Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
Ikkinchi Puni urushi (mil. a w . 218-201
Download 7.09 Mb. Pdf ko'rish
|
Ikkinchi Puni urushi (mil. a w . 218-201 -yy). Karfagen 1-puni
urushidan so‘ng kuchsizlangan edi. Lekin, u tez orada o ‘zini tiklab olib, yana urushga tayyorlana boshlaydi. Harbiy harakatlaming tepasida 1- puni urushi qahramoni lashkarboshi va m ohir diplomat Gamilkar Barka turardi. U urush harakatlarini dushman hududiga ko‘chirib g'alaba qozonish mumkin deb, hisoblardi. Gamilkar Rimga Iberiya orqali hujum qilishni maqsad qiladi. U mil. a w . 237 -yiida Iberiyaga otlanadi. Gamilkar kuch va diplomatiya orqali yarim orolning katta qismini egallaydi. Shuningdek, u yerda kuchli yollanma qo‘shin tuzib asosiy tayanch baza - yangi Karfagen (zamonaviy Kartaxena) shahriga asos soladi. Iberlar bilan jangda Gamilkar halok b o iib o ‘m ini Gastrubal egallaydi. U ham iberlar bilan jangda halok bo‘ladi. Karfagen qo‘shinlari o ‘zining y o ‘lboshchisi sifatida Gamilkar o‘g‘illarining to‘ng‘ichi Gannibalni (mil. a w . 247-183 -yy) tanlaydilar. Gannibal yorqin harbiy strateg b o iib , Karfagenning aw alg i m agiubiyati uchun qasos olishni xohlar edi. Gannibal Rimni bosib olish uchun 5000 piyoda askar, 9000 ming otliq, 60 fildan iborat armiya tuzadi. U har qanday hujum o‘miga, rimliklami hayratda qoldirish uchun jasur va xavfli harakatlami amalga oshirishga harakat qiladi. U o‘zining armiyasini Ispaniyadan Fransiya va Alp to g ia ri orqali uzoq yurishiga boshchilik qildi. U qo‘shinlaming yarmini va fillarining asosiy qismini y o ‘qotishiga qaramasdan, uning lashkarboshilik qobiliyati o ‘z samarasini berdi. 0 ‘n yildan ortiq vaqt davomida u o ‘z qo'shinlari bilan Italiya yarim orolining yuqori va quyi qismlariga yurishlar qildi. Gannibal o‘zining eng buyuk g‘alabasiga miloddan aw alg i 216-yiIda Kaima jangida erishdi. 0 ‘sha yerda uning armiyasi rimliklar qo‘shiniga katta talofot yetkazdi. Mazkur jangda Gannibal Rim qo‘shinlarini qurshab olib, t o ia tor-mor qildi. Italiyaning bir nechta yunon shaharlari, jumladan, Sirakuza va bir qancha qabilalar Gannibal tomoniga o ‘tdi. Lekin. rimliklar tez orada o'zlarini tiklab olib, yana kuchli qo‘shin tuzadilar. Ular o‘z qo‘shinlarini qayta guruhlashtirdi va ko‘plab ittifoqchiiar yordamida qattiq qarshilik ko ‘rsatdi. Natijada Gannibal tomonidan Rimni bosib olinishiga xalaqit qildilar. Download 7.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling