Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
Download 7.09 Mb. Pdf ko'rish
|
Etnik xilma-xillik. Apennin yarimorolining qadimgi aholisi
ligurlar yoki ligiylar deb atalgan. Hozirgi zamon olimlari ligurlami neolit davri aholisi deb ataydilar. Ligur tili lingvistlar tomonidan o‘rganilib chiqilgach, til Korsika aholisi bilan, Sardiniyadagi sardlar bilan, Sitsiliyadagi sikanlar bilan aloqador desalar, bir guruh olimlar buni hind-yevropa tillar oilasiga taalluqli deb, hisoblaydilar. Temir davriga kelganda ligurlar Italiyaning shim oli-g‘arbiy hududlaridagi boshqa qabilalardan ajralib qoladi va o ‘zlaridagi mavjud primitiv hayot tarzini davom ettirishgan. Mil. avv. II mingyillik boshlarida Italiya aholisining asosiy tarkibi hind-yevropa tilida gapiradigan qabilalardan iborat b o ig an . U lam ing ichida italiklar lotin-sikullik va umbro-oskso-sabellar kabi 2 guruhga b o iingan. Tub joy aholisi italiklar deb atalsada, ular ham kelgindi xalq hisoblanadi. Ushbu xalqlami Italiyaga qachon va qaysi y o i bilan kirib kelgani n om aium . XIX asrda italiklar Italiyaga shimoldan Alp to g ia ri orqali kirib kelganligi to ‘g‘risidagi qarashlar yuzaga keldi. XX asr o ‘rtalarida esa ulami Apennin yarimoroliga Adriatika dengizidan kirib kelganligi haqidagi xulosaga kelishdi. Italiklardan tashqari I mingyillik o ‘rtalarida Italiyada boshqa hind-yevropa qabilalari, pelasglar, illiriyaliklar, yunonlar kabi xalqlar boiishgan. Illiriyaliklar, yunonlar, italiklar Kampaniya, Janubiy Italiya va Sharqiy Sitsiliyada koloniyalarga asos solishdi. Mil. a w . I mingyillik o ‘rtalarida Padan tekisligiga asos solgan kelt yoki galliyaliklar Yuqori Dunaydan Alp orqali kirib kelganlar. Mil. a w . IX asrdan Sardiniyaga flnikiyaliklar joylashishadi. VI asrda finikiyaliklar G ‘arbiy Sitsiliyani zabt etishdi. Puna faktoriyalari Tirren dengizi qirg'oqlarida vujudga keldi. Italiyada VIII-VII asrlarda etmsklar yoki tusklar tilga olinadi. Bu xalqni rimliklar shunday atashgan, yunonlar esa ulami tirrenlar yoki tirsenlar deb nomlashgan. Etrusklar esa o‘ziarini ratsenlar deb atashni xush ko‘rishgan. Ulardan ko‘plab moddiy yodgorliklar bizgacha yetib kelgan. Ular orasida shahar qoldiqlari, nekrapollar, tasviriy san’at 214 namunalari va 11 mingdan ortiq qoiyozm alarning borligi tahsinga sazovordir. Etrusklaming alifbosi mahalliy xususiyatga ega b o iib , ko‘plab olimlaming m a’lumotlariga ko‘ra u g‘arbiy yunon yozuvidan o‘zlashtirilgan. Shuning uchun ham yozuv yengil o ‘qiladi va tushunilishi ham oson b o ig an. Etrusklar tili va uning kelib chiqishi fanda katta muammo hisoblanadi. Ayrim etruskshunos olimlaming ta ’kidlashicha, 0 ‘rtayer dengizi va Old Osiyoning qadimgi aholisining hind-yevropa tiligacha b o ig a n tilining qoldiqlari shimoliy Kavkaz tilining bir qismi hisoblanadi. Qolgan olimlar esa xettlar yoki pelasglar tili bilan aloqador degan fikmi ilgari suradilar. K o ‘pchiligi esa bu tilni aralash til deb, ham hisoblashadi. Etrusklaming kelib chiqishi borasida ham ko‘plab farazlar mavjud. XVII asr boshidan ulam ing sharqdan kelib chiqqanligi to ‘g ‘risidagi qarashlar yetakchilik qila boshladi. Rossiyada XX asr boshlarida V.I. Modestov tomonidan ushbu g'oya yanada mustahkamlanadi. Bu faraz Gerodotning hikoyasiga asoslanib, bunda Gerodot tirrenlami Lidiyadan kelib chiqqan deb hikoya qiladi. XX asrda Germaniyalik olimlar etrusklaming kelib chiqishida nord xalqlarini asos sifatida ko‘rsatadi. XIX-XX asrlarda italyan tarixchilari etrusklaming avtoxtonligi konsepsiyasini himoya qilishadi. Buning asosida esa Dionis Galikamasning guvohligi yotadi. Hozirgi kunda M. Pallatino o ‘z qarashlarida etrusklar Italiya hududlariga yaxlit xalq b o iib kirib kelmagan, balki Bolqon yarimoroli va Kichik Osiyodan kelib, Italiyadagi turli xalq birlashmalariga qo‘shilib, keyin duragay xalq sifatida shakllanishgan, degan farazni ilgari surmoqda. Italiyaning mil. a w . I mingyillikdagi etnik kartasi favqulodda rang-barang b o iib ketgan. Alp va Apennin qoyalarida, uning shimoli- g ‘arbiy hududlarida ligurlar yashagan. Padus vohasida mil. a w . V asrdan kelt qabilalari kelib o‘mashadi. Rimliklar ulami gallar deb atashgan, keyinchalik bu hudud Sizalpin Galliyasi deb nomlangan. 0 ‘rta Italiyada etrusklar joylashgan hudud -Etruriya, umbrlar joylashgan hudud-Umbriya, pitsenlar o ‘m ashgan hudud - Pitseniya, lotinlar joylashgan hudud-Latsiniya deb atalgan. Latsiniya atrofida sabinlar, ekvlar, gemiklar joylashgan b o iib , ular italyan tilida gaplashgan. Kampaniya aholisi osklaming avzonlar bilan aralashuvi oqibatida vujudga kelgan. Janubiy hududlardagi Lukanin va Bruttin aholisi osklar qabilasining ildizidan tashkil topgan. Apuliya va Kalabrida illiriyaliklardan kelib chiqqan yapiglar asosiy aholi qatlami 215 hisoblangan. Sitsiliya aholisining asosiy tarkibini sikullar tashkil qilgan, ulam ing tillari lotin tili hamda qadimgi sikan tiliga aloqador boMgan. Italiyadagi barcha xalqlar va qabilalar turli ijtimoiy-iqtisodiy tizimga, siyosiy-madaniy taraqqiyotga ega boMganlar. Rimliklaming istilolari oqibatida Italiya romanlashdi, uning turli xil etnik komponentlari yagona Italiya xalqini tashkil etdi. Italiyaliklar lotin tilida gapirishgan. Chunki etrusk va ligur tillari mil. a w . I asrga kelib unutilib ketgan edi. M avzuni m ustah kam lash uchun savol va to p sh iriq lar 1. Qadimgi Rimga boshqa hududlardan aholining ko‘chib kelishi. 2. Aholining etnik tarkibi va xo‘jalik tizimi. 3. Qadimgi Rimning tabiiy sharoiti va qulay iqlimi 4. Appenin yarim orolida dastlabki davlatga asos solinishi. 5. Qadimgi Rim aholisining o ‘ziga xos madaniyati. G lossariy Italiya-yunoncha “buzoqlar mamlakati” degan m a’noni anglatadi Italiklar-yunonlar Apennin yarim orolida yashovchi barcha aholini shunday deb nomlashgan K apitoliy tepaligi-Rimdagi eng baland tepalik Patritsiyalar-R im ning qadimgi tub aholisi Plebeylar-Italiyaning boshqa joylaridan Rimga ko‘chib kelgan odamlar va ulaming avlodlari. M avzu: Q adim gi Italiya va Ilk Rim respublikasi R eja: 1. Qadimgi Etrusklar jam iyati va madaniyati 2. Qadimgi Rim podsholigi 3. Rim respublikasining tashkil topishi. 4. Rimda plebeylar va patritsiylar o ‘rtasidagi kurash. 5. Italiyada Rim hukmronligining o ‘matilishi. 216 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling