Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev


Download 7.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/109
Sana20.10.2023
Hajmi7.09 Mb.
#1711379
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   109
Samniy urushlari. Rimliklami samniy xalqlari bilan olib borgan 
urushlari uzoq davom etib, bu kurashlarda Rim qo‘shinining qo‘li 
baland keladi. Mil. avv. IV asr o ‘rtalarida samniy xalqlarining 
federatsiyasi tashkil topib, 
qo‘shni xalqlarga zug‘um o ‘tkaza 
boshladilar. Mil. a w . 343-yili samniylar Kampaniyaning yirik 
shaharlaridan biri bo‘lgan Kapuyaga bostirib kiradilar. M ag‘lubiyatga 
uchragan kapuyaliklar qo‘shnilari Rim armiyasidan yordam so‘raydi. 
Yangi yerlarga bo‘lgan ishtiyoq rimliklami samniylarga qarshi urush 
boshlashiga sabab bo‘ladi. Birinchi samniy urushi mil. a w . 343-341- 
yillarda yuz berib, urush rimliklami yorqin g‘alabasi bilan nihoyasiga 
etadi. Natijada g ‘arbiy Kampaniya yerlari Rim respublikasi ixtiyoriga 
o‘tdi. Kapuya va Svessa shaharlarida Rim gamizonlari joylashtiriladi. 
Ushbu voqealar Lotin shaharlari federatsiyasini noroziligiga olib 
keladi. Lotinlami talabi bajarilmagach, ikki o‘rtada urush kelib 
chiqadi. Bu urush tarixda 2-Lotin urushi nomini olgan (birinchi Lotin 
urushi mil. a w . V asr boshlarida bo‘lib o ‘tgan). Mil. avv. 340-338- 
yillarda yuz bergan mazkur urushda harbiy harakatlar asosan 
Kampaniya hududida sodir b o ‘lgan. Svessa shahri yaqinida lotin va 
kampaniyaliklar alamli tarzda mag‘lubiyatga uchradilar. Ushbu 
hududlar bilan cheklanmagan rimliklar endi Neapolning ichki 
ishlariga faol aralasha boshlaydi. Bu ziddiyat 2-Samniy urushini 
keltirib chiqaradi. Oldingisidan farqli ravishda urush uzoq davom etib, 
(mil av. 327-304 -yy) rim liklam i to‘la g ‘alabasi bilan yakunlanadi. 
Oradan biroz vaqt o'tib, 3-Samniy urushlari kelib chiqadi ( mil. a w . 
298-290- yy). Mazkur urushda rimliklarga qarshi gallar, etrusklar va 
samniylar birgalikda jan g olib bordilar. Biroq, Rim sarkardalarining 
yuksak layoqati tufayli samniylar ittifoqi yana m ag‘lubiyatga 
uchraydi. Uning oqibatida Rim 0 ‘rta Italiya hududlarini to ‘liq 
xo‘jayiniga aylandi.
225


Samniy xalqlari bo‘ysundirilganiga qaramay, gallar bosqini 
Rimga tinclilik bermasdi. Mil. a w . 285 -yili gallar yana Etruriyaga 
bostirib kirdilar va Arretsiy shahrini qamal qildilar. Mahalliy aholi 
rimliklardan yordam so‘raydi. Dastlab, gallar g‘alaba qozondi. Biroq, 
rimliklar vaqtdan foydalanib, gallar bosib olgan shimoliy-sharqiy 
viloyatlarga qo‘shin tushirdi. Dushman m ag‘lub etilib, Adriatika 
bo‘yida birinchi Rim mustamlakasi hisoblangan Sena Galliya 
koloniyasiga asos solindi. Mil. a w . 283- yili gallar ustidan Vadimon 
k o ii yonida uzil-kesil g ‘alaba qozonib, rimliklar Etruriya, Umbriya, 
Pitsenada o ‘z hukmronligini to iiq o ‘matdi.
Rim respublikasining ekspansiyasi endi janubiy Italiyaga 
qaratildi. Bu yerdagi yunon koloniyalari italiklaming apul, lukan va 
bruttiy qabilalari doimiy siquvi ostida hayot kechirar edilar. 0 ‘z 
o‘m ida Yunon koloniyalari orasida ham birlik b oim agan. Ayniqsa, 
Furiya koloniyasi lukanlar siquvidan xavfsirab, Rimni yordamga 
chaqiradi. Rim respublikasi Furiyaga askarlarni yuborib lukanlami u 
yerdan quvib yuboradi. So‘ngra o ‘z gamizonini Furiyada qoldiradi. 
Shu tariqa Furiya janubiy Italiyaga kirib borishning ilk tayanch 
nuqtasiga aylandi. Natijada rimliklar Ioniya dengiziga chiqib, Tarent 
shahriga xavf soladi. 
Tarentliklar Rim kemalarini cho‘ktirib 
yuborgach, ular o‘rtasida urush boshlanadi. Tarent shahar-davlati Epir 
sarkardasi Pirmi o‘rdamga chaqiradi. Mil. a w . 280 -yili Pirr 20 ming 
piyoda, 3 ming otliq va 20 ta fillar bilan Italiyaga kirib keladi. Rim 
respublikasi bilan uzoq urush olib boriladi. Dastlab omad Pirr 
tomonida b o iib , u rimliklami bir-necha janglarda m agiubiyatga 
uchratadi. Ammo mil. a w . 275 -yil rimlik lashkarboshi Maniy Kuriy 
Dentat qo‘shinlari Pirr armiyasini Maleventum shahri yonidagi jangda 
yengishga muvaffaq b o iad i. Shundan so‘ng Pirr Yunonistonga qaytib 
ketishga majbur bo iad i. Keyinchalik Rim respublikasi Lukaniya va 
Bruttiyni egallaydi. Faqatgina yunon koloniyasi hisoblangan Regiy 
shahri uzoq vaqt qarshilik ko'rsatdi. Mil. a w . 270 -yilga kelib, Regiy 
ham zabt etildi. Endi siyosiy maydonda etrusklaming Volsiniya shahri 
qolgan edi. Ammo u ham mil. a w . 265- yil rimliklar tomonidan bosib 
olindi. Natijada Rim respublikasi butun Italiya ustidan o‘z nazoratini 
o‘matdi.
Rim-Italiya ittifoqining boshqaruv tizimi unitar shaklda emas edi. 
Rim ittifoqni boshqaruvchi polis sifatida qolaverdi. Ayrim italik 
shaharlari ittifoq ichida yarim mustaqil b o iib , ayrimlari o ‘z-o‘zlarini
226


boshqarish huquqlariga ham ega edilar. Ulaming o ‘ziga xos 
boshqaruv tizimi “munitsipiy” deb nomlangan. Ular o ‘z shaharlarida 
Rimdagi kabi imtiyozlarga ega edilar. Qisqacha qilib aytganda 
italiklaming tashqi siyosati Rim respublikasi nazorati ostida edi. 
Urush paytida esa ular Rim tomonida jan g qilishlari kerak bo‘lgan.

Download 7.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling