Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
Download 7.09 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi Rim podsholigi. Rim shahri qadimgi Latsiyada Tibr
daryosi qirg‘oqlarida mil. a w . VIII asr boshlarida vujudga keladi. Shahar dastlab Palotin, Eskvilin, Seliya, Kvirinal, Viminal va boshqa tepaliklarda paydo bo‘la boshlaydi. Afsonalarga ko 'ra bu yerga Troyadan suzib kelgan muhojirlar kelib joylashadilar. Muhojirlardan b o ig a n bir ayol, safar davomida sarson-sargardonchilikdan charchab suzib kelgan kemalarga o ‘t qo'yadi. So‘ngra qiyinchiliklarni boshdan kechirgan troyaliklar ushbu zaminda qolishga qaror qiladilar. Mahalliy podsho Lotin ulam i iliq kutib oladi, hatto o‘z qizi Laviniyani troyalik Eneyga turmushga beradi. Lotin vafotidan so‘ng Eney lotin va troyaliklami boshqaradi. Aynan uning avlodlaridan Rim shahri asoschilari aka-uka egizaklar Romul va Rem kelib chiqqan degan tarixiy m aium otlar mavjud. Afsonalarga ko‘ra Romul va Rem, Amuliy ismli podshoning b u y ru g i bilan go‘daklik c h o g id a Tibr daiyosiga savatda oqizib yuborilgan. Ammo chaqaloqlar solingan savat daryo suvi kamayganda qirg‘oqqa chiqib qoladi. Ulami bir necha kun ona bo‘ri o ‘z suti bilan emizdiradi. So‘ngra go‘daklami Faustul ismli podsho cho‘poni topib olib katta qiladi. U lg‘aygach Romul va Rem kelib chiqishlari haqidagi haqiqatdan xabar topgach, bobosining taxtini qaytarib oladilar. Keyin o ‘z jangchilari bilan yangi shahar qurishga kirishadilar. Qadimiy shahar qurish marosimini o ikazish ch o g id a aka-ukalar o'rtasida janjal kelib chiqadi va Romul, Remni o id irib qo‘yadi. Keyinchalik Rem sharafiga shahar Rim nomini olgan, deyiladi. Rimliklar bu voqeani mil. a w . 753-yili sodir b o ig a n deb, hisoblaydilar. Rim shahri qurilgach Romul tarafdorlari aksariyati erkaklardan tashkil topgani uchun uylanishga qaror qiladilar. Ammo mahalliy 220 italiklardan hech qaysi qabila ularga qizlarini berishni istamaydilar. Natijada Romul ayyorlik y o ‘lini tutadi. U qo‘shni qabila bo‘lgan sabinlarni Neptun bayrami kuni Rimga taklif etadi. Bayram avjiga chiqqan paytda rimliklar sabinlar ustiga tashlanib, qizlarini o ‘g ‘irlab ketishadi. Bundan jahli chiqqan sabin qabilalari birlashib, rimliklarga qarshi urush boshlaydilar. Biroq, sabin qabilasi qizlari otalarini rimliklar bilan yarashtirib qo‘yadilar. Shundan so ‘ng ular bir oila bo‘lib yashay boshlagan. Hatto sabinlardan bo‘!gan Tit Tatsiy Romul bilan birga Rimni boshqargan. Ular shaham ing birinchi podsholari sanalgan. T o ‘rtinchi podsho A nk Marsiy lotinlarga munosib kurash olib borib, Tibr orqali ko‘prik qurdirgan. Shundan so‘ng taxtga Etruriyadan kelib qolgan Tarkviniy chiqadi. Uning davrida Rim shahrida bir qancha ishlar amalga oshirildi. Shahar markaziy maydoni (Forum) chiroyli ko‘rinish oldi. U yerda ibodatxona va sirk Ьафо etiladi. Biroq, podsho dushmanlar tomonidan o ‘ldiriladi. Shunda uning xotini asrab olgan qulni farzandi Serviy Tulliyni taxtga o ‘tkazadi. Serviy Tulliy davrida shahar mudofaa devorlari bilan o‘rab olinib, harbiy sohada islohot amalga oshiriladi. Biroq hukmdor o‘z kuyovi Tarkviniy tomonidan oMdiriladi. Yangi hukmdor o‘ziga “M ag‘rur” taxallusini olib, tiranlarga xos ravishda hokimiyatni boshqardi. Bundan norozi boMgan rim liklar Tarkviniyni shahardan haydab chiqarib, Rimni respublika deb e ’lon qildilar. Bu voqea mil. avv. 509 -yilda ro‘y beradi. Download 7.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling