Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
Rim respublikasining tashkil topishi
Download 7.09 Mb. Pdf ko'rish
|
Rim respublikasining tashkil topishi. Rimliklar endilikda hech
qachon qirol boshqarmasligini e ’lon qiladilar. Uning o‘m iga lotincha atama res publica “xalq ishi” ma’nosini bildiradigan Respublika tuzumini o ‘matishdi. Respublika boshqaruv shakli boMib, o ‘zlarining boshliqlari uchun ovoz berish huquqiga ega boMgan fuqarolar boshqaruviga asoslangan. Rimda ovoz berish huquqi faqat ozod boMib tugMlgan erkaklargagina berilgan edi. Shuni ta’kidlash lozimki, uzoq vaqt davomida antik mualliflaming ushbu maMumotlariga afsona sifatida qarab kelishgan. Biroq, so‘nggi yillardagi arxeologik topilmalar, qadimgi yozuvlami o'rganilishi hamda lingvistika fani yutuqlari mazkur maMumotlami haqiqiyligini yana bir bor isbotladi. M azkur tarixiy jarayonlarda Rim aholisi (populus) uchta katta urug‘ trib (qabila) dan tashkil topgan edi. Uni Afmadagi Klisfen islohatlariga qadar boMgan fila ga o'xshatish mumkin. Bizgacha ushbu qabilalami etruskcha nomlari-titsiy, ramniy, lutserlar m a’lum, xolos. 221 Triblar otliq qo‘shinlami shakllanishida muhim rol o‘ynagan. Jamiyatning yana bir muhim Ъо‘ g‘ini-kuriya hisoblanib, ulaming soni 30 tani tashkil etgan. M azkur birlashma erkaklami harbiy ittifoqi sifatida piyoda qo‘shinlami asosi bo ‘lib xizmat qilgan. Davlatning ijtimoiy tuzilmasini urug‘ ( gentes) tashkil etib, ulami soni dastlab 100 ta keyinchalik 300 taga etadi. Rim respublikasini boshqarish ishida Senat va komitsiyalar muhim rol o‘ynagan. Senat asosan tub aholiga mansub yoshi kattalardan iborat kengash sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Ulaming tarkibi dastlab 100 ta, keyinchalik 300 taga etadi. Komissiyalar harbiy-erkaklardan iborat xalq yig‘ini bo ‘lib, kuriyalar bo‘yicha to'planishgan. Senatning tavsiyasiga ko‘ra komissiyalar konsullami saylashgan. Saylangan konsullar harbiy yoiboshchilik, kohin va sudyalik qobiliyatiga ham ega b o im o g ‘i lozim edi. Respublika tuzumi o‘matilishi bilan oliy hokimiyat bir yil muddatga saylanadigan ikki konsul qo‘liga o‘tdi. Jamoalami keksa, tajribali oqsoqollar boshqargan bo‘lib, ular -magistrat deb atalgan. Oliy davlat organi bo'lgan xalq yig'ini qonunlar qabul qilgan, boshqa davlatlarga urush ochgan yoki sulh tuzish, davlat mansablariga amaldorlami saylash hamda yuqori sud idorasi sifatida ham faoliyat yuritgan. Rim jamiyatining ibtidoiy jam oa tuzumidan chiqish jarayonida ulkan o‘zgarishlar yuz beradi. Aholi sonining o ‘sib borishi va xo‘jalikni rivojlanishi oqibatida qo‘shni jam oa munosabatlari jadal rivojlandi. Jamoa orasida patriarxal qullar hamda xususiy yer egalari soni o ‘sib boradi. Natijada ayrim urug‘lar keskin ravishda boyib ketadi. Jamiyatda qaram kishilar {cliens-qax&m, quloq soluvchi) bilan birga ulaming homiylari sanalgan patron toifasi vujudga keladi. Patronlar qaram kishilarga yerlar ajratib berar, sudda ulami himoya qilar va ularga o‘z nomini ham berar edi. 0 ‘z navbatida qaramlar homiylari uchun harbiy qo'shinda ishtirok etar, kerak bo‘lsa jonini ham fido qilishga tayyor turgan. Shaharlami gullab-yashnashi, yangi yerlami bosib olinishi hamda o‘zga hududlardan qulay joy qidirib boshqa yurtlardan aholini k o ‘chib kelishi ijtimoiy hayotda keskin vaziyatni yuzaga keltiradi. Dastlab kelgindi urug‘ va qabilalar Rim trib va kuriyalariga qabul qilingan. Keyinchalik vaziyat qiyinlashib, ulami Rim jamoalariga qabul qilmasdan, hatto saylov jarayonlariga ham yaqinlashtirmay qo‘yadi. Rimliklar ulami plebeylar deb atashardi. Darhaqiqat, erkin bo‘lishiga 222 qaramay, ushbu toifalar amalda hech qanday huquqqa ega boiishm agan. Rim tarixining podsholik bosqichidayoq, aholi orasida yerga bo‘lgan talab kuchli edi. Shuning uchun podsholar turli islohot va o ‘zgarishlami amalga oshirgan edi. Jumladan, Serviy Tulliy jami yerlami 21ta okrugga b o ‘ladi. Okruglar triblar nomi bilan 4 tasi shahar hududida qolgan 17 tasi qishloq joylarda tashkil etiladi. Shunday qilib, Serviy Tulliy patritsiy va plebeylar yashash joylarini aralashtirib yuborgan edi. Download 7.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling