Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev


Rimda patritsiylar va plebeylar o ‘rtasidagi kurash


Download 7.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/109
Sana20.10.2023
Hajmi7.09 Mb.
#1711379
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   109
Rimda patritsiylar va plebeylar o ‘rtasidagi kurash. Ilk
respublika davrida rim liklam ing turli xil guruhlari hokimiyat uchun 
kurashdilar. Bir guruhi patritsiylar b o iib , katta kuchga ega bo‘lgan 
yirik yer egalari edi. Boshqa muhim guruh plebeylar bo‘lib, aholining 
ko‘pchilik qismini tashkil qiladigan dehqonlar, hunarmandlar va 
savdogarlardan iborat edi.
Patritsiylar o ‘z hokimiyati va ijtimoiy mavqelarini meros qilib 
qoldirganlar. Ular doimo o ‘z huquq va imtiyozlarini kengaytirish 
harakatida b oiganlar. Biroq, jam iyatda plebeylami soni ortib borar, 
shu jihatdan ular ham Rimning to ia - to ‘kis fuqarosi bo‘lish uchun 
kurash boshladilar. M azkur tabaqalar o ‘rtasidagi kurash ikki asrdan 
ko‘proq vaqt davom etib, unda 3 bosqichni ajratib ko ‘rsatish 
maqsadga muvofiqdir:
1) mil. a w . VI asr o ‘rtalaridan-mil. a w . 494 -yilgacha. Bunda 
Serviy Tulliy islohatlaridan to xalq tribunlari o‘matilishigacha b o ig a n
voqealami ko‘rsatish mumkin.
2) Mil. a w . 494 yildan 444- yillar oralig‘idagi kurashlar. Mazkur 
bosqichda xalq tribunlari lavozimlari o ‘m atilgan vaqtdan Kanuley 
qonunlarining joriy etilishigacha b o ig a n voqealami ko‘rsatish 
o ‘rinlidir. 3) Mil. a w . 385-287 -yillar. Ushbu davrda plebeylar qator 
qonunlami qabul qildirishga hamda erkinliklarrii k o ig a kiritishga 
muvaffaq bo‘ ldilar.
Plebeylar 
asosan 
patritsiylami 
yerga 
egalik 
imtiyozlami 
kamaytirish va shu orqali o ‘zlari uchun jam oa yerlarini egallashga 
imkon berish, qarz foizlarini kamaytirish hamda siyosiy tenglikka 
erishib, davlat mansablariga saylanish kabi talablami ilgari surdilar.
0 ‘n ikki jadval. Plebeylar uchun muhim g‘alaba yozma qonunlar 
kodeksni yaratish uchun kurash b o id i. Yozilmagan qonunlar orqali 
patritsiy aslzodalar o ‘z manfaatlari uchun qonunlami buzib talqin
223


qilardilar. Mil. a w . 451 yilda 10 kishidan iborat mansabdor shaxslar 
guruhi Rim qonunlarini yoza boshlashdi. Mil. a w . 449 -yilga kelib 
yangi qonunlar majmuasi vujudga keladi. Qonunlar 12 ta mis lavhaga 
o‘yib yozilgan va Forumga osib qo‘yilgan. Ular keyinchalik Rim 
qonunlari uchun asos bo‘lib xizmat qildi. 0 ‘n ikki jadval barcha ozod 
fuqarolar qonun bilan himoyalanish huquqiga ega bo ‘lish g ‘oyasini 
belgilab qo‘ydi. Shu yili konsullar Valeriy va Goratsiy plebeylar 
manfaati yo‘lida yana uchta qonun qilishga erishdilar. Unda xalq 
tribunlari shaxsining daxlsizligi, xalq kengashiga patritsiylar qarorlari 
ustidan apellyatsiya berish huquqi va eng muhimi, plebeylar kengashi 
qarorlari patritsiylar uchun ham birdek amal qilinishi ko‘rsatilgan edi.

Download 7.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling