Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
Download 7.09 Mb. Pdf ko'rish
|
Ellinizm davrida ilm-fan. Ellin taraqqiyotini asosan ilm-fan
sohasida ko‘rish mumkin. Avvalo yunonlaming ilk bor sharq madaniyati bilan yaqindan tanishishlari ulam ing ongini yana ham kengaytirib, fanning rivojiga kuchli ta ’sir ko‘rsatdi. Shu davrda ijod qilgan olimlar Evklid, Arximed-matematikani; Aristarx, Gipparx- astranomiyani; Eratosfen-geografiyani yuksak darajaga ko‘tarib, jahon ilmining keyingi taraqqiyotiga y o i ochdilar. Buni ayniqsa ptolomeylar podsholigida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Aleksandr Makedonskiyga o ‘xshab, Ptolomey I va uning vorislari yunon olim va faylasuflaridan ruhlanishgan. Olimlar, shoirlar va san’at ahlining ishlari uchun qulay sharoit tug‘dirish maqsadida Misming dastlabki Ptolomey xoqonlari Aleksandriya shahrida hozirgi fanlar akademiyasiga o‘xshash muassasa-“muzey”, ya’ni muzalar koshonasini ochadilar. Ular m a’budlarga b agishlov joyi hisoblangan. Yunonistonning turli yerlaridan chaqirilgan olimlar muzey darsxonalarida m a’ruzalar o‘qiydilar, laboratoriyalarda har xil tajriba ishlarini o ‘tkazadilar. Muzey qoshida maxsus kutubxona ham b o ig an . Muzey olimlariga yordam berish maqsadida Ptolomey I yunon tilida yozilgan har bir kitobning nusxasidan tashkil topgan kutubxonaga asos soldi. Kutubxonaning kolleksiyasi 700 ming papirus o‘ramlariga yetgan (700 mingta kitob). Ptolomeylaming kutubxonalarga qiziqishi afsonaviy edi. Ptolomey II Bibliyaning yunon tiliga tarjima qilinishiga homiylik qilgan va Ptolomey III esa 3 ta diniy tragediyachilaming asarlarini Afma nusxalarini o ‘g ‘irlagan. Hattoki olim va shoir 208 Kallimachus 120 ta kitobni kutubxona katalogiga kiritgan. Ular yunon adabiyoti tarixi uchun asos bo‘ladi. Aleksandriya yozuvchilari yunon madaniyatida juda muhim yangiliklami qilishgan. Suqrot g ‘arb adabiyotiga ham dunyoviy ham diniy usulni tanishtirgan. Aleksandriya juda mashhur shaharlardan biri b o iib , unda Aleksandming qabri joylashgan. U ptolomeylar, misrliklar, yunonlar, makedoniyaliklami o‘z ichiga olgan eilinistik dunyoning eng mashhur shahri hisoblanadi. Aleksandriya j o ‘shqinligining va haqiqiyligining eng yaqqol ramzi bu uning monumenti hisoblangan Faros edi. Ptolomey II tomonidan qurilgan Faros birinchi osmono‘par bino bo‘lgan. 400 fut balandlikdagi bino Aleksandriya shahriga kelayotgan kemalami yoritib turadigan mayoq va Zevs haykali tomonidan yuksaltirilgan. Ptolomeylar Aleksandriyani yunon dunyosining markaziga aylantirdilar. Ellinizm namoyondalari shuningdek adabiyot sohasiga ham katta hissa qo‘shdilar. Kalimachus va faylasuflar, masalan, Zenodetus va Aristavchus biz hanuzgacha foydalanadigan shoirlaming ajdodlari va Gomer she’rlarini tayyorlab, yunon adabiyoti va yunon tilining tanqidiy ilmiga asos soldilar. Matematik va geograf Aristofen ilmiy kartografiya prinsiplariga asos solgan va yeming holatini ishlab chiqdi. Taniqli bo‘lmagan Ptolomaik esa Sudan va M isr bugungi kungacha hanuz foydalanilayotgan hayvon kuchi yordamida harakatlanadigan suv g ‘ildiraklarini kashf qilgan. Doktorlar Gerofinlizva Eratistrat anatomiyada asosli kashfiyotlami amalga oshirib, inson nerv sistemasining funksiyalari, optik va hazm qilish sistemalari ustida ilmiy izlanishlar olib bordilar. Download 7.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling