Universiteti fakulteti
Download 34.47 Kb.
|
Koinotning katta masshtabdagi tuzilishi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Yangi yulduzlar metodi.
1. Sefeidlar metodi. Bu metodga ko‘ra tashqi galaktikada kuzatilgan ravshan sefeidning davri kuzatish orqali topilib, so‘ngra “yorqinlik-davri” bog‘lanishidan uning yorqinligi aniqlanadi. Keyin “Spektr-yorqinlik” diagrammasi asosida, sefeidning absolyut yulduz kattaligi M topiladi. Va, nihoyat, Galaktikagacha masofani topishga bevosita imkon beradigan, masofaning moduli (m-M) aniqlanadi. Bu erda m- tashqi galaktikada kuzatilayotgan sefeidning ko‘rinma yulduz kattaligini ifodalaydi.
2. Yangi yulduzlar metodi. Ma’lumki yangi yulduzlar chaqnaganda, maksimumida ularning absolyut yulduz kattaligi –1 gacha boradi. Sefeidlarni tadqiq etish shuni ko‘rsatadiki, maksimumidan keyin ularning ravshanligi qanchalik keskin pasaysa, maksimumida yorqinligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Agar maksimumidan keyin ravshanligi 3 ga pasayishi uchun ketgan vaqt t bo‘lsa, u holda t < 12 sutka bo‘lganda, uning maksimumidagi absolyut yulduz kattaligi M=-9 bo‘ladi. t ortishi bilan, mos ravishda, M kamayadi. SHunga ko‘ra, sefeidnig maksimumida uning ko‘rinma yulduz kattaligi m va t ni aniqlab, masofaning moduli (m-M), binobarin galaktikagacha bo‘lgan masofani aniqlash mumkin bo‘ladi. SHuningdek, nisbatan yaqin joylashgan galaktikalargacha masofalarni, ularning burchak o‘lchamlariga ko‘ra ham aniqlash mumkin. Juda uzoqdagi galaktikalarning masofasi, ularning spektrlaridagi chiziqlarning doplercha siljishiga asoslanib, Xabbl ochgan (1929 y) qonun asosida topiladi. Download 34.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling