Universiteti jizzax filiali


Download 35.96 Kb.
bet5/8
Sana05.01.2022
Hajmi35.96 Kb.
#205841
1   2   3   4   5   6   7   8
Mehnatbirligigato„g„rikeladigan mahsulothajmi

Vino (litr)

Mato (metr)

Angliya

12

6

Portugaliya

8

1

Agar Angliya ko’p mato va kam vino ishlab chiqarganidagi va Portugaliya kam mato va ko’p vino ishlab chiqarganidagi foyda va zararlarni aniqlasak, ixtisoslashuv va savdo tufayli jahon yalpi mahsulotini ko’paytirish mumkin. Angliyada mehnat resurslarining vino sanoatidan to’qimachilik sanoatiga ko’chib o’tishi mato ishlab chiqarishni 6 metrga ko’paytiradi va vino ishlab chiqarishni 12 litrga qisqartiradi. Portugaliyada 2 mehnat birligining vino sanoatiga o’tkazili- shi vino ishlab chiqarishni 16 litrga ko’paytiradi va mato ishlab chiqarishni 2 metrga pasaytiradi. Bu ikki mamlakatdagi mehnat resurslarining ko’chishidan keladigan sof naflilik vino bo’yicha 4 litrni (16-12) va mato bo’yicha 4 metrni (6-2) tashkil qiladi. Bir-birini o’zaro ta‘minlaydigan narxlarni o’rnatish juda oson. Biz qiyosiy ustunlik tamoyilini namoyish etish uchun Angliyada unumdorlikni ko’targanimizda, Angliyadagi ichki narxlarni o’zgartirmadik: 1 va 2-jadvallar ma‘lumotlari bizga Angliyada 2 litr vino 1 metr matoga teng kelishini aniqlashga imkon beradi. Angliya ham, Portugaliya ham savdodan 7,9 litr vino 1 metr mato uchun va 2,1 litr vino 1 metr mato uchun oralig’idagi narxlarda foyda olishlari mumkin.

Rikardo o’zining qiyosiy ustunlik nazariyasi orqali xalqaro savdodan keladigan samaraning hal qiluvchi unsuri mutlaq ustunlik emas, balki qiyosiy ustunlik ekanligini isbotlab berdi. Biz 2-jadvalning ma‘lumotlari yordamida Angliyada har ikkala sanoatda ustunlik bo’lishiga qaramay Portugaliya bilan savdoda samara olish mumkinligini ko’rsatib berdik (vaholanki Portugaliya faqat bir sanoatda qiyosiy ustunlikka ega bo’lsa ham). Angliya vino sanoatining Portugaliya vino sanoatiga nisbatan unumdorligi emas, balki Angliyadagi matoning muqobil xarajatlari Portugaliyadagi matoning muqobil xarajatlariga nisbatan olinishi muhimdir.

3- jadval







Download 35.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling