Universiteti kafedrasi


Download 200 Kb.
bet9/11
Sana26.01.2023
Hajmi200 Kb.
#1127819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
«Iqtisodiyot» Kafedrasi «Makroiqtisodiyot» fanidan Kurs ishi Mav

G c = s , bu erda
G - YAIMning xakikiy ko`shimcha o`sish sur`ati; Δ Y/ Y;
c- ishlab chikarishning kapital talabchanligi koeffitsenti, I / Δ Y ;
s– Milliy daromaddagi jamgarish xajmi yoki jamgarishga o`rtacha moyillik, S / Y;
Tadbirkorlar dinamik muvozanat ta`minlangan o`sish sur`ati bo`lgan kafolatlangan (prognoz kilingan) o`sish sur`atiga asoslanib o`z investitsiya rejalarini tuzadilar. Kafolatlangan o`sish sur`ati jamgarishga o`rtacha moyillik darajasini akseleratorga nisbati sifatida aniklanadi:

Gw = s / cr , bu erda:
Gw – kafolatlangan o`sish sur`ati
cr – talab etiladigan kapitaltalabchanlik koeffitsenti ( ktgan yillardagi shakllangan darajasi);
Bu ko`rsatkichlar doimiy bo`lganligi sababli kafolatlangan o`sish sur`atlari xam doimiy bo`ladi.
Agar xakikiy o`sish sur`ati kafolatlangan o`sish sur`atiga mos kelsa iktisodiyotda barkaror uzluksiz o`sish ta`minlanadi. Amaliyotda bunga doimo erishib bo`lmasligi tufayli kiska muddatli davriy tebranishlar ro`y beradi.
Xarrod modelida resurslardan to`lik foydalangan sharoitda ta`minlanishi mumkin bo`lgan maksimal o`sish sur`ati tabiiy o`sish sur`ati deb nomlandi.

Gn cr = yoki ≠ s
Iktisodiyotning barkaror dinamik muvozanati to`lik bandlilik sharoitida kafolatlangan va tabiiy o`sish sur`atlari o`zaro teng bo`lganda ta`minlanadi.Ammo bunday tenglikka davlatning faol aralashuvi orkaligina erishiladi.
Neoklassiklar keynschilardan farkli o`larok iktisodiy o`sish modellarini tuzishganda iktisodiy o`sish ishlab chikarishning barcha omillari, shu jumladan texnik tarakkiyot tomonidan ta`minlanadi, kapital va mexnat subsititutlar, ular bir-birini alishtirishi mumkin, bozor mexanizmi va barkaror pul tizimi muvozanatni avtomatik tiklashi mumkin degan nazariy asoslarga tayanadilar. Neoklassik modellar barcha iktisodiy jarayonlarning anik xolatini kamrash xususiyatiga egadir.
Birinchi neoklassik model R. Solou tomonidan 1956 yilda”Iktisodiy o`sish nazariyasiga xissa” asarida tasvirlab berildi va so`ngra 1957 yilda “Texnik tarakkiyot va agregativ ishlab chikarish funktsiyasi” nomli asarida rivojlantirildi.
R.Solou modeli mutanosib iktisodiy o`sishning zarur sharti yalpi talab va yalpi taklifning tengligi xisoblanadi. Modelda yalpi taklif Kobba-Duglasning ishlab chikarish funktsiya bilan ifodalangan, ya`ni

Y= f( L,K,N), modelda yukori texnik rivojlanish boskichida erning kichik axamiyatga egaligi tufayli ishlab chikarish fakat mexnat resurslari va kapitalga boglik deb olingan.


Download 200 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling