. 470-399
Shu kabi savollarga xar bir tarixiy davrda, mintaqa va mamlakat xalqlari tafakkur va turmush tarzlaridan kelib chiqib, turlicha qarashlar mavjud bo‘lib kelgan va xozir xam shunday.

 «Filosofiya» atamasi yunoncha ikkita so‘z birikmasidir. («filio» - sevaman, «sofio» - donolik) «falsafa» esa lotincha «filosofiya» so‘zining o‘zbekchalashgan shakli bo‘lib, u «donishmandlikni sevish» ma’nosini anglatadi. qadimgi greklar barcha fanlarni falsafa, ya’ni donolik, donishmandlik ifodasi xisoblaganlar. Natijada odatiy (kundalik) ongda tarixan «falsafa – fanlar fani», «falsafa – fanlar onasi» degan fikr keng tarqalgan.

Falsafiy dunyoqarashni bir butun qilib ushlab turgan ikki qutb mavjud: olam va odam (yoki ob'ektivlik va sub'ektivlik, moddiylik va ma'naviylik, katta olam va kichik olam va hokazo). Shuni nazarda tutgan holda hamyurtimiz, buyuk faylasuf Shayx Aziziddin Nasafiy: butun olamning o'zi ulug' olam (olami kubro) bo’lsa, insonning o'zi kichik olamdir (insoni kubro), deb ta' kidlaydi. Bunda odam olamning bir bo'lagi sifatdagina emas, borligning o'ziga xos shakli sifatida idrok etiladi. Boshqa narsalardan fargi shundaki, u o'ylash va bilish, sevish va nafratlanish, quvonish va qayg'urish, orzu qlish va baxtli bo'lish imkoniga ega. Ushbu qarama-qarshi qutblar orasidagi turli munosabatlar falsafaning bahs mavzusini tashkil etadi.

Falsafa – borliq, uning turli shakllari orasidagi o'zaro aloqadorlikni ifodalovchi nazariy qarashlar sistemasidir. U dunyo, borliq, materiya, inson, insonning ongi va tafakkuri, uning dunyoga munosabati, insoning dunyoni nazariy bilishining eng umumiy qonuniyatlari, printsiplari va kategoriyalari haqidagi fandir. Falsafa dunyo va unda insonning tutgan o’rni haqida, insonning dunyoga bo'lgan munosabatlari haqida, dunyoning eng umumiy qonuniyatlari haqida umumlashgan qarashlar sistemasi ishlab chiqadi. U fan sifatida dunyo, borliq, materiya, tabiat, jamiyat, inson ongi va tafakkuri taraqqiyotning eng umumiy qonunlari va asosiy harakatlantiruvchi kuchlarini o' rganadi.


Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling