5. Xalqasimon struktura metodi. Bu usul Vokuler tomonidan taklif qilinib, spiral galaktikalarda mavjud halqasimon strukturalar o‘lchamlari o‘rta hisobda o‘zaro yaqinligiga asoslangan. Spiral galaktika turiga qaramay bu o‘lchamni 2,5 ± 0,4 kpk deb olinadi. Agar xalqaning chiziqli diametri ma’lum bo‘lsa, unda uning burchakli diametrini qiymatini kuzatuvdan olib, ushbu strukturagacha masofa osongina topiladi. Bu metodning afzalliklari shundaki, birinchidan nurlarni fazoda yutilishining umuman aloqasi yo‘q va ikkinchisi yuqoridagi usullar qo‘llab bo‘lmaydigan juda uzoq masofadagi galaktikalarga ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |