Universiteti g. N. Axunova, N. N. Shamshiyeva


mlarga asoslangan korxona Joriy sanoat korxonasi va bilimlarga asoslangan sanoat korxonasini qiyosiy taqqoslash


Download 0.72 Mb.
bet4/37
Sana03.08.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1664865
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
RAQOBAT STRATEGIYASI

mlarga asoslangan korxona
Joriy sanoat korxonasi va bilimlarga asoslangan sanoat korxonasini qiyosiy taqqoslash





Joriy korxona

Bili

1-jadval davomi

Korporativ ko‘rsatkichlar




1. Ko‘lam samarasi

1. Kichik ishlab chiqarish bo‘linmalari

2. Ishlarni standartlash

2. Iste’molchiga yo‘naltirilgan ishlar

3. Ishchi kuchini standartlash

3. Ishbilarmonlika, qayishqoqlikka
asoslangan ishchi kuchi

4. Moliyaviy resurs taqchil

4. Inson omili taqchil resurs

5. Korporatsiyaning bosh ofisi operat- siyalarni nazorat qiladi

5. Korporatsiyaning bosh ofisi kompe- tentlik yadrosini saqlovchi va
maslahatchi

6. Ierarxik piralendali boshqaruv tizimi

6. Silliq, to‘rli boshqaruv tizimi

7. Xodimlar xarajatlar sifatida qaraladi

7. Xodimlar investitsiya manbai deb
qaraladi

8. Shaxsiy oriyentatsiya

8. Jamoat oriyentatsiya

9. Vertikal qarorlar qabul qilish

9. Taqsimlangan qarorlar qabul qilish

10. O‘zgarmasga harakat qilish

10. O‘zgarishga harakat qilish

11. Vertikal boshqaruv

11. O‘z o‘zini boshqaruvga harakat
qilish

Manba: Muallif ishlanmasi
“Tashkiliy tuzilma” tushunchasi tashkilot unsurlari orasidagi aloqani belgilaydi. Va nihoyat, “tashkiliy prinsplar” tashkiliy tuzilma faoliyatini ta’minlaydigan amalga oshirish shartini belgilaydi. “Tashkiliylik” tushunchasi bu – tashkilot faoliyatini va uning bo‘limlarini

tartibga solishdir. Bu paragrafda tashkiliy tuzilmaning ba’zi jihatlarini ko‘rib chiqamiz. Olimlarning ishlarida boshqaruvning tashkiliy-xo‘jalik mexanizmining metodologik holatlariga turlicha yondashishlar bo‘lgan. Biroq boshqarishni tashkil qilish sohasidagi olimlar olib borayotgan tekshirishlarga jalb qilish ishlab chiqilgan mezonlar asosidagi boshqaruvning xohlagan tashkiliy tuzilmasiga obyektiv baho berishga imkon beruvchi umumiy yondashishni ishlab chiqishni tezlashtirish.


Birinchi mezon – boshqaruv tashkiliy tuzilmasining qo‘llani- layotgan, mavjud ishlab chiqarish, mehnat va moddiy resurslarni to‘liq ishlatish hisobiga bozor iqtisodiyoti sharoitida asosiy atrubut hisoblangan iqtisodiy samaradorligini ta’minlash qobiliyatini aniqlashdir. Mavjud resurslarni ishlatishda yo‘nalganlikning pasayishi vaqt birligida mahsulot ishlab chiqarishning kamayishiga olib keladi, ya’ni mehnatning ishlab chiqarishning pasayishi ishlab chiqilgan mahsulot birligining o‘sishi va foydaning pasayishiga olib keladi. Shu sababli, foydaning pasayishi holatlari kuzatilganda boshqaruv tashkiliy tuzilmasi rivojidagi qoloqlik o‘sha pasayishning sababi emas ekanligini aniqlash kerak. Albatta, boshqa sabablar ham bo‘lishi mumkin. Lekin aynan ular mumkin qadar tabiatga ularning yuzaga chiqishi darajasida rejalashtirilgan bo‘lishi kerak. Ikkinchi mezon – boshqaruv tashkiliy tuzilmasining texnik daraja rivoji hisobiga iqtisodiy samaradorlikni oshirish, mahsulot ishlab chiqaruvchi vositalarni foydalanishga va ishlab chiqarilayotgan mahsu- lotning tub sifat o‘sishiga o‘tish uchun sharoit yaratishga bo‘lgan qobili- yat darajasidir. Boshqa omillar bilan turib qolish sababli samarador- likning o‘sishi kuzatilmaydigan holatlarda boshqaruv tashkiliy tuzilma- sining iqtisodda yangi ilmiy tadqiqotlarini amalga oshirishni ko‘zlovchi elementlarning yo‘qligi yoki kam rivojlanganligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan kamchiliklar tahlilini izlash kerak. Uchinchi mezon – boshqaruv tashkiliy tuzilmasining talab o‘zgarishiga tez javob bera olish va shunga muvofiq iqtisodiy islohot amalga oshirish qobiliyati darajasining baholari. Bunda mahsulotning moslashuvchanligiga erishish uchun iqtisodiy boshqaruv tizimi samaradorligini xarakterlovchi darajani muhim ko‘rsatgich sifatida hisobga olish zarur. Agar firma talablarning yetarli bo‘lmagan talabidan mahsulot chiqarsa, bu firma chiqargan


talablar past talab narxiga ega bo‘lishini anglatadi. Shunga ko‘ra firma kutilgan iqtisodiy samaraga erishmaydi. Albatta, bu firmani bankrotga olib kelishi mumkin. To‘rtinchi mezon – boshqaruv tashkiliy tuzilma- sining mukammal ixtisoslashtirishni rivojlantirish hisobiga mehnat unumdorligi o‘sishini ta’minlash qobiliyati darajasidir. Bu mezon kosmik kemalar, samolyotlar, shuningdek, dasturiy boshqaruvni eng muhim uskunalar, moslashuvchan, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish tizimlari, ish texnika majmualari va boshqalar ko‘rinishida murakkab mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mashinasozlik konsernlarida keng qo‘llanadi. Ishlab chiqarishda bunday mahsulotlar ko‘pincha alohida emas, balki bir qancha ixtisoslashgan firmalar ishtirok etadi. Bunday o‘zida ko‘pgina ishlab chiqaruvchi bo‘limlarni; hatto firma doirasidagi bir necha ishlab chiqaruvchi bo‘limlari namoyon qilgan ko‘pfirmali ishlab chiqaruv majmui bir ritmdagi samarali ishlashni ta’minlaydigan yuksak rivoj- langan boshqarish tizimini talab qiladi. Mukammal ixtisoslashtirishning rivoji boshqaruvning muhim vazifasi hisoblangan barcha bo‘lim va tuzilmalarning faoliyatini aniq muvofiqlashtirishni obyektiv ravishda talab qiladi. Ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish tizimining samaradorligi boshqaruvning mavjud tashkiliy tuzilmasining qanchalik darajada zaruriy muvofiqlashtirish mexanizmini rivojlantirishga qodirligiga bog‘liq. Beshinchi mezon bo‘lib boshqaruvning keltirilgan tashkiliy tuzilmasida qo‘llaniladigan nazorat tizimi samaradorlik darajasi xizmat qiladi. Uning bahosi boshqaruvning mavjud tashkiliy tuzilmasi imkoniyatlarini baholash, mavjud resurslarni to‘liq ishlatish va shu yo‘nalishda qo‘yilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qilishni ta’minlash va bu vazifalarni bajarish arafasida kutilmagan ortga surishlar holatida o‘z vaqtida zaruriy to‘g‘rilovchi harakatlarni qabul qilish hisobiga samaradorlikni oshirishga yo‘naltirilganlik faoliyatini amalga oshirish imkonini berishdir. Agar ko‘rsatilgan vazifalarni o‘rnatishda mavjud resurslardan foydalanishda keskinlikni pasaytirishga intilishni ifodalovchi tutilish ko‘zga ko‘rina boshlasa, demak, o‘shanday holat sabablaridan biri bo‘lib boshqaruv tashkiliy tuzilmasi rivojida va uning mavjud tizimidagi qoloqlik xizmat qilishi mumkin. Asosiy mezonlarning ko‘chirilishi talabgorlarning ko‘proq talablariga ko‘ra ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini yaxshilash


va ishlab chiqarishdagi sarflarning tushishi va mehnat unumdorligining o‘sishi sanoat firmasi darajasidagi boshqaruv tashkiliy tuzilmasining ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni ta’minlash qobiliyatini xarakterlaydi. Keltirilgan mezonlar shu haqda xulosa qilishga imkon beradiki, boshqaruv tashkiliy tuzilmasi qachonki u nafaqat mavjud resurslarning oqilona foydalanishni ta’minlasa, balki shu bilan birgalikda ilmiy texnikaviy jarayon yutuqlarini amalga oshirish asosida xarajatlarning pasayishi bilan bir vaqtda ishlab chiqarilgan mahsulot sifati va mehnat unumdorligi imkonini beruvchi, kelgusidagi jadallashtirilgan texnik rivojlanishning faol tizimli izlash imkoniyatlarini ta’minlashga imkon bergandagina yetarli darajada hisoblanadi. AQSH ulkan sanoat firmalari tajribasi shuni ko‘rsatdiki, boshqaruv tashkiliy tuzilmasi ishlab chiqarishi rivoji muayyan darajada, agar ishlab chiqarish rivoji darajasi bilan moslik holatiga keltirish uchun uning takomillashtirishi bilan shug‘ullanilmasa, uning texnik rivojida yanada ko‘proq to‘xtatuvchi ta’sirlar bo‘lishi mumkin. Aynan shu holat ta’siri ulkan sanoat firmalari boshqaruv tashkiliy tuzilmasining qoloqligi muammolariga, ishlab chiqarish rivojining buyurilgan obyektiv yo‘llari talablaridan xuddi o‘shalar bilan yuzaga kelgan qoloqlikni bartaraf etish uchun asosiy e’tiborni qarata boshladilar. Yuqorida aytib o‘tilganidek, boshqaruv tizimining eng muhim unsurlaridan biri bozor iqtisodi talablariga mos keluvchi tashkiliy tuzilmani barpo qilishdir. Shu sababli o‘tish davrida iqtisodiy boshqaruv tashkiliy tuzilmasini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari iqtisodiy o‘sish va xalq turmushini yaxshilashning yuqori barqaror sur’atlarini ta’minlash vazifalari etib belgilanadi. O‘z navbatida bozor iqtisodiyoti sharoitida ko‘rsatilgan vazifalarni hal qilishda eng muhim tashkiliy-xo‘jalik shartlariga: muassasa, xo‘jalik va boshqa barcha tashkilotlarning ajralib qolganligini yengish; iste’molchilarning ishlab chiqaruvchilariga ta’sirini kuchaytirishdir; manfaatlar mosligi va xo‘jalikning turli shakllarining integratsiyasini mustahkamlash; sohaviy, mintaqaviy va hududiy aloqalarning yuqori iqtisodiy natijalarga erishish maqsadidagi davomli xabardorligi kiradi. Bozor iqtisodining samarali ishlashi va iste’mol bozorining to‘liq qondirilishi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka bog‘liq. Bozor


iqtisodi tajribasining ko‘rsatishicha AQSH, Yaponiya, Italiya rivojida 60- 80% yalpi mahsulot kichik va o‘rta biznes hissasiga to‘g‘ri keladi. Kichik biznesning va xususiy tadbirkorlikning samaradorligi nafaqat resurslar, ijtimoiy-iqtisodiy shartlar va tashabbuslarning ko‘pligiga, balki ularni oqilona boshqarishga ham bog‘liq. Buning uchun ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarning manfaatlari hisobga olinishi shart bo‘lgan boshqa- ruvning eng maqbul va moslashuvchan tashkiliy tuzilmasini yaratish zarur. Masalan, agar tashkiliy tuzilmaga marketing, reklama va boshqalar xizmatlari kiritilmagan bo‘lsa, demak, haqiqatda iste’molchilar talablarini va tovarlar sotilishini hisobga olish qiyin bo‘ladi. Shu sababli, bozor iqtisodining baland talabi, xususan, kuchli raqobat, integratsiyaning kuchayishi, ilmiy-texnik rivoj, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivoji, aholi ehtiyojlarining qondirilishi, nafaqat xorijiy tuzilmaga qisman o‘zgarishlar va to‘ldirishlar kiritishni, balki uni chuqur isloh qilishni talab qiladi. Birinchi navbatda, asosan boshqaruv tashkiloti asoslarini o‘zini ko‘rib chiqish talab etiladi. Umuman, boshqaruv tashkiliy tuzilmasini isloh qilishdan quyidagilar ko‘zlanadi: birinchidan, yangi tashkiliy shakllarning avvalo, dastlabki xo‘jalik zonalarning potensial imkoniyat- larini amalga oshirishni ta’minlash. Ikkinchidan, xo‘jalikning yangi shakllari bilan mos yangi sifatli tuzilmalarni yaratish, ya’ni funksional – maqsadli yo‘nalish boshqaruv tuzilmasiga o‘tish bo‘yicha shuni davom ettirish zarur. Shuni aytib o‘tish kerakki, tashkiliy tuzilma bozor mexanizmining boshqa unsurlariga nisbatan, vaqtda kamroq o‘zgarishga uchradi. Shunga ko‘ra o‘tish davri boshqaruv sistemasi bozor iqtisodi qonun va prinsiplariga to‘la asoslangan holda iqtisodning tenglashishi va barqaror ishlashini takror ishlab chiqarish jarayonini kengaytirish, aholining yangi tovar va xizmatlariga bo‘lgan talabini qondirish, mahsulotning raqobatbardoshligini oshirish, integratsiya jarayonini rivojlantirish, iqtisodni tuzilmaviy o‘zgartirish, yangi tashkiliy tuzilmalarni yaratish, boshqaruv shakli, uslub va yo‘nalishlarini takomil- lashtirishni ta’minlashga mo‘ljallangan bo‘lmog‘i kerak. Yuqo- ridagilardan ma’lumki, faqat bozor iqtisodi boshqaruv konsepsiyasini boshqargan holda moliyaviy, mehnat va resurslardan iqtisodni

rivojlantirish va ishlab chiqarish potensialini o‘stirish uchun foydalanish mumkin.





    1. Download 0.72 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling