Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev


Download 7.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/109
Sana20.10.2023
Hajmi7.09 Mb.
#1711379
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   109
Rimning g‘alabalari. Va nihoyat rimliklar Gannibalning 
jasurligiga mos keladigan harbiy lashkarboshini topdilar. M ohir yosh 
lashkarboshi Ssipion mil. avv. 210-yilda Ispaniyaga j o ‘natiladi. Mil. 
av 209-yilda u karfagenlikiarning Ispaniyadagi asosiy tayanchi
231


bo‘lgan shahar - yangi Karfagenni egallaydi. Ispaniyadan qaytib 
kelgan Ssipion Karfagenga hujum qilish rejasini tuzib chiqdi. Bu 
strategik reja Gannibalni o ‘z ona shahrini himoya qilish uchun 
chekinishga majbur qilishi zarur edi. Mil. a w . 204-yilda Ssipion 
boshchiligidagi harbiy kuchlar Afrikaga keladilar. Kutilganidek 
Karfagen hukmdorlari Gannibalni Italiyadan chaqirib oladilar. Ssipion 
mil. a w . 203-yilda buyuk tekisliklardagi jangda karfagenliklarning 
qo‘shinini tor-mor qiladi. Keyingi mil. a w . 202- yilda rimliklar 
Karfagen yaqinidagi Zama qishlog‘ida yengilmas Gannibal qo‘shini 
bilan yana uchrashadilar. Rimliklarga ular bilan ittifoq tuzgan 
Numidiya podshosi Masinis yordam berib, o ‘zining ajoyib otliq 
qo‘shinini taqdim qiladi. Gannibalning Rim qo ‘shinlari safmi flllar 
xujumi bilan tarqatib yuborish rejasi ham ish bermaydi. 0 ‘z 
marralarini uzoq vaqtgacha qattiq himoya qiladilar. Biroq Numidiya 
otliqlari, ulaming jar.govor saflarini buzib yuboradi va rimliklar 
karfagenliklami m ag‘lubiyatga uchratdilar.
Mil. a w . 201-yilda Rim va Karfagen o ‘rtasida sulh shartnomasi 
imzolandi. Uning shartlariga ko‘ra, Karfagen Afrikadan tashqari 
barcha koloniyalaridan mahrum bo‘ldi. O lz jangovar fillari va harbiy 
flotidan (500 kema) ajraladi. Karfagen 50 yil davomida 10 ming talant 
to‘Iashi, Rimning ruxsatisiz o ‘zining afrikalik q o ‘shnilari bilan urush 
olib borishi ta ’qiqlandi. Tinchlik shartnomasining bu og‘ir shartlari 
Karfagenning harbiy-siyosiy qudratiga qattiq zarba beradi.
Ikkinchi puni urushidan so‘ng Rim respublikasi ellin davlatlariga 
qarshi faol siyosat olib borishni boshlaydi. Mil. a w . II asming 
birinchi yarmida Makedoniya, Salavkiylar podsholigi va Yunon 
shaharlar ittifoqi bilan to ‘qnashadi. Bir necha o‘n yillar mobaynida 
rimliklar ellin sulolalari o‘rtasidagi qarama-qarshilik va Yunon 
dunyosidagi ichki ijtimoiy kurashdan unumli foydalanib ellin 
davlatlari ichidan kuchli ittifoqchilar topadi, harbiy siyosiy ittifoqlar 
tuzadi. Rim bir davlat ketidan ikkinchisini bosib olib, o‘zining 
ekspansiyasi ko‘lamini kengaytiradi.
Rimliklaming 
Sharqdagi 
agressiv 
siyosatining 
sabab 
va 
maqsadlari o ‘sha davr Rim jamiyati tabiatidan kelib chiqar edi. 
Qulchilik munosabatlarining tez sur’atlarda o‘sishi iqtisodiyotda 
chuqur o‘zgarishlarga olib keldi. U tovar xo‘jaligining rivojlanishi, qul 
mehnatidan foydalanish sohalarining kengayishi bilan belgilanadi. 
Yangi yerlar va qullami egallashga bo‘lgan intilish, shuningdek, sharq
232


mamlakatlarining tabiiy boyliklari va aholisini ekspluatatsiya qilish 
xohishidan kelib chiqdi. Rimning ellinistik dunyoga qarshi agressiyasi 
Bolqon yarim orolining shimoliy g‘arbiy Illiriya sohillarini egallash 
bilan boshlanadi.
Rim-Karfagen qo‘shinlari uchinchi va oxirgi marta to'qnashdi. Bu 
II puni urushidan 50 yil o‘tgach sodir b o id i. Mil. avv. 149-yilda III 
puni urushi boshlandi. Karfagen o‘tgan 50 yil ichida o'zining qulay 
geografik joylashuvi bilan o ‘z iqtisodiy qudratini qayta tiklashga 
muvaffaq b o id i. U yana xalqaro vositachilik savdosining Shimoliy 
Afrika;dagi yirik markaziga aylandi. Rimliklar o ‘zlarining eski raqibini 
Rim hududiga bostirib kirganini hech qachon unuta olmas edi. II puni 
urushidan so‘ng, rimliklar Karfagenning xatti-harakatini diqqat bilan 
kuzatib borar edilar. Karfagenning yana o ‘z kuch-qudratini qayta 
tiklayotgani Rimni bezovta qildi. Kuchayib borayotgan Rimning 
savdo-sudxo‘rlik doiralari Karfagenni bosib olishni talab qildilar. 
Numidiya davlati Rim homiyligi ostida Karfagen bilan doimiy 
to ‘qnashuvlami keltirib chiqardi. Karfagen Numidiyaga qarshi 
urushga kirdi va bu urushda yengildi. Rimliklar Karfagenga mil. aw . 
201-yildagi shartnoma shartlaridan birini buzganlikni bahona qilib, 
mil. a w . 149-yilda Karfagenga qarshi urush e io n qildilar.
Uchinchi Puni urushlari (mil. a w . 149-146 -yy) boshlanishi bilan 
Rim Karfagenni qamal qildi. Mil. a w . 146 -yilda shaharga o ‘t qo‘yildi 
va uning 50 000 ming aholisi qullik uchun sotib yuborildi. Uning 
hududi Rim provinsiyasiga aylantirildi. Rimning Puni urushlaridagi 
g‘alabasi unga 0 ‘rtayer dengizida hukmronlik o ‘matishi uchun 
imkoniyat yaratdi. Rimliklar o ‘shandan keyin sharqiy hududlami ham 
egallay boshladilar. Taxminan mil. a w . 70 -yilda Rimning hududi 
sharqda Anatoliyadan g‘arbda Ispaniyagacha b o ig a n maydongacha 
kengaydi.

Download 7.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling