Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev


Rimda ichki siyosat va siyosiy kurashning keskinlashuvi


Download 7.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/109
Sana20.10.2023
Hajmi7.09 Mb.
#1711379
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   109
Rimda ichki siyosat va siyosiy kurashning keskinlashuvi. Mil. 
a w . I asrda Italiyada ittifoqchilar urushi b o iib o ‘tdi. Rimning 
italiyalik ittifoqchilari rimliklar bilan birga, harbiy xizmatning barcha 
majburiyatlarini o ‘tab, bundan hech qanday yengillik, foyda 
olmadilar. Italiya aholisining turli toifalari Rim fuqaroligiga ega 
boiishga harakat qildilar. Dehqonlar yerga egalik qilish kafolatlariga 
muhtoj edilar. Yersiz dehqonlar va qo'shinda harbiy xizmat muddatini 
o‘tagan veteranlar yer ulushi olish, shahar plebsi esa, turli xayr-ehson, 
oziq-ovqat mahulotlarini tekin olish ilinjida edilar.
Respublikaning I asrlarida Rim davlat hokimiyati ittifoqchilarning 
m aiu m qismi ga Rimga ko‘chib o‘tib, uning fuqarolari b o iis h
huquqini berdi. Vaqt o'tishi bilan bunday imkoniyatlar cheklandi. 
Rimda Italiya aholisiga past nazar bilan qarash an’anasi kuchaydi.
Italiyadagi vaziyat juda keskin edi. Yetarlicha siyosiy tajribaga 
ega b o ig an nobillarning ba’zi bir vakillari faqat o ‘z vaqtida 
o‘tkazilgan islohotlar norozilikning oldini olishi mumkin deb, hisoblar 
edilar. Bu islohotlami o ‘tkazish tashabbusi bilan mil. a w . 91-yilda 
tribun qilib saylangan optimat Kichik Liviy Druz chiqdi. U Rim 
fuqarolari va italiyaliklami keng qatlamlariga suyangan holda senat 
obro'yini mustahkamlash, shu bilan bir vaqtda kuchayib ketayotgan
238


suvoriylami zaiflashtirish maqsadini ko‘zladi. U quyidagi qonun 
loyihalarini taklif qildi:
1. Barcha italiyaliklarga fuqarolik huquqini berish;
2. Kampaniya va Sitsiliyadagi hali taqsimlanmagan jamoa 
yerlariga Rim fuqarolari koloniyalarini tashkil qilish;
3. 
Senatorlaming 
sud 
komissiyasiga 
provinsiya 
noiblari 
su’istemollari to ‘g‘risidagi ishlami berish, shu bilan birga, senatni 300 
suvoriy bilan to ‘ldirish;
4. Eng kambag‘al fuqarolarga arzon non sotishni ko‘paytirish.
Birinchi qonun loyihasi eng ko‘p qarshilikka uchradi. Ittifoqchilar
to ‘g ‘risidagi masala muhokama qilinadigan xalq kengashidan bir kun 
oldin Liviy Druz o‘ldirildi.
Liviy Druzning o ‘ldirilganligi, uning qonun loyihasini rad 
etilganligi haqidagi xabar Rimga qarshi ittifoqchilaming urushini 
keltirib chiqardi (mil. avv. 91-88-yillar). Rim bu urushga bor kuchini 
to ‘pladi. Eng yaxshi sarkardalar Gay Mariy, Lutsiy Komeliy Sulla, 
Litsiniy Krass va hatto, ozod etilgan qullar ham qo‘shinga safarbar 
qilindi. Urush davomida rimliklar yon berishga majbur bo‘ldilar. Rim 
fuqaroligini barcha italiyaliklarga va Rimga sodiq qolgan etrusk va 
umbrlarga berish to ‘g ‘risidagi qonun qabul qilindi. Keyin esa, ikki oy 
davomida qurolini topshiradigan qozg‘olonchi ittifoqchilarga ham 
fuqarolik v a’da qilindi. Faqat shundan keyingina qo‘zg‘olonchilar 
o ‘rtasida ajralish boshlandi. Urushni oxirigacha davom ettirmoqchi 
bo‘lgan mars va boshqa qabilalaming shahar va qishloqlari kultepaga 
aylantirildi. Urush quyidagi natijalar bilan tugadi:
- Rim rasmiy jihatdan ham jam oa davlat sifatida yashashni 
to ‘xtatdi;
- Ittifoqchi jamoalar mahalliy o ‘z-o‘zini boshqaruvini saqlab 
qolgan yagona davlat tarkibiga kirgan shahar-munisipiylarga aylandi;
- Munisipiylar ichki qurilishda Rim tartiblarini o ‘zlashtira oldilar. 
0 ‘z-o‘zini boshqaruvning bosh organi xalq yig‘ini saylagan sobiq 
magistrantlar, 100 dekurionlardan saylangan senat (kuriya) edi. Senat 
a’zolari odatda boy shaharliklar, o‘rta yer egalari-quldorlar edi;
- Italiyani Rim fuqaroligi bilan yagona davlatga birlashuvidan 
birinchi navbatda, boy italiyaliklar foyda ko‘rdilar. Jumladan, 
dekurionlar toifasi shu vaqtdan boshlab hukmron sinfning iqtisodiy va 
siyosiy jihatdan kuchli guruhi sifatida o ‘rin egallay boshladi;
239


- Italiya iqtisodiyotida quldorlik munosabatlari jamoalararo 
doiradan chiqib, yanada jadal rivojlana boshladi;
- Asosan yersizlikdan azob chekkan Italiya dehqonlari veteranlar 
sifatida provinsiya yerlarini egallash imkoniga ega boMdilar. 
Provinsiyalarda italiyalik savdogarlar, sudxo‘rlar, ijarachilar hamda 
hunarmandlar keng faoliyat k o ‘rsata boshladilar. Eng kam bag‘al 
italiyaliklar legionerlar va davlat yordamini oladigan Rim y o ‘qsillari 
safini to‘ldirdilar;
Rim fuqarolari sonini 400 mingdan 200 m ln gacha o‘sishi 
ijtimoiy-toifaviy ziddiyatlami tugatmadi, balki yanada kuchaytirdi. 
Ittifoqchilar urushida rimliklaming g‘alabasi juda qimmatga tushdi. 
Italiya shahar va qishloqlari vayron qilindi. Juda ko‘p qurbonliklar 
berildi. 
Iqtisodiy 
tushkunlik 
boshlanib, 
pul 
qadrsizlandi. 
Iqtisodiyotdagi tushkunlik Rim jamiyatida ijtimoiy ziddiyatlami 
keskinlashuvi bilan birga bordi. Tashqi siyosatda bu vaqtda jiddiy 
muammolar 
tug‘ildi. 
Rim 
respublikasini 
og ‘ir 
vaziyatidan 
foydalangan Pont podshosi M itridat VI Evpator Rimning Osiyodagi 
provinsiyalariga bostirib kirdi. Mil. a w . 88-yilda Rim chuqur ichki 
yo‘qotishlar va qonli tashqi urushlar davriga kirdi.

Download 7.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling