Toshkent davlat sharqshunoslik instituti 2-kurs Malay-ingliz guruhi talabasi Farxatova Sitora


Download 135.66 Kb.
Sana21.11.2020
Hajmi135.66 Kb.
#148898
Bog'liq
2Mamlakatimizda mahalla institutining huquqiy asoslari rivojlanishi va uning jamiat boshqaruvidagi o’rni. - копия




Toshkent davlat sharqshunoslik instituti

2-kurs Malay-ingliz guruhi talabasi

Farxatova Sitora

O’zbekistonni rivojlanish strategyasi. Fuqarolik jamiyati fanidan tayyorlagan


MUSTAQIL ISHI

2020-YIL


Tekshirdi: Saydalieva N.Z

Mavzu:

Mamlakatimizda mahalla institutining huquqiy asoslari rivojlanishi va uning jamiat boshqaruvidagi o’rni.

Reja

  1. Fuqorolarni ozini ozi boshqarish orgonlari togrisida.

  2. Fuqorolaryigini raisi, saylovi togrisidagi qonun.

  3. Mahalla institutlarini yanada takomillashtirish chira tadbirlari to’g’riida.

  4. Obod mahalla to’g’risidagi prezidentimiz farmonlari.



  1. Fuqorolarni o’zini o’zi boshqarish o’rgonlari to’g’risida.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi tushunchasi

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi — fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan, ularning o‘z manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilish borasidagi mustaqil faoliyatidir.



Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2013-yil 22-apreldagi O‘RQ-350-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish huquqi

Fuqarolar shaharchalar, qishloqlar, ovullar va mahallalarda o‘zini o‘zi boshqarishga doir o‘z konstitutsiyaviy huquqini fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlariga muvofiq fuqarolar yig‘inlari (vakillar yig‘ilishi) orqali amalga oshiradilar.

Fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, bevosita hamda o‘zlarining saylab qo‘yiladigan vakillari orqali o‘zini o‘zi boshqarishni amalga oshirishda teng huquqlarga egadir.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishga doir huquqlarini cheklash taqiqlanadi.



Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining asosiy prinsiplari

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:



  • demokratizm;

  • oshkoralik;

  • ijtimoiy adolat;

  • insonparvarlik;

  • mahalliy ahamiyatga molik masalalarni echishda mustaqillik;

  • jamoatchilik asosidagi o‘zaro yordam.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish hududlari

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi O‘zbekiston Respublikasining butun hududida amalga oshiriladi. Shaharchalar, qishloqlar, ovullar va mahallalar fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarishining hududiy birliklaridir.

Shaharchalar, qishloqlar, ovullarni tuzish, tugatish, shuningdek ularning chegaralarini o‘zgartirish, ularga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarishining tegishli organlari fikrini hisobga olgan holda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

Mahallani tuzish, qo‘shib yuborish, bo‘lish va tugatish, shuningdek uning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining tashabbusiga ko‘ra mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.



Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining shakllanishi va rivojlanishi uchun zarur shart-sharoit yaratadilar, ularning ishlariga aralashishga yo‘l qo‘ymaydilar, fuqarolarga o‘zini o‘zi boshqarishga doir huquqlarini amalga oshirishda ko‘maklashadilar.



Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari

Shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalar fuqarolarining yig‘inlari (bundan buyon matnda fuqarolar yig‘ini deb yuritiladi) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridir.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va qonun bilan berilgan o‘z vakolatlarini tegishli hududda amalga oshiradi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi, belgilangan namunadagi muhrga ega bo‘ladi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida hisobga olinishi kerak.



Fuqarolar yig‘ini

Fuqarolar yig‘ini aholi manfaatlarini ifodalash va uning nomidan tegishli hududda amal qiladigan qarorlar qabul qilish huquqiga ega.

Fuqarolar yig‘inida shaharcha, qishloq va ovul, shuningdek shahar, shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla hududida doimiy yashayotgan, voyaga etgan shaxslar qatnashadilar.


  • Fuqarolar yig‘ini organlari quyidagilardan iborat:

  • fuqarolar yig‘ini kengashi;

  • fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar;

  • fuqarolar yig‘ini taftish komissiyasi;

tuman markazidan olisda joylashgan va borish qiyin bo‘lgan shaharchalar, qishloqlar va ovullarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tuziladigan ma’muriy komissiya (bundan buyon matnda ma’muriy komissiya deb yuritiladi).

Fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar, fuqarolar yig‘ini taftish komissiyasi va ma’muriy komissiyani saylash fuqarolarning qonunda belgilangan saylov huquqlari kafolatlari ta’minlangan holda yashirin yoki ochiq ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Komissiya tarkibiga ko‘rsatilgan shaxs, agar fuqarolar yig‘inida (vakillar yig‘ilishida) hozir bo‘lganlarning yarmidan ko‘prog‘i uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, saylangan hisoblanadi.

9-modda. Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi nizom

Fuqarolar yig‘ini o‘zi tasdiqlagan nizom asosida faoliyat yuritadi. Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi nizomda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:



  • fuqarolar yig‘inining nomi;

  • fuqarolar yig‘inining hududi;

  • fuqarolar yig‘ini va uning organlari vakolatlari;

  • fuqarolar yig‘inini chaqirish tartibi;

  • fuqarolar yig‘ini kengashini tuzish tartibi;

  • fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini, shuningdek fuqarolar yig‘ini organlarining boshqa mansabdor shaxslarini saylash tartibi;

  • fuqarolar yig‘ini komissiyalarini tuzish tartibi;

  • fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) va rais maslahatchilarining vakolatlari;

  • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi faoliyatining moliyaviy asosi;

  • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organini qayta tashkil etish va uning faoliyatini tugatish tartibi.

Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi nizomda qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa ma’lumotlar ham bo‘lishi mumkin.

Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi namunaviy nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

to‘ylar va boshqa marosimlarni o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar beradi;

yilning har choragida tuman, shahar va viloyat hokimliklari rahbarlarining fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitadi. Fuqarolar yig‘inlarining hisobotlar to‘g‘risidagi bayonnomalari tegishli viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboriladi, ular bu bayonnomalarning hisobini yuritadilar, fuqarolarning murojaatlari bajarilishini nazorat qiladilar;

atrof muhitni muhofaza qilish va obodonlashtirish masalalari yuzasidan o‘z vakolati doirasida tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi;

fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘z mablag‘larini shakllantiradi, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mulkiga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi;

obodonlashtirish ishlarini o‘tkazish, umumiy foydalanishdagi joylarni ta’mirlash, shuningdek kam ta’minlangan oilalarning uylari va kvartiralarini ta’mirlashda yordam ko‘rsatish uchun aholidan ixtiyoriylik asosida mablag‘ yig‘ish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;

obodonlashtirish ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya-tozalash ishlari o‘tkazish uchun tegishli hududda joylashgan korxonalar va tashkilotlarning mablag‘laridan shartnoma asosida foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;

o‘z hududidagi ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘larini ixtiyoriylik asosida birlashtirish masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi;

pul mablag‘lari sarflanishi ustidan nazoratni tashkil etadi:

atrof muhitni muhofaza qilishga ko‘maklashadi;

guzarlar barpo etishga doir masalalarni ko‘rib chiqadi;

ma’muriy-hududiy birliklar va mahallalarning chegaralarini o‘zgartirish, mahallalar, ko‘chalar, maydonlar va boshqa obyektlarning nomini o‘zgartirish to‘g‘risida tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi;

er uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi tuman komissiyasiga o‘z vakilini yuboradi;

xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlariga majburiy to‘lovlarni yig‘ish, issiqlik va elektr energiyasidan, issiq va sovuq suvdan tejamli foydalanish yuzasidan tadbirlar o‘tkazishda, tegishli hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, uy-joylar va hovlilarni namunali saqlash yuzasidan ixtiyoriy ishlarni tashkil etishda ko‘maklashadi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Shahardagi mahalla fuqarolar yig‘ini ushbu moddada nazarda tutilgan vakolatlardan tashqari, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish va bolali muhtoj oilalarga nafaqalar tayinlash masalalarini hal etadi, oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratiladigan mablag‘lardan o‘z o‘rnida va samarali foydalanilishini ta’minlaydi.



Fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tomonidan kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatishni amalga oshirish uchun budjet va budjetdan tashqari mablag‘larni ajratish va ulardan maqsadli foydalanish bo‘yicha nazorat olib borish tartibi to‘g‘risidagi Nizom (ro‘yxat raqami 1161, 11.07.2002-y.), Voyaga etmagan bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa to‘lashni moliyalash tartibi to‘g‘risida Nizom (ro‘yxat raqami 1160, 11.07.2002-y.), Ishlamayotgan onalarga bolani ikki yoshga to‘lgungacha parvarish qilish bo‘yicha har oylik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizom (ro‘yxat raqami 1112, 14.03.2002-y.), Ishlayotgan onalarga bolani ikki yoshga to‘lgungacha parvarish qilish bo‘yicha har oylik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizom (ro‘yxat raqami 1113, 14.03.2002-y.) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 13-yanvardagi PF-2177-sonli “Aholini aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta’minlashda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari rolini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoniga qarang.

Shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yig‘ini shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolar yig‘inlariga ko‘maklashadi, markazlashtirilgan tarzda ajratiladigan mablag‘lardan qanday foydalanilayotganligi to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi.



[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlari]

Shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolar yig‘inining vakolatlari

Shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolar yig‘ini tegishli ravishda shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlariga qonun hujjatlari bilan berilgan istalgan masalani o‘zi ko‘rib chiqish uchun olish va hal etish huquqiga ega.

Shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolar yig‘ini:

fuqarolar yig‘inining raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalarning raislarini va a’zolarini saylaydi, yilning har choragida ularning hisobotlarini eshitadi;

raisning (oqsoqolning) maslahatchilari va fuqarolar yig‘ini Kengashi devonining miqdor tarkibini belgilaydi, raisning (oqsoqolning) taqdimnomasiga muvofiq fuqarolar yig‘inining mas’ul kotibini tayinlaydi;

qonunlarga rioya etilishi hamda boshqa qonun hujjatlari va o‘z qarorlari, shuningdek shaharcha, qishloq va ovul fuqarolar yig‘inining qarorlari ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;

pul mablag‘larining sarflanishi ustidan nazoratni tashkil etadi, fuqarolar yig‘inining taftish komissiyasini saylaydi, komissiya to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi, yilning har choragida uning hisobotlarini eshitadi;

hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha tadbirlar rejasini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish va bolali muhtoj oilalarga nafaqalar tayinlash masalalarini hal etadi, oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratiladigan mablag‘lardan o‘z o‘rnida va samarali foydalanilishini ta’minlaydi;

Fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tomonidan kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatishni amalga oshirish uchun budjet va budjetdan tashqari mablag‘larni ajratish va ulardan maqsadli foydalanish bo‘yicha nazorat olib borish tartibi to‘g‘risidagi Nizom (ro‘yxat raqami 1161, 11.07.2002-y.), Voyaga etmagan bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa to‘lashni moliyalash tartibi to‘g‘risida Nizom (ro‘yxat raqami 1160, 11.07.2002-y.), Ishlamayotgan onalarga bolani ikki yoshga to‘lgungacha parvarish qilish bo‘yicha har oylik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizom (ro‘yxat raqami 1112, 14.03.2002-y.), Ishlayotgan onalarga bolani ikki yoshga to‘lgungacha parvarish qilish bo‘yicha har oylik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizom (ro‘yxat raqami 1113, 14.03.2002-y.) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 13-yanvardagi PF-2177-sonli “Aholini aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta’minlashda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari rolini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoniga qarang.

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.[OKOZ:



1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlari]

  1. Fuqorolar yig’ini raisi, saylovi to’g’risidagi qonun.

Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi shaharcha, qishloq va ovul hamda shahardagi, shaharchadagi, qishloqdagi va ovuldagi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli), shuningdek uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga doir munosabatlarni tartibga solishdan iborat.



Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga doir munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.

Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovining asosiy prinsiplari

Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi demokratizm, oshkoralik va teng saylov huquqi asosida o‘tkaziladi.

Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarini saylashda tegishli hududda doimiy yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi), jinsi, irqiy hamda milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy hamda ijtimoiy mavqei, ma’lumoti, mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar, teng saylov huquqiga egadirlar.

Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarini saylashda fuqarolar yig‘inining har bir ishtirokchisi bir ovozga ega.



4-modda. Fuqarolarning fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovida ishtirok etish huquqi

Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovida fuqarolarning ishtirok etishi ixtiyoriy hamda erkindir. Fuqarolarga ularni saylovda ishtirok etishga yoki ishtirok etmaslikka majbur qilish maqsadida, shuningdek ularning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishiga ta’sir ko‘rsatishga hech kim haqli emas.

Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarini saylash huquqiga saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolar egadirlar.

Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarning fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovida ishtirok etishi mumkin emas.

Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovida fuqarolarning ishtirok etish huquqlarini biron bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklash taqiqlanadi.

5-modda. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishda oshkoralik

Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish ochiq va oshkora amalga oshiriladi.

Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi tashkil etilayotganda hamda o‘tkazilayotganda fuqarolar yig‘ini o‘tkaziladigan kun, vaqt va joy to‘g‘risida fuqarolar xabardor etiladi, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari vazifasiga ko‘rsatilgan nomzodlardan, ovoz berish yakunlaridan voqif qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik jarayonini hamda saylov qanday o‘tayotganligini yoritib boradi.



6-modda. Fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini saylash

Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari fuqarolar yig‘ini tomonidan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa fuqarolar vakillari yig‘ilishi tomonidan ikki yarim yil muddatga saylanadi.



7-modda. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash

Davlat hokimiyati hamda boshqaruv organlari fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishda fuqarolar yig‘inlariga ko‘maklashishlari, zarur hollarda ularni binolar, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlashlari shart.



II. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish

8-modda. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini o‘tkazish muddatlari

Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini o‘tkazish muddatlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.



9-modda. Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyalarni tuzish

Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishda fuqarolar yig‘inlariga amaliy yordam ko‘rsatish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar hamda shaharlar hududida tegishincha fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar komissiyalari (bundan buyon matnda komissiyalar deb yuritiladi) tuziladi.

Komissiyalar tegishli davlat hokimiyati vakillik organining qarori bilan fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish davri uchun tuziladi.

Komissiyalar tarkibiga, qoida tariqasida, fuqarolar yig‘inlarining, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari kiritiladi.

Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari vazifasiga nomzodlar komissiyaga a’zo shaxslar orasidan ko‘rsatilgan bo‘lsa, ular komissiya tarkibidan chiqariladi.

10-modda. Komissiyalarning vakolatlari

Komissiyalar:

ushbu Qonun ijro etilishini ta’minlaydi hamda fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish masalalari bo‘yicha tushuntirishlar beradi;

fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish bo‘yicha tegishli ishchi guruhlarining faoliyatini yo‘naltirib boradi;

fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini o‘tkazish masalalari bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil qiladi;

fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlaridan keyinchalik tegishli tumanlar, shaharlar hokimlari bilan kelishish uchun raislar (oqsoqollar) vazifasiga ko‘rsatilgan nomzodlarga doir hujjatlarni qabul qilib oladi;

fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga doir hujjatlarning namunalarini tasdiqlaydi;

fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlarining fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarga doir axborotlarini tinglaydi;

tegishli hududda fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlarini chiqaradi;

fuqarolarning fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish masalalariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqadi;

fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlarning arxivga topshirilishini ta’minlaydi.

Komissiyalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



Shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yig‘ini va shahardagi mahalla fuqarolar yig‘inining vakolatlari

Shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yig‘ini hamda shahardagi mahalla fuqarolar yig‘ini tegishli ravishda shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining hamda shahardagi mahalla fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlariga qonun hujjatlari bilan berilgan istalgan masalani o‘zi ko‘rib chiqish uchun olish va hal etish huquqiga ega.

Shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yig‘ini va shahardagi mahalla fuqarolar yig‘ini:

fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalarning raislarini va a’zolarini saylaydi, yilning har choragida ularning hisobotlarini eshitadi;

fuqarolar yig‘inining taftish komissiyasini hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ma’muriy komissiyani saylaydi, ular to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;

belgilangan tartibda raisning (oqsoqolning) maslahatchilari va fuqarolar yig‘ini Kengashi devonining miqdor tarkibini belgilaydi, raisning (oqsoqolning) taqdimnomasiga ko‘ra fuqarolar yig‘inining mas’ul kotibini tayinlaydi;

O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasiga asosan, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) maslahatchilarining miqdoriy tarkibi hovlilar, uylar, ko‘chalar, mahallalar, mavzelar va dahalardan vakillikni hisobga olgan holda fuqarolar yig‘ini tomonidan belgilanadi.

kengash, taftish komissiyasi va ma’muriy komissiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, yilning har choragida ularning hisobotlarini eshitadi;

fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining faoliyat dasturini va xarajatlar smetasini, hududni kompleks rivojlantirishni ta’minlash, aholi punktlarini obodonlashtirish va ularning sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar rejalarini tasdiqlaydi;

qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining, shuningdek o‘z qarorlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining a’zoligiga nomzodlarni tegishli okrug saylov komissiyalariga tavsiya etadi;

xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzod ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;



Fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini saylash

Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari ikki yarim yil muddatga saylanadi. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) tegishli tuman, shahar hokimi bilan kelishilgan holda, maslahatchilar esa fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) taqdimiga binoan saylanadi.



Fuqarolar yig‘inining raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini saylash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

  1. Mahalla institutlarini yanada takomillashtirish chira tadbirlari to’g’riida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga
ShARH
Yurtimizda azal-azaldan mahalla tarbiya o‘chog‘i hisoblanadi. Avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan milliy qadriyatlarimiz, xalqimizning turmush va tafakkur tarzini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashda uning o‘rni va ahamiyati beqiyos. Mustaqillik yillarida mahalla institutining nufuzini oshirish nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, balki siyosiy, tarbiyaviy va ulkan ma’naviy ahamiyatga ega bo‘lgan ustuvor vazifa sifatida belgilanib,
mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda uning ishonchli tayanch va ta’sirchan kuch bo‘lib xizmat qilishi uchun zarur shart sharoitlar yaratish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar bosqichmabosqich amalga oshirildi. Xususan, milliy davlatchiligimiz tarixida ilk bor shaharcha, qishloq, ovul va mahalla fuqarolar yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarishning hududiy birliklari sifatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105- moddasida mustahkamlab qo‘yildi. Yuzdan ortiq normativ-huquqiy hujjatlarda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamiyat hayotining muayyan sohasidagi ishtiroki o‘z aksini topdi. Birgina so‘nggi besh yilda yangi tahrirdagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi hamda “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, mahallalar hamda ulardagi jamoatchilik tuzilmalari faoliyatiga oid 20 ga yaqin nizom qabul qilinib, ijtimoiy hayotga tatbiq etildi. Shuningdek, tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari hamda “Mahalla” ma’rifiy teleradiokanali tashkil etildi.
Hozirgi kunda yurtimizda 10 mingga yaqin fuqarolar yig‘inlari tomonidan ilgari mahalliy davlat hokimiyati organlariga taalluqli bo‘lgan 30 dan ziyod ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik vazifalar muvaffaqiyatli bajarib kelinmoqda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida oxirgi besh yil mobaynida fuqarolar yig‘inlarining 1600 ga yaqin xizmat binolari joriy, 367 tasi kapital ta’mirlandi va 350 dan ziyodi rekonstruksiya qilindi, namunaviy loyihalar asosida 216 ta bino yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi. Amalga oshirilgan keng ko‘lamli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar natijasida mahalla noyob, dunyoda o‘xshashi bo‘lmagan tuzilmaga aylandi, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida faol ishtirok etishi uchun mustahkam zamin yaratildi. Shu bilan birga, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning zamonaviy talablari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarning samarali ijrosini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mahalliy ahamiyatga molik masalalarni
samarali hal qilishdagi rolini oshirish, fuqarolar yig‘inlarining mushtarak manfaatlarini ifoda etadigan uyushmaga birlashish huquqini ro‘yobga chiqarish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda davlat organlari va fuqarolik jamiyati
institutlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni belgilab berdi. Xususan, Farmonda mahalla institutini yanada takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi: fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamiyatdagi o‘rni va rolini yanada kuchaytirish, ularni joylarda xalqning chinakam maslakdoshi va ko‘makdoshiga aylantirish; jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini shakllantirishda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda rivojlantirishda mahallalarning ahamiyati va nufuzini yanada oshirish; yoshlarni ma’naviy boy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularning bandligini ta’minlash, yosh avlodni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, aholining ehtiyojmand qatlamlarini, keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining davlat va nodavlat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini mustahkamlash; jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashda, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda, fuqarolarda qonunga hurmat hissini kuchaytirishda mahallalarning bevosita ishtirokini kengaytirish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirishning samarali mexanizmlarini joriy etish, mahalla tizimida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini ta’minlash. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashiga yuridik shaxs maqomini bergan holda uni fuqarolar yig‘inlarining uyushmasi shaklida tashkil etish nazarda tutilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlarda tuzilgan kengashlarni esa Respublika kengashining tarkibiy tuzilmalari sifatida tashkil etish belgilandi.
Kengashlarning nufuzi va maqomini oshirish, joylarda aholi tomonidan ko‘tarilayotgan masalalarni ijro hokimiyati organlarining rahbarlari e’tiboriga yetkazish va mazkur masalalarni hal etish bo‘yicha ularning bevosita ishtirokini yanada kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tumanlar va shaharlar hokimlari zimmasiga tegishincha Respublika kengashi, hududiy kengashlarga jamoatchilik asosida raislik qilish vazifasi yuklatildi. Kengashlar zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini samarali ta’minlash, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, sohada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni moliyalashtirish bo‘yicha ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida Respublika kengashi va hududiy kengashlar raislarining birinchi o‘rinbosarlari bir vaqtning o‘zida “Mahalla” fondining tegishincha respublika boshqaruvi hamda hududiy bo‘lim va bo‘linmalariga raislik qilishlari haqidagi tashabbus qo‘llab-quvvatlandi. Shuningdek, Farmonda yoshlarni ona Vatanga muhabbat, xalqimizning ko‘p asrlik an’analariga hurmat ruhida tarbiyalash, mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, keksa avlod vakillarining ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash borasida joylarda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida Respublika kengashida tashkiliy ishlar va uslubiy masalalar bo‘yicha rais o‘rinbosari, shuningdek Respublika kengashi hamda hududiy kengashlarda yoshlar ishlari, diniy-ma’rifiy masalalar,
keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha rais o‘rinbosarlari lavozimlarini, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida esa jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan mahalla fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosari – yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimini joriy etish nazarda tutildi. Bundan tashqari, ijtimoiy muhim masalalarni hal etishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida kengashlar kollegial organlari tarkibiga tegishincha davlat hokimiyati vakillik organlari vakillari, moliya, ichki ishlar, mehnat, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash vazirliklari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Nuroniy” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, boshqa davlat va
nodavlat tashkilotlar hamda ularning hududiy tuzilmalari rahbar xodimlarini kiritish mo‘ljallanmoqda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari zimmasiga yuklatilgan
vazifalarning samarali ijrosini ta’minlash maqsadida mahalla fuqarolar yig‘ini Kengashi tarkibiga fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosarlarini (fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilarini), hududdagi
profilaktika inspektorlarini, ta’lim muassasalari va qishloq vrachlik punktlari (oilaviy poliklinikalar) rahbarlarini kiritish va ularning o‘z faoliyati yuzasidan yilning har choragida fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi)ga hisobot taqdim qilishlari amaliyotini joriy etish belgilab qo‘yildi. Qayd etilgan asosiy vazifalar va yangi normalarni hayotga tatbiq etish uchun Farmon bilan kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini qo‘llabquvvatlash borasida 37 ta aniq tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadigan Kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Farmonni ijro etish doirasida “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi, “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining
qonunlari va bir qator boshqa qonun hujjatlariga zarur o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi. Shuningdek, mutasaddi vazirlik, idora va tashkilotlar zimmasiga fuqarolar yig‘inlarining bandlikka ko‘maklashuvchi tuman (shahar) markazlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta’lim muassasalari hamda moliya va sog‘liqni saqlash organlari bilan o‘zaro hamkorligini nazarda tutadigan tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish vazifasi yuklandi. Bundan tashqari, mahalla fuqarolar yig‘inlarining mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal etish bo‘yicha mustaqilligini ta’minlash, o‘zini o‘zi boshqarish tizimida ortiqcha bo‘g‘inlardan voz
kechish maqsadida tarkibida mahallalar tuzilgan shaharcha, qishloq va ovul fuqarolar yig‘inlarini mahalla fuqarolar yig‘inlariga birlashtirish va bo‘lish yo‘li bilan qayta tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, bolalar sport maydonchalari, maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish maqsadida 2017-2021- yillarga mo‘ljallangan hududiy dasturlar ishlab chiqiladi. Shuningdek,
2018-yilning 1-dekabriga qadar tumanlar va shaharlar markazlarida “Mahalla markazi” majmualari binolarini namunaviy loyihalar asosida barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Shu bilan birga, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarning amalga oshirilishiga munosib
hissa qo‘shgan tashabbuskor fuqarolar va jamoatchilik tuzilmalari vakillariga taqdim etiladigan “Mahalla iftixori” ko‘krak nishonini ta’sis etish nazarda tutilmoqda.
Farmonda hamda u bilan tasdiqlangan Kompleks chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari zimmasidagi vazifalarni samarali bajarish, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, davlat
organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada mustahkamlash imkonini beradi.

  1. Obod mahalla to’g’risidagi prezidentimiz farmonlari.

Obod mahalla” dasturi to‘g‘risida

Mamlakatimizni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasini izchil amalga oshirish va muhim ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘nalishlarini samarali harakatga keltirishda shaharlar salmoqli hissa qo‘shmoqda. Yurtimizning qadim tarixga ega bo‘lgan yoki yaqin o‘tmishda tashkil etilgan 30 dan ortiq yirik shaharlarida yashayotgan mehnatsevar aholining samarali faoliyati tufayli har yili o‘rta hisobda jami sanoat mahsulotlarining 53,4 foizi ishlab chiqarilmoqda.

Mazkur salohiyatdan oqilona foydalanish, xususan tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, mahalliy budjetning daromad bazasini kengaytirish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish va pirovard natijada aholi turmush sifatini yaxshilash kabi yo‘nalishlar mahalliy hokimliklarning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.

Biroq, barcha darajadagi mahalliy hokimliklar va kommunal tarmoq korxonalari tomonidan bevosita zimmasidagi muvofiqlashtirish vazifasining to‘liq bajarilmasligi oqibatida mahalladagi ijtimoiy va muhandislik infratuzilmalari nochor ahvolga tushib qolgan.

Shuningdek, mahalla aholisining o‘zi yashaydigan hududini asrab-avaylash va saqlashga mas’uliyat bilan yondashish hissi susaygan. Tabiiyki, bunday holatda jonajon Vatanimizning har bir go‘shasida, uylarimizda farovonlik, fayz-baraka bo‘lmaydi, qolaversa mahallalarimizning obodligi ta’minlanmaydi.

O‘z navbatida, mahallalar hududlarida aholiga xizmat ko‘rsatadigan tuzilmalarning faoliyati doimiy ravishda yo‘lga qo‘yilmaganligi oqibatida aholi kundalik ijtimoiy-maishiy masalalar bilan ham mahalliy hokimlik va davlat organlariga murojaat qilishga majbur bo‘lmoqda.

Hududlarga tashriflar jarayonida joylardagi haqiqiy ahvol bilan tanishish, bevosita mahallalar va xonadongacha kirib borish hamda aholi bilan muloqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, shahar mahallalarida quyidagi tizimli muammolar mavjud:

birinchidan, mahallalarning bosh rejalari va batafsil rejalashtirish loyihalarining mavjud emasligi hamda mahalliy hokimliklar, hududiy arxitektura idoralari va mahalla fuqarolar yig‘inlari shaharsozlik norma va qoidalariga amal qilmaganligi oqibatida joylarda o‘zboshimchalik bilan betartib qurilishga barham berilmayapti;

ikkinchidan, shahar infratuzilmasini rivojlantirish ishlari ishonchli moliyaviy manbalar bilan ta’minlanmaganligi oqibatida, ularni o‘z vaqtida va to‘liq modernizatsiya qilish imkoniyati cheklanib, kommunal xizmatlar ta’minotidagi yetishmovchilik va uzilishlar yuzaga kelmoqda;

uchinchidan, ichki yo‘llar holati talab darajasida emas va ularning o‘tkazish quvvatlari foydalanish uchun moslashmagan, drenaj-irrigatsiya tizimining eskirganligi hamda yaroqsiz holga kelib qolganligi sizot suvlar sathini pasaytirish imkonini bermaydi.

Mahallalar hududini obodonlashtirish, mavjud infratuzilmani kompleks rivojlantirish, shuningdek, yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik kommunikatsiyalari va ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish hamda shu asosda aholining turmush sharoitini yuksaltirish maqsadida:

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining shaharlarda aholining farovon yashashi va samarali mehnat faoliyatini ta’minlashga qaratilgan “Obod mahalla” dasturini amalga oshirish, xususan joriy yilda 2 tadan va 2019 — 2022-yillarda kamida 3 tadan mahallalarda qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini bajarish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.

2. Quyidagilar “Obod mahalla” dasturining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:

har bir mahallada o‘z ichiga mahalla guzarini, tibbiyot maskanlari negizida qulay va arzon dorixonalarni, zarur maishiy xizmat va servis shoxobchalarini, bolalar maydonchasi hamda kichik istirohat bog‘ini qamrab oladigan “mahalla markazi”ni barpo etish;

har bir mahallaning tarixan shakllangan tadbirkorlik va hunarmandchilik salohiyatini hamda ma’naviy-madaniy an’analarini qayta tiklash va rivojlantirish;

mahalla hududida bo‘sh turgan yer maydonlarini yoki foydalanilmasdan turgan bino va inshootlarni tadbirkor va hunarmandlarga “nol” qiymatda berish asosida mikro sanoat zonalarini va hunarmandchilik markazlarini tashkil etish hisobiga mahalla ahlini ish bilan ta’minlash;

mahalla ahlini elektr energiyasi, ichimlik suvi, ko‘mir va tabiiy gaz bilan ishonchli ta’minlash, maishiy chiqindilarni to‘plash va chiqarishning zarur infratuzilmasini yaratish va har bir oila energiya va kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirishi va xonadonlardagi o‘lchov-hisoblash uskunalarining bir maromda ishlashi uchun mahallaning mas’uliyatini keskin oshirish;

sug‘orish uchun mavjud suv resurslaridan kelib chiqib ariq-irrigatsiya tizimini moslashtirish, kollektor va drenaj tizimlarini modernizatsiya qilish, sizot suvlar sathini pasaytirish;

mahalla ahlining ehtiyojiga mos keladigan, keng ichki yo‘llarni va piyodalar yo‘laklarini qurish hamda ta’mirlash, yo‘l bo‘yini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, tashqi yoritish tizimlarini barpo etish;

mahalla hududidagi maktabgacha ta’lim muassasalarini, umumta’lim maktablarini, tibbiyot, madaniyat va jismoniy tarbiya hamda sport tashkilotlari bino va inshootlarini ustuvor ravishda rekonstruksiya qilish va ta’mirlash;

ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj oilalarga ularning uy-joylarini ta’mirlashda moddiy va moliyaviy yordam ko‘rsatish hamda aholini qurilish materiallari bilan imtiyozli tarzda ta’minlash;

har qanday qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini, shuningdek, mahallaning zamonaviy shaharsozlik qiyofasini yaratishga qaratilgan barcha loyihalarni faqat bosh rejaga muvofiq holda amalga oshirish.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mahalliy hokimliklar va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda aholiga xizmat ko‘rsatadigan tuzilma va tashkilotlar bo‘linmalari (vakillari)ning faoliyatini tashkil etish hamda ularning muntazam ravishda ishlashini ta’minlashga qaratilgan vazifa va yo‘nalishlardan kelib chiqib, “Obod mahalla” dasturi parametrlarini shakllantirish hamda amalga oshirishning uzoq muddatli mexanizmi va aniq manbalarini aniqlab, ijrosini ta’minlashga qaratilgan qaror loyihasini kiritsin. Bunda:

ko‘p xonadonli va yakka tartibdagi uy-joylarni ta’mirlash va ularga tutashgan hududlarni obodonlashtirish, piyodalar yo‘laklari, irrigatsiya va sug‘orish tizimlari hamda chiqindi yig‘ish maydonchalarini barpo etish;

mahalla ichki avtomobil yo‘llarini va transport kommunikatsiya tizimini ta’mirlash, ichimlik suvi va oqova suv ta’minotini yaxshilash, elektr energiyasi va gaz ta’minoti hamda ko‘chalarni yoritish tizimini tiklash, issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilish;

ijtimoiy soha obyektlari, zamonaviy sport inshootlari va mahalla guzarlarini tashkil etish, bozor infratuzilmasi obyektlari, jumladan hammom, savdo va maishiy xizmat majmualarini qurish;

mahalla hududidagi loyihalarni joylashtirish va bo‘sh yerlarni ajratishda mahallaning ravnaqiga xizmat qiladigan yo‘nalishlarga ustuvorlik berish va bu borada barcha darajadagi arxitektura organlari mutasaddilarining shaharsozlik talablariga so‘zsiz rioya qilish yuzasidan shaxsiy mas’uliyatini oshirish;

mahalla aholisining farovon turmush kechirishi uchun munosib sharoit yaratish, mavjud ijtimoiy va muhandislik infratuzilmalarini saqlash, asrab-avaylash vazifalarini barcha darajadagi mahalliy hokimliklar zimmasiga shaxsan yuklatish;

dasturda har bir mahalla fuqarosining obodlik uchun ko‘ngildan chiqayotgan orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish va shaxsiy hissasini qo‘shishda barcha imkoniyatlarni safarbar etish, bunyodkorlik harakatlarini qo‘llab-quvvatlash, “mahalla obodligi xonadon obodligidan boshlanadi” degan tashabbus asosida o‘z mahallasini obod qilish uchun aholida mas’uliyat hissini kuchaytirish;

aholiga kundalik ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatadigan xizmatlar va tuzilmalar faoliyatini bevosita yirik (o‘rtacha doimiy aholi soni 4 ming kishidan ortiq) mahallalarning o‘zida yo‘lga qo‘yish nazarda tutilsin.

4. “Obod mahalla” dasturi doirasida bajariladigan qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini moliyalashtirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida shaharlar va tumanlar uchun “Obod mahalla” jamg‘armalari tashkil etilsin hamda kuyidagilar ularning manbalari etib belgilansin:

O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan transfertlar;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari va ularning qo‘shimcha mablag‘lari;

“Mahalla” xayriya jamoat fondi, hasharlar va xayriya tadbirlarini o‘tkazish hisobidan tushadigan mablag‘lar, tashkilotlarning homiylik xayriyalari;

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari;

xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy davlatlar grant mablag‘lari;

tashabbuskor tadbirkorlar mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.

5. Belgilab qo‘yilsinki:

2018-yilda “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan mahallalardagi ijtimoiy soha va infratuzilma obyektlari, ichki yo‘llarni qurish va ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya xamda kollektor va drenaj tizimlarini modernizatsiya qilish va sizot suvlar sathini pasaytirish ishlarini moliyalashtirish uchun qo‘shimcha ravishda talab etiladigan mablag‘lar teng ulushlarda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalar hamda mahalliy budjetlar hisobidan, kelgusi yillarda esa O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlari mablag‘lari va xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy davlatlarning grant mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;

“Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshiriladigan elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti, aloqa tizimi va umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ta’mirlash ishlari “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, “O‘zbektelekom” AK, Respublika yo‘l jamg‘armasi hamda boshqa tashkilot va tarmoq korxonalarining o‘z mablag‘lari hisobidan tegishli maqsadlar uchun to‘g‘ridan to‘g‘rimoliyalashtiriladi;

“Obod mahalla” va “Obod qishloq” dasturlari doirasida bajariladigan ta’mirlash ishlari (kapital qurilishdan tashqari) va obodonlashtirish tadbirlari ularni loyihalashtirish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan mustaqil ravishda tasdiqlanadigan manzilli ro‘yxat asosida moliyalashtiriladi;

“Obod mahalla” va “Obod qishloq” dasturlari doirasida bajariladigan qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish hamda obyektlarning ish hajmi va smeta qiymatlarini asossiz ravishda oshirib yubormaslik uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari shaxsan mas’uldir.

6. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda kelgusi yillarda rivojlanish dasturlari parametrlarini belgilashda “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan obyektlar uchun zarur miqdordagi mablag‘larning nazarda tutilishini ta’minlasin.

7. “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan mahallalarda qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini bajarish uchun mahalliy qurilish materiallari, buyumlari va jihozlarini yetkazib beradigan ishlab chiqarish korxonalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi “Obod qishloq” dasturi to‘g‘risida”gi PF-5386-son Farmonining 7-bandi bilan taqdim etilgan imtiyozlar tatbiq etilsin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, sektorlar rahbarlari, xo‘jalik birlashmalari, korxona va tashkilotlar bilan birgalikda:

“Obod mahalla” dasturiga kiritilgan mahallalarda qurilish va obodonlashtirish ishlariga ishsiz aholini 6 oylik muddatgacha jalb qilish va birinchi oylik ish haqini ish boshlagan kunida oldindan 50 foizini bo‘nak sifatida to‘lash shartlarida haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etsin;

mahallalarda bo‘sh turgan bino va inshootlarda mikro sanoat zonalarini tashkil etish, ijtimoiy soha va bozor infratuzilmasi obyektlarini qurish, shuningdek, aholiga xizmat ko‘rsatish va servis shoxobchalarini barpo etish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish va aholining ish bilan bandligini oshirish choralarini ko‘rsin.

9. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda mahallalarda aholini, jumladan yoshlarni ish bilan ta’minlash uchun mikro sanoat zonalarini tashkil etib, zamonaviy ixcham ishlab chiqarish korxonalari va maishiy texnikalarga xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini joylashtirsin.

Bunda hududlarda foydalanilmasdan bo‘sh turgan bino va inshootlardan samarali foydalanish ta’minlansin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda “Obod mahalla” jamg‘armalarini tashkil etish, uning mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini tasdiqlasin hamda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazsin.

11. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Milliy axborot agentligi, Matbuot va axborot agentligiga barcha turdagi ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ulkan qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini batafsil yoritib borish va keng xalq ommasi orasida targ‘ib qilish tavsiya etilsin.

12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 27-iyun,

PF-5467-son



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR :

  1. (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2018-y., 06/18/5467/1412-son)

  2. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2013-yil 22-apreldagi O‘RQ-350-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahriri.

  3. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish, toponimik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida”gi qonuni.

  4. O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni.

  5. Fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tomonidan kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatishni amalga oshirish uchun budjet va budjetdan tashqari mablag‘larni ajratish va ulardan maqsadli foydalanish bo‘yicha nazorat olib borish tartibi to‘g‘risidagi Nizom (ro‘yxat raqami 1161, 11.07.2002-y.), Voyaga etmagan bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa to‘lashni moliyalash tartibi to‘g‘risida Nizom (ro‘yxat raqami 1160, 11.07.2002-y.), Ishlamayotgan onalarga bolani ikki yoshga to‘lgungacha parvarish qilish bo‘yicha har oylik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizom (ro‘yxat raqami 1112, 14.03.2002-y.), Ishlayotgan onalarga bolani ikki yoshga to‘lgungacha parvarish qilish bo‘yicha har oylik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizom (ro‘yxat raqami 1113, 14.03.2002-y.) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 13-yanvardagi PF-2177-sonli “Aholini aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta’minlashda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari rolini oshirish to‘g‘risida”gi farmoni.




Download 135.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling