Maktabdan tashqari ta'lim. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Ta`lim
to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq barcha hudud
(shaharchalar, tuman, shahar, viloyatlar va respublika)larda maktabdan tashqari
muassasalar tegishli hokimlikning qaroriga muvofiq ochiladi. Maktabdan tashqari
muassasalar mustaqil ravishda yoki ilmiy-ishlab chiqarish, o‘quv-tarbi kompleksi
(markazi) tarkibida faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
Bolalar va o‘smirlarning ta`limga bo‘lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini
qondirish, ularning bo‘sh vaqtini va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat
tashkilotlari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy estetik, ilmiy, texnikaviy,
sport va boshqa yo‘nalishlarda maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta`lim muassasalarini
tashkil etadilar.
Maktabdan tashqari muassasalar xalq ta`limi tizimining tarkibiy qismi hisoblanadilar va ular
ta`lim-tarbiya berishga mo‘ljallangandir.
Maktabdan tashqari muassasalar (kamolot, muzeylar va boshqalar) o‘z faoliyatlarini O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasiga, "Ta`lim to‘g‘risida"gi Qonunga va boshqa qonunchilik
hujjatlariga hamda ―Maktabdan tashqari muassasa to‘g‘risida‖ Nizomga muvofiq amalga
oshiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |