Universiteti g. N. Axunova, N. N. Shamshiyeva
Download 0.72 Mb.
|
RAQOBAT STRATEGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Farg‘ona azot” OTAJ xo‘jalik faoliyati samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar
Korxonani biznes-jarayonlar asosida boshqarishga doir samarali mexanizmni qo‘llanishning amaliy jihatlari tahlili. Bu borada sanoat korxonasida menejment tizimini rivojlantirish maqsadida korxonaning funksional bo‘linmalari (biznes jarayonlar)ni boshqarish uslublarini tahlil etishni uning xo‘jalik faolitiga kompleks baho berish bilan birga amalga oshirish lozim. O‘quv qo‘llanmada ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiradigan sanoat korxonasi tahlili obyekti sifatida namoyon bo‘ladi va bu ish mintaqaning samarali sanoat siyosatini ishlab chiqishning ko‘plab strategik vazifalarini hal etishga qaratilgandir. “Farg‘ona azot” OTAJ faoliyatining asosiy turi asboblarni ishlab chiqish va ishlab chiqarishdir. Korxonaning moliyaviy holatini quyidagi predmetlar tahlili asosida taqdim qilish mumkin: likvidlilik; moliyaviy barqarorlik; amaliy faollik; samaradorlik (foydalilik). Korxonada mavjud bo‘lgan samaradorlikni oshirish zaxiralarini aniqlashga imkon beradi. “Farg‘ona azot” OTAJning ishlab chiqarish markazlaridan biri bazasida axboratchilik MRP- tizimi ishlab chiqilgan va joriy etilgan. Tizim doirasida ishlab chiqarishni boshqarish funksiyalari amalga oshirildi: savdolar va operatsiyalarni rejalashtirish, ishlab chiqarishni rejalashtirish, ishlab chiqarishning bosh kalendar rejasini shakllantirish, materiallarga ehtiyojlar, quvvatlarga ehtiyojlarni rejalashtirish, rejalarni ijro etishni qo‘llab-quvvatlash tizimi amalga oshiriladi.
12-jadval “Farg‘ona azot” OTAJ xo‘jalik faoliyati samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar
Boshqaruv tizimini rivojlantirish maqsadida ERP tizimini joriy etish maqsadga muvofiqdir, u korxonaning moliyaviy va xo‘jalik faoliyatini boshqarish uchun mo‘ljallangan, uning asosiy funksional biznes birliklarga daxldordir (marketing, rejalashtirish, ishlab chiqarish, moliya va hisob, logistika va xodimlarni boshqarish, zaxiralarni boshqarish, sotish, mahsulotlarni ishlab chiqarish (yetkazib berish) va xizmatlarni ko‘rsatishga buyurtmalarni rasmiylashtirish). Ushbu texnologiya asosida rahbariyat uchun samarali boshqaruvchilik korxonalarini qabul qilish, korxonaning yetkazib beruvchilar va iste’molchilar bilan axborotlarni elektron shaklda almashinishi bo‘yicha infratuzilmani shakllantirish uchun zarur axborotlar ta’minlanadi. Bajarilgan tadqiqotga yakun yasab, shuni ta’kidlash kerakki, muammoning kompleks va bir tizimli nazariy-metodologik idrok etilishi, umumiy va maxsus qonuniyatlarning aniqlanishi, shuningdek biznes- jarayonlarni rivojlantirish asosida korxona menejmenti tizimining takomillashtirilishi mavjud holatni rivoj toptirish, umuman korxonani va alohida bo‘linmalarni tashkilot samaradorligi, rivojlangan kommunikat- siya vositalari mavjudligi, rahbarlar to‘plagan kasbiy bilimlar va mala- kalar hajmi, shuningdek ulardan intensiv foydalanish imkoniyatlari bilan belgilanadigan tarzda samarali boshqarishni ta’minlashga imkon beradi. Muallifning aniq takliflari iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, tarkibiy-texnologik modernizatsiya qilishni tezlashtirish, jahon moliyaviy krizislar ta’siridan, himoyalash va uni ijtimoiy yo‘naltirishni kuchay- tirishga qaratilan samarali makroiqtisodiy mexanizmni tashkil etishga yordam beradi. Ushbu amaliy tavsiyalardan: raqobat, investitsiya, soliq, pul-kredit, valuta va ijtimoiy mexanizmlarning rag‘batlantiruvchi funksiyasini oshirish; korxonalarda iqtisodiyotni tarkibiy texnologik modernizatsiya qilish va tashqi savdo tabaqalashtirishga ko‘maklashadigan samarali sanoat siyosatini ishlab chiqarish; aholi farovonligini oshirish maqsadida ijtimoiy sohada chuqur islohotlarni amalga oshirish hamda bilimlarga asoslangan iqtisodiyot zarurligi va yo‘llarini asoslashda katta qiziqish uyg‘otadi; - respublikada korxonalar raqobatbardoshligi muammosi tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish va rivojlantirishga yagona bir turtki bo‘ladi. Tadqiqot natijalaridan boshqaruv tuzilmalari, ilmiy tadqiqot muassasalari, jamoat tashkilotlari iqtisodiyotni rivojlantirish sifatini oshirish mexanizmlari, shuningdek, uni rivojlantirishning umumiy va mahalliy strategiyalarini ishlab chiqishda foydalanishi mumkin. Ilmiy ishning ayrim qoidalari investorlar tomonidan iqtisodiyotning investitsiyaviy jozibadorligini baholashda qo‘llanishi mumkin. Ilmiy ishda bayon etilgan bilimlar iqtisodiyotini shakllantirish va o‘sish sur’ati sifatini rag‘batlantirishning ijtimoiy-bozor mexanizmi samaradorligini oshirishga doir nazariy qoidalar hamda amaliy tavsiyalar oliy o‘quv yurtlarining iqtisodiyot fakultetlari o‘qituvchilari, talabalar va biznes-maktab tinglovchilariga “Menejment” va “Innovatsion menejment”, “Strategik menejment” fanlarini o‘qitishda katta naf beradi. O‘tkazilgan izlanishlar quyidagi xulosalarni qilishga imkon beradi: 1. Bozor munosabatlari sharoitida boshqaruv tashkiloti samara- dorligi, nafaqat, iste’mol qiymatini ishlab chiqarishga ketadigan sarflar- ning qisqarishida, balki potensial imkoniyatlardan to‘liq va oqilona foydalanish, iqtisodiyotning tarkibiy o‘zgarishi, mahsulot sifati va raqobatbardoshlikning oshishi, ishchilar tashabbusi vujudga kelishi uchun zaruriy sharoitlarni yaratish, kichik biznes va xususiy tadbir- korlikning rivojida aks etadi. O‘tish iqtisodi sharoitida iqtisodiy o‘sish sur’atini obyektiv zaruriyligi va imkoniyati yuzaga chiqadi. Bu samaradorlikning barcha omil va zaxiralarini harakatga keltirishni talab qiladi. Boshqaruv samaradorligi konsepsiyasi iqtisodiy rivojning barcha omillari uzviy birligini ta’minlaydi. Omillarni bir-biridan ajratib qo‘yishiga intilish va ularni to‘g‘ri baholamaslik moddiy yo‘qotishlarga va ijtimoiy o‘zgarish sur’atlarini o‘zgarishiga olib keladi. Iqtisodni bozor munosabatlariga o‘tkazish bo‘yicha mamlakatda olib borilayotgan islohotlar boshqaruv tizimidagi tashkiliy-iqtisodiy mexanizm rolining oshishiga bog‘liq. Istagan darajadagi boshqaruv tashkilotidagi ko‘rinish va jarayonlarni tahlil qilishda iqtisod ishlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini hisobga olish muhim. Bunda bozor iqtisodi sharoitidagi tashkiliy-iqtisodiy mexanizm faoliyati muammolarni o‘rganish ijtimoiy-iqtisodiy rivojda foydalanish bo‘yicha amaliy tadbirlarni ishlab chiqarishda katta ahamiyatga ega. Faqatgina iqtisodiy boshqaruv tashkiliy-iqtisodiy mexanizmni bilish va takomillashtirish asosida iqtisodiy o‘sish tashkiliy va iqtisodiy omillarni har tomonlama ochish va chuqur tahlil qilib chiqish mumkin. Ilmiy-texnikaviy rivoj iqtisodiy boshqaruv tashkil etilishining yanada ilg‘or metodlarining vujudga kelishi va tarqalishi bilan bog‘liq yangi an’analarni keltirib chiqaradi. “Inson-texnika-boshqaruv” tizimi bilan bog‘liq holda doim iqtisodiy boshqaruv tashkiliy – iqtisodiy mexanizmini hisobga olgan holda takomillashishi kerak. Ushbu sohadagi nazariy va amaliy ish, birinchidan, boshqaruv tashkiliy shakllarining ilmiy-texnikaviy rivojga qarab o‘zgarishi obyektiv zaruriyligini; ikkinchidan, uzilish paydo bo‘lishining nojoizligi va texnika darajasi bilan boshqaruv darajasi o‘rtasida muvofiqlikning zaruriyligi; uchinchidan, yangi texnika va texnologiyaning xo‘jalik yuritishning yangi shakllari bilan muvofiqligining zaruriyligini e’tibiorga olish kerak. Va asosiy vazifa yangi texnika va texnologiyaning iqtisodga moyilligi hisoblanadi. Biroq, hozirgi paytda oldingi bosqichdagi boshqaruv tashkilotining ilmiy-texnikaviy rivoj doirasidan qoloqligi to‘la tugatildi deb aytib bo‘lmaydi. Bunday qoloqlikning mavjudligi yangi texnika va texnologiyadan qoniqarsiz foydalanish va ish vaqtining yo‘qotilishida hisoblanadi. Shu sababli amaliy ma’qullik nuqtayi nazaridan boshqaruvni tashkil etish va uni korxonalarda qo‘llashdagi xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganishni yanada faollashtirish zarur. Bozor iqtisodi sharoitida ish o‘rinlari va ishchi o‘rinlarini muvozanatlashtirish zaruriy shart hisoblanadi. Shu sababli, bu vazifaning muhim yo‘nalishi uzoq muddatli bashoratlardan boshlab va undan foydalanish yillik balansi, shuningdek so‘ngilarini to‘liq tavsiya qilish va pasport berish asosida ish joylarini hosil qilish va yopishni rejalashtirish, ham davlat, ham xususiy sektorni qamragan holda tugatib odam resurslarini shakllantirish hisoblanadi. Turli mulk shakllarining, xususan, xususiy sektorning rivojlanish va ishchi kuchiga bog‘liq talab va taklifga mo‘ljallangan mehnat bozorining shakllanishi uzoq istiqbol uchun dastur va loyihalar ishlab chiqish vazifasini qo‘yadi. Ular inson resurslari bashoratlarini ilmiy asoslangan investitsiya loyihalari shakllanishiga, yangilanish sur’atlariga, eskirgan uskunalarga, ishchi kuchlari bankrotga uchragan korxonalardan zaruriy qisqarish ko‘lamlarini, oldindan uning sohaviy va hududiy qayta taqsim- lanishni aniqlashga faol ta’sir vositasiga aylantirish imkonini beradi. Samaradorlikni to‘g‘ri baholash va hisoblash uchun iqtisodiy boshqarish samaradorligi omil va ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularni tizimlashtirish muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy fanda hanuz boshqaruv samaradorligi to‘liq bahosini ifodalovchi, umumlashtiruvchi ko‘rsatkich topilmagan. Chunki, boshqaruv apparatidagi mehnat sarflari malakali faoliyatga taalluqli. Bu savol boshqaruv samaradorligini baholashning umumlashtiruvchi ko‘rsatkichini izlashda bahsli bo‘lib qoladi. O‘tish iqtisodida boshqaruv samaradorligini baholash uchun “ish bajarish tezligi” ko‘rsatkichi maqsadga muvofiq hisoblanadi va bu asosda boshqaruv faoliyatidagi mehnat sarfining qisqarishi yotadi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling