Universiteti g. N. Axunova, N. N. Shamshiyeva
Mudofaachilik harakatlari
Download 0.72 Mb.
|
RAQOBAT STRATEGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Intizom mudofaa shakli sifatida
Mudofaachilik harakatlariBiz shu joygacha hujumkorlik harakatlari haqida so‘z yuritdik, biroq raqiblarning harakatlarini tutib turish yoki ulardan himoyalanishga qaratilgan harakatlarga ehtiyoj ham juda kerakli bo‘lishi mumkin. Mudofaa muammosi, tabiiyki, hujum muammosiga qarshi turadi. Mustahkam mudofaa shunday vaziyatga olib keladiki, unda raqiblar yuqorida bayon qilingan tahlilni o‘tkazib yoki real harakat qilishga urinib, buning zarur emasligi haqidagi xulosaga keladi. Hujumkorlik harakatlarida bo‘lgani kabi mudofaa ham raqiblarni jangdan keyin orqaga chekinishga majbur qilish orqali ta’minlanadi. Biroq eng samarali mudofaa jangning o‘zining oldini olishdan iboratdir. Raqiblar tomonidan qilinadigan harakatlarning oldini olish uchun ular qarshi harakatni uchratishiga va bunday qarshi harakatning samarali bo‘lishiga ishonchi komil bo‘lishi kerak. Bunday natijaga erishish uchun ayrim yondashuvlar ilgariroq ko‘rib chiqildi, boshqalari keyingi o‘rinlarda majburiyatlarni shakllantirish borasidagi umumiy konsepsiya munosabati bilan ko‘rib chiqiladi. Biroq harakatning oldini olib bo‘lmaydigan bo‘lganida ham mudofaa nisbatan turlicha yondashuvlar amal qiladi. Intizom mudofaa shakli sifatidaAgar raqib harakatni bajarsa va firma unga qarshi zudlik bilan va keskin harakat qiladigan bo‘lsa, unda bu har doim qarshi harakat qilinishini agressorga bildirib qo‘yadigan intizomga soluvchi omil bo‘ladi. Agar firma aniq bir tashabbuschiga o‘zining javoban harakatlarini amalga oshirishga va unga o‘zining maqsadi har qanday boshqa firma emas, aynan shu aniq tashabbuschi ekanligini anglatib qo‘yishga qanchalik qodir bo‘lsa, unda intizomga soluvchi samara ham shunchalik ta’sirchan bo‘ladi. Masalan, raqibning aniq bir mahsulotidan nusxa ko‘chirib ishlangan aktiv brend shunchaki yangi mahsulotga nisbatan ancha samaraliroq intizomga soluvchi chora bo‘ladi. Aksincha, agar qarshi harakat birmuncha kengroq yo‘nalishda bo‘ladigan bo‘lsa (masalan, nafaqat narxni pasaytirish tashabbuschisiga bog‘liq bo‘lgan, balki barcha iste’molchilarga tegishli bo‘lgan narxlarning pasaytirilishi), unda intizomga soluvchi samara ko‘proq chiqimlarni talab etadi va kam ta’sir qiladi. Bundan tashqari, agar harakatga javob berish to‘qnashuv tashabbuschisiga qaratilishning o‘rniga bozorning ko‘proq qismini qamrab olishga majbur bo‘ladigan bo‘lsa, unda bunday qarshi harakat va intizomning o‘rnatilishi ancha riskli bo‘ladi, chunki choralar va qarshi choralarning zanjirli reaksiyasini keltirib chiqarishi mumkin. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling