Universiteti boshlang’ich ta’lim 22/12 guruh 1-bosqich talabasi ning falsafa fanidan mustaqil ishi
Download 1.56 Mb.
|
falsafa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy-Aksiologik funktsiyasi
- Falsafaning ilmiyligi muammosi
Gnoseologik funktsiyasi:Falsafa insonning danyoni bilishining eng umumiy qonunlarini ishlab chiqish bilan cheklanmay, inson oldiga uni o'zgartirish masalasini ham qo'ydi. U dunyoni bilish asosida uni o'zgartirishda insonning faol faoliyatiga asosiy e'tiborni qaratadi. Falsafa bunda bilishning eng umumiy qonunlari bilan kishilar tafakkurini qurollantirib, ularga ob'ektiv protsesslarning o'zgaruvchan, rivojlanuvchi, qarama qarshi va ziddiyatli mazmunini hisobga olgan holda dialektik fikr yuritishni o'rgatadi. Bunday fikr yuritish malakasini hosil qilish inson tafakkuri madaniyatining ravnaqi uchun uning juda ko'p turli-tuman amaliy va nazariy masalalarini hal qilishda katta rol o'ynaydi. Bunday hollaring barchasida falsafaning gnoseologik funktsiyasi namoyon bo'ladi.Ijtimoiy-Aksiologik funktsiyasi:Falsafaning funktsiyalaridan yana biri ijtimoiy-aksiologik funktsiyasidir. Falsafa turli iftimoiy qadriyatlar haqidagi tasavvurlarni shakllantirish bilan cheklanib qolmasdan, voqelikni talqin va tahlil, ta'rif va tanqid etadi. Shu Jumladan ijtimoiy ideal haqidagi tasavvurlarni vujudga keltirish ham falsafa zimmasidadir.Falsafaning ilmiyligi muammosiFalsafaning ilmiyligi muammosiFalsafiy muammolarning o‘ziga xos xususiyati, uning ikki tomonlama tabiatga egaligidadir. Bir tomondan, har bir tarixiy vaqt oralig‘ida ular mazkur davrning o‘ziga xos jihatlari bilan bog‘liq holda muayyan - tarixiy shaklga ega bo‘ladi. Masalan, G‘arbiy yevropa o‘rta asr madaniyatida hukmronlik qilgan din va diniy institutlar ilohiyotga doir muammolarga bo‘ysunadigan falsafiy muammolarni belgiladi. XVII-XVIII asrlarda yevropa fanida mexanikaning birinchi o‘ringa chikishi falsafiy muammolarga mexanik nuqtai nazardan qarashni keltirib chiqarib, o‘sha davr falsafasining shunga mos tarzda shakllanishiga sabab bo‘lgan edi. Yoki ilk islom falsafasidagi (masalan, iroda erkinligi haqidagi jabariylar va qadariylar o‘rtasidagi) bahs haqida gapirish mumkinki, bu xalifalar hokimiyatining qo‘llab-quvvatlash yoki unga qarama-qarshi turish kabi siyosiy jarayonlarga borib taqalar edi.Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling