Universiteti jizzax filiali


Download 334.01 Kb.
bet5/5
Sana16.06.2023
Hajmi334.01 Kb.
#1491112
1   2   3   4   5
Bog'liq
Statistika

YAIM va narxlar darajasi.
YAIM – pul, vaqt va sifat ko’rinishidagi ko’rsatkich bo’lib sanalgani sababli, uning hajmini hisoblashda narxlar o’zgarishining ta’siri kuchli bo’ladi. YAIM hajmiga uning tarkibiga kiruvchi barcha pirovard tovar va xizmatlarning jismoniy hajmlaridagi hamda narxlaridagi o’zgarishlar ta’sir o’tkazadi. Ammo bizni, narxlar emas, balki, birinchi navbatda, ishlab chiqarilgan va uy xo’jaliklarining iste’moli uchun yo’naltirilgan tovar va xizmatlar miqdori qiziqtiradi. YAIM qiymatining o’zgarishi, ko’p holatlarda ishlab chiqarish ne’matlarining hajmi hisobiga emas, balki kuchli inflyatsiya hisobiga, sodir bo’lishi mumkin. Masalan, YAIM qiymatining 4 foizga o’sishi, past darajadagi inflyatsiya sharoitida ishlab chiqarish hajmining 4 foiz o’sishi hisobigami yoki ishlab chiqarish hajmi o’zgarmagan xolda inflyatsiya darajasining 4 foizga o’sishi hisobiga, yoki ikkala omil 2 foizdan o’sishi hisobiga olingani to’g’risidagi savolga to’g’ridan-to’g’ri javob bera olmaymiz. Bunda asosiy muammo bo’lib pul ko’rsatkichini (vaqt, miqdor) shunday to’g’rilash kerakki, narxlar o’zgarishini emas, balki mahsulot miqdori, yoki fizik hajmining o’zgarishini aniq ko’rsatsin. Turli mamlakatlar statistika xizmatlarida har bir davr uchun YAIM hajmi o’zgarmas narxlarda hisobga olib boriladi. Ushbu uslub joriy davr ishlab chiqarish hajmini baza qilib tanlab olingan yil narxlarida hisoblashga asoslangan. Masalan, Xalqaro valyuta jamg’armasining har oyda nashr etiladigan “Xalqaro moliya statistikasi” nomli statistik to’plamlarida Xalqaro valyuta jamg’armasiga a’zo mamlakatlar YAIM hajmining dinamikasini hisoblashda bazaviy yil sifatida 2005 yil tanlangan. Narxlar darajasini o’lchash ikki holat bilan belgilanadi. Birinchidan, ma’lum vaqt davomida narxlar darajasi qanchaga o’zgarganligini aniqlash muhim masala hisoblanadi. Biz doimo inflyatsiya yoki deflyatsiya (narxlarning pasayishi) sodir bo’lganligini, agar sodir bo’lgan bo’lsa, uning ko’lami qanday bo’lganligini bilib turishimiz lozim. Ikkinchidan, YAIM joriy yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard tovar va xizmatlarning bozor qiymatini, yoki boshqacha aytganda, umumiy ishlab chiqarish hajmining turli komponentalarini yagona asosga keltirib pul ko’rinishdagi qiymatini ifodalagani sababli, keng tarqalgan asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlardan biri bo’lib hisoblanadi. Turli yillarda ishlab chiqarilgan ishlab chiqarish hajmlarini faqat pul birligi qiymati o’zgarmagan holda taqqoslash mumkin. 55 Narxlar darajasi indeks ko’rinishida ifodalanadi. Narxlar indeksi ushbu davrdagi ma’lum tovar va xizmatlar to’plami umumiy narxining, ya’ni “bozor savatchasi”ning, bazaviy yildagi huddi shunday tovar va xizmatlar umumiy narxlariga nisbatini ifodalaydi. Masalan, agar narx indeksi 2 ga teng bo’lsa, bu joriy yilda bazis yiliga nisbatan narxlarning 2 barobar oshganligini yoki inflyatsiya darajasi 200%ga teng bo’lganligini anglatadi. Agar indeks 33%ga yoki 0,33ga teng bo’lsa, narxlar 67%ga pasaygan bo’ladi. YAIM deflyatorini hisoblash uchun nominal YAIMni real YAIMga bo’lish kerak. YAIM deflyatori iqtisodiyot bo’yicha umuman narxlar darajasi qanchaga o’zgarganligini ifodalaydi. Bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida narxlar darajasining o’sishini nafaqat butun iqtisodiyot bo’yicha, balki YAIMning turli elementlari bo’yicha aniqlash muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqsadlarda statistika idoralari tomonidan iste’mol narxlari indeksi (INI), sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari narxlari indeksi (SMICHNI), eksport-import mahsulotlari indeksi, kapital mablag’lar (investitsiyalar) narxlari indeksi va boshqa ko’rsatkichlar hisobkitob qilib boriladi. Ularning orasida eng keng tarqalgan va mashhur bo’lgani INI hisoblanadi. Chunki INI YAIMning muhim komponentalaridan biri bo’lgan – uy xo’jaliklarining pirovar iste’mol uchun xarid qilgan tovar va xizmatlarga narxlarning o’zgarishini ifodalaydi. YAIM deflyatori va INI orasida uchta shartli farqlanishlar mavjud: – YAIM deflyatori mamlakat hududida ishlab chiqarilgan barcha pirovard tovar va xizmatlarga narxlar o’zgarishini ifodalasa, INI uy xo’jaliklari tomonidan xarid qilingan tovar va xizmatlarga narxlarning o’zgarishini ifodalaydi. Demak, firmalar yoki davlat tomonidan sotib olingan tovar va xizmatlarga narxlarning o’zgarishi INIda inobatga olinmaydi; – YAIM deflyatori faqat ushbu mamlakat hududida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarga narxlarning o’zgarishini ifodalab, import tovar va xizmatlariga narxlar o’zgarishini, ular YAIM tarkibiga kiritilmaganligi sababli, hisobga olmaydi. Masalan, Rossiyada ishlab chiqarilgan va O’zbekiston aholisiga sotilgan “Lada” avtomobiliga narxlarning o’zgarishi O’zbekiston YAIM deflyatorida hisobga olinmaydi, chunki ushbu avtomobil Rossiyada ishlab chiqarilgan. Biroq, bu mahsulot O’zbekiston aholisiga sotilganligi sababli, O’zbekiston INIda hisobga olinadi;  100 Bozorsavatchasi joriy yildaginarxi Bozorsavatchasi joriy yildaginarxi Narxlarindeksi 56 – INI tarkibiga kiritilgan tovar va xizmatlar hisob–kitoblarda o’zgarmas vaznlarda olinadi. YAIM deflyatori esa vaznlardagi o’zgarishlarni hisobga oladi.
Download 334.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling