G.N.AXUNOVA N.N.SHAMSHIEVA
RAQOBAT STRATEGIYASI
ISBN 978-9943-7630-8-1
O‘quv qo‘llanmada marketing boshqaruvida qo‘llaniladigan barqaror raqobatbardoshlik strategiyasining mohiyati, tamoyillari, omillari, amalga oshirish chora-tadbirlari bakalavriat talabalari uchun sodda va lo‘nda iboralarda ko‘rib chiqilgan. Mahalliy o‘quv adabiyotlarida kam yoritilgan transaksion xarajatlarning mohiyati, marketing boshqaruvidagi uning ahamiyati, unsurlari, tarkibiy qismlari keng misollar yordamida ko‘rib chiqilgan. Raqobatbardoshlik marketing strategiyasi O‘zbekkimyosanoat aksionerlik jamiyati misollarida bayon etilgan, zaruriy analitik jadvallar va rasmlar bilan barqaror raqobatbardoshlik strategiyasining qo‘llanishi va uning samaradorligi ko‘rib chiqilgan.O‘quv qo‘llanma Marketing va Menejment yo‘nalishlari talabalari uchun amaliy vosita sifatida fan sirlarini o‘rganishda foydali bo‘ladi, degan umiddamiz. Shuningdek qo‘llanmadan marketing faniga qiziquvchi o‘quvchi va mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin.