Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev


Qadimgi Etrusklar jamiyati


Download 7.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/109
Sana20.10.2023
Hajmi7.09 Mb.
#1711379
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   109
Qadimgi Etrusklar jamiyati va madaniyati. Italiyaning 
qadimgi xalqlari orasida mil. a w . I mingyillikni 2-choragida yashagan 
etrusklar alohida o ‘rin tutadi. O lsha vaqtda ligur, italik va illiriyalik 
ibtidoiy jam oa tuzumida yashayotgan vaqtda etrusklar mintaqada 
dastlabki davlatchilik an’analariga asos solgan xalqlardan biri 
sanaladi. Qadimdan ular janubda Kampaniya, shimolda Padan hududi 
va hozirgi Toskanada keng joylashgan edilar. Etrusklami boy 
unumdor yerlarga ega bo‘lishi donli ekinlar, zig‘ir, uzumchilik bilan 
shug‘ullanish imkonini bergan. Shuningdek, mis, qalay va temir 
konlarining mavjud bo‘lishi mehnat qurollarining takomillashuviga 
olib keldi. Hududda kulolchilik ham yaxshi rivojlangan edi. Qishloq 
xo‘jaligi hamda hunarmandchilikni taraqqiy etishi ichki va tashqi 
savdoning 
rivojlanishiga 
olib 
keladi. 
Jumladan, 
Feroniya 
qayinzorlarida har yili savdo yarmarkalari tashkil etilgan. Etrusklar 
kemalar yasab, dengiz orqali o‘zga xalqlar bilan faol savdo aloqalarini 
olib borganlar. Arxeologik qazishmalar natijasida ko‘plab qabristonlar 
o ‘rganilganda, 
qabrlardan Misr, 
Suriya, 
Kipr, 
Yunonistondan 
keltirilgan qimmatbaho buyumlar topilgan.
Etrusklar shaharlari ham o ‘ziga xosligi bilan ajralib turgan. 
Jumladan, 
asosiy 
shaharlar 
qat’iy 
talablar 
asosida 
ko'proq 
balandliklarda qurilgan bo‘lib, yunon shaharsozligi namunalarini 
eslatar edi.
Shahaming muhim bo ‘g ‘ini ibodatxonalar sanalgan. Tashqi 
ko‘rinishdan yunonlam ikiga o‘xshasada, ichki tuzilishi mutlaqo farq 
qilgan. Shahar aholisining yashash uylari asosan tosh fundamentlar 
ustiga yog‘och devorlar bilan loy suvoqlar qilinib, tomlari 
cherapitsalar bilan qoplangan edi.
X o'jalikning yuqori darajada ixtisoslashuvi hamda savdoning 
rivojlanishi oqibatida etrusklar jam iyatida tabaqalanish yuz beradi. 
Melioratsiya sohasida va shaharlar qurilishida og‘ir mehnat talab 
etilgani bois, yollanma hamda qullar mehnatiga ehtiyoj kuchayadi. 
Etrusklar qabristonlarida qullami o id irish bilan bog‘liq turli xil 
marosim belgilari va qoldiqlari topilgan. Shuningdek, saqlanib qolgan 
ko‘zalar sirtida qo'llari bog‘langan qullar tasviri 
mavjudligi 
yuqoridagi fikrlami dalilidir. Lekin, faqatgina qullar mehnatidan 
foydalanilgan, degan fikr noto‘g ‘ri hisoblanadi. Chunki, jamiyatda 
qullardan 
tashqari 
kambag‘allashib 
qolgan 
qatlam 
hamda 
bo‘ysundirilgan aholi ham ekspluatatsiyaga mahkum qilingan. Yunon
217


mualliflari ulam i “
penestlar”, mahalliy aholi esa, "lete ” yoki “lautnf' 
deb atashgan. Jamiyatda xususiy mulkni ortib borishi hamda 
tabaqalanishni kuchayishi oqibatida kambag‘allashgan qatlamning 
boshqa joylarga ko‘chib ketish jarayonlari kuzatiladi. Odatda ular 
o‘zga yurtlarda baxt va boylik izlab omadi chopmagan siyosiy 
yo‘lboshchilar va muttahamlar atrofiga yig‘ilishgan. 
Qadimgi 
afsonalarda qandaydir Avkn nomli shaxs tilga olinadi. U atrofiga 
kichik harbiy qism to'plab, shimolga otlanadi va u erda Felzina 
shahriga asos soladi (Hozirgi Bolonya).
Etrusklar jam iyatining yuqori tabaqasini harbiy-kohinlar qatlami 
tashkil etgan. Rim tarixchilari ulami prinsepsni vakillari deb 
ta ’riflashadi. Zamonaviy tarixchilar esa imtiyozli tabaqani (
etera) 
boshqargan amaldorlar guruhi sifatida baho berishadi. Ijimoiy hayotda 
urug‘ yoki oila ota tomonidan belgilangan, biroq jam iyatda onaning 
roli ham yuqori bo‘lgan.
Shaharlaming siyosiy boshqaruvi o ‘zida harbiy-diniy hokimiyatni 
birlashtirgan podsho qo ‘1 ostida bo‘lgan. Biroq, mil av. VI asrda 
podsho o‘mini saylangan vakolatli shaxslar egallaydi. Ular mahalliy 
xalq orasida 
zilka yoki zilax deb atalib lotinchasiga pretor, diktator 
m a’nolarini anglatgan. Etrusklarda markazlashgan davlat boshqaruvi 
tashkil topmagan. Antik mualliflar Toskaniya, Padan viloyati hamda 
Kampaniyada ulami 12 shahar-davlatlari b o ‘lganligini ta’kidlaydilar. 
Aslida esa undan ham ko‘proq b o ig an . Ushbu shaharlar unchalik 
mustahkam bo im ag an diniy ittifoqda b o iib , harbiy qobiliyatga ega 
b o ig a n
zilaxlar tomonidan boshqarilgan. Chunki, etrusk shaharlari 
dengizdan uzoqroqda barpo etilgan. Shunga qaramay, har bir 
shahaming dengizga chiquvchi portlari b o ig an . Jumladan, Sera 
shahrining porti Pirgi
Felzinaning portlari Atriy va Spina 
hisoblangan. Bizgacha Toskaniya shaharlari ittifoqiga oid tarixiy 
m aium otlar yaxshi saqlanib qolgan. Ulaming markazi sifatida 
Volsiniya tilga olinadi. M azkur shaharda har yili hukmdorlar saylovi 
hamda bayram va yarmarkalar o ‘tkazib borilgan. Shaharlar orasida 
muhim o ‘rinni Vey shaharlari egallagan. U yerda ijodkorlar 
maktablari faoliyat ko rsatgan Kluziy, Peruziya kabi shaharlar mavjud 
boigan.
Har bir shahar og ‘ir qurollangan piyoda askarlar qo‘shiniga ega 
b o iib , otliq qismlami zodagonlar tashkil qilgan. Lashkarboshilar 
urushda jang aravalaridan keng foydalanishgan. Yangi yer va
218


bozorlarga b o ig a n ehtiyoj jam iyatda ijtimoiy keskinlikni yuzaga 
keltiradi. Natijada mustamlaka yerlarga b o ig a n talab yanada 
kuchayadi. 0 ‘rtayer dengizi savdosi uchun raqobat natijasida etnisklar 
bilan Italiyadagi yunon koloniyalari o‘rtasida urush kelib chiqadi. Mil. 
av VI asrda etrusklar Korsika va Sardiniya orollarining sharqiy 
sohillarini 
egallab oladilar. 
Shu bilan birga Kapuya shahri 
boshchiligida tuzilgan kompaniyaliklar ittifoqini m a g iu b etishga 
erishadilar. Natijada bu jarayon yunonlar bilan qarama-qarshilikka 
olib keladi. Bu y o id a etrusklar g ‘arbiy 0 ‘rtayer dengizida 
hukmronlikka intilayotgan Karfagen bilan ittifoq tuzadilar. Mil. a w . 
535- yili etrusklar va karfagenliklar Alaliya va Korsika atroflarida 
yunonlami m agiubiyatga uchratadilar va ushbu orollar etrusklar 
nazorati ostiga o ‘tadi. Etrusk shahar davlatlarining yuksalishi mil. a w . 
VI asm ing birinchi yarmiga to‘g ‘ri keladi. Ammo mil. a w . VI asming 
oxirgi choragida tashabbus yunonlar tomoniga o ‘zgaradi. Mil. a w . 
524-yili 
yunonlar 
etrusklami 
Kompaniyada 
va 
Latsiyada 
m agiubiyatga uchratadilar. Mil. a w . 474 -yili Kum yonidagi dengiz 
jangida yunonlar etrusklami yana yengadilar va ulam ing Latsiyadagi 
ta’siri susayadi. Mil. avv. 509- yil Rimda etrusklar sulolasi tugatiladi. 
Ko‘p o ‘tmay Etruriyaga shimoldan kelt qabilalari bostirib kirishi bilan 
etrusklaming Apennin yarim orolidagi gegemoniyasi ham nihoyasiga 
etadi.
Etrusklar hukmronligini yemirilishiga qaramay ulam ing shimoliy 
va markaziy Apennin yarim oroliga madaniy ta’siri mil. a w . IV asr 
oxiriga qadar davom etadi. Buni biz Rim jam iyatida bevosita 
kuzatishimiz mumkin. Masalan: rimlik zodagonlar orasida etruskcha 
so‘zlashish va ular kabi tartib qoidaga e ’tibor berish, folbinlik, 
qurbonlik qilish odatlari yuqoridagi fikrimizga dalil b o ia oladi. Shu 
bilan birga, rimliklar muqaddas kitoblarida dunyoni yaratilishi va 
xudo tomonidan insonlami 12 ming yillik hayoti borasida m a’lumotlar 
keltiriladi. Rimliklar etrusklardan yana shaharsozlik, yer xo‘jaligini 
tuzish tizimlarini o‘zlashtirganlar. Ayniqsa folbinlar (garuspiklar) 
etruskcha odatga muvofiq chaqmoq chaqishi va qurbon keltirilgan 
hayvonlar ichki a’zolariga qarab kelajakni bashorat qilganlar. 
Etrusklaming Tini, Uni va Menrva kabi ilohlari ko‘hna Rim ilohlar 
panteoniga tegishli Yupiter, Yunona va Minervalar bilan juda 
o‘xshashdir. Avvalambor, etrusk xudolari nomlarining kelib chiqishi 
Apennin yarim oroli, yunon va Kichik Osiyoga, y a’ni xettlarga ham
219


borib taqaladi. Etrusklar maqbaralarining arxitekturasi Bolqon, Kichik 
Osiyo va Sardiniyadan topilgan maqbaralami eslatadi. Tosh tobutlarda 
afsonaviy hayvonlar (ximeralar, sfinkslar, qanotli buqalar) tasvirlarini 
borligi Old Osiyo va M isr madaniyatiga yaqinlikdan dalolat beradi. 
Etrusklar kulolchiligiga nazar tashlansa, ular yunon kulolchilik 
madaniyati ga taqlid qilganliklarini bevosita kuzatish mumkin. 
Shuning uchun yunonlar etrusklami “yarim varvar” deb ham 
ataganlar. Keyinchalik etrusklar qo‘shni italik qabilalarga o‘z madaniy 
ta’sirini o‘tkazadilar. Jumladan, shaharlar va binolami qurish hamda 
podsho boshqaruv hokimiyat tizimini rimliklar aynan etrusklardan 
o ‘zlashtirganlar.

Download 7.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling