Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev


Hindiston va orzuning oxiri


Download 7.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/109
Sana20.10.2023
Hajmi7.09 Mb.
#1711379
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   109
Hindiston va orzuning oxiri. Aleksandr Makedonskiy mil. a w . 
327-yil Hindistonga yetib kelganida, n o m aiu m dunyoning oxiriga 
yetib keldim deb ishongan edi. Yunonlar va forslar hozirgi Pokiston 
hududidagi Hind daryosini yeming oxiri deb ishonishgan. Aristotel 
Hindistondan chetda bor-yo‘g‘I buyuk c h o i va okean bor deb aytgan. 
Dorol davrida forslar Hindistonni Fors imperiyasi tarkibiga qo‘shib 
olganlariga qaramasdan ular yunonlar borgan hududlarga yetib 
bormagan edilar. Aleksandr Makedonskiy Dionis va Gerakl, afsonaviy 
Ossuriya qirolichasi Semiramida bora olmagan afsonaviy hududlar,
205


daraxt yaproqlaridan kiyim kiyadigan odamxo‘r va vahshiy odamlar 
va hayvonlar yashaydigan, chumolilar oltin qazib oladigan yerlarga 
yetdim, deb hisoblagan.
Aleksandr M akedonskiy qo'shinlari dastlab Hind vodiysidagi 
Panjobga kiradi. U tarqoq holda bo‘lgan hind knyazlaridan m a’lum 
qismini 
o‘z 
tomoniga 
og‘dirdi. 
Panjob 
o ‘lkasida Aleksandr 
Makedonskiyga taniqli hind sarkardasi Por qarshilik ko‘rsatdi. Gidasp 
jangida makedon va hind qo‘shinlari to ‘qnash keldilar. Hind 
armiyasirting asosiy yutug'i jangovar fillam ing mavjud b oiganligi 
edi. M akedonlaming kuchli otliq qo‘shinlaridagi otlar fillardan 
qo‘rqar edi. Biroq, Aleksandr M akedonskiy buyrug‘ bilan askarlar 
fillaming orqa tarafidan borib, ulam ing maxsus oyoq tomirlarini kesib 
tashlash orqali fillam i zararsizlantirishdi. Shiddatli jang natijasiga 
ko‘ra, makedonlar g‘alaba qozonishdi.
Aleksandr M akedonskiy 
ulkan imperiya tarkibiga kirgan 
Hindiston hududini bevosita Makedoniyadan turib boshqarish mumkin 
emasligini yaxshi tushunar edi. Shuning uchun ham u Hind 
vodiysidagi yerlami boshqarishni mahalliy hukmdorlar ixtiyorida 
qoldirdi. Natijada, bevosita ulkan hudud Makedoniyaning vassaliga 
aylandi. Aleksandr Makedonskiy Gang daryosi vodiysigacha borish 
niyatida edi, lekin bu davrda mamlakatda boshlangan kuchli 
yog‘ingarchilik oqibatida qo‘shin orasida bezgak va boshqa kasalliklar 
tarqala boshladi. Natijada, qo‘shin podsho bilan Gang vodiysiga 
borishdan bosh tortdi.
Aleksandr Makedonskiyortigaqaytishgaqarorqilar ekan, yangi 
hududlar orqali qaytishga qaror qildi. Uning buym g‘iga ko‘ra, harbiy 
kemalar qurildi va qo‘shin Hind daryosi orqali Hind okeanigacha 
suzib boradi. Shundan keyin qo‘shin ikki qismga bo‘linadi. 
Quruqlikdagi qo‘shinga shaxsan Aleksandr Makedonskiy boshchilik 
qiladi va Gedroziya c h o ii orqali ortga qaytadi. Ikkinchi qismi 
Aleksandming yordamchisi Nearx boshchiligida kemalarda Hind 
okeani orqali Fors ko‘rfazidano‘tib, Frot orqali Bobilga chiqishi lozim 
edi. Aleksandr M akedonskiy ulkan imperiya poytaxti etib aynan Bobil 
shahrini tanladi.
Gedroziya c h o ii orqali orqaga qaytar ekan, qo‘shin juda ham 
mashaqqatli sinovlami boshdan kechirdi. C hoidagi suvsizlikdan 
qutulish uchun quduqlar qazildi, lekin suvsizlik o ‘z kuchini ko‘rsatdi. 
Natijada qo‘shinning uchdan bir qismi 
qirilib 
ketdi. 
O g ir
206


qiyinchiliklarga qaramay armiyaning ikki qismi ham Bobilga yetib 
keldi.
Mil, 
a w . 
323-yil 
bahorida 
Bobil 
shahrida 
Aleksandr 
Makedonskiy o ‘zi bosib olgan davlatlardan kelgan delegatsiyalarni 
qabul qildi. Jumladan, yunonlaming ham maxsus delegatsiyalari 
kelgan edi. Aleksandr marosim davomida kelgusi rejasi Arabistonni 
bosib olish kerakligini aytdi.
Lekin, hech qancha vaqt o ‘tmay m ash’um voqea sodir bo ‘ldi. mil. 
a w . 323-yil 29-may kuni b o ig a n bazmda Aleksandr M akedonskiy 
o‘z askarlari tomonidan zaharlandi. Ikki haftalik og‘ir betoblikdan 
so‘ng, mil. a w . 323-yil 10-iyun kuni Aleksandr vafot etdi. Bobilda 
vafot etgan paytida, Aleksandr Makedonskiy hali o ‘ttiz uch yoshga 
ham to im ag a n edi.

Download 7.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling